Texnika falsafasi



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə69/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Texnogen sivilizatsiyani inqirozdan olib chiqish yo‘llari quyidagilar:

  • madaniy qadriyatlar ierarxiyasida ustuvor qadriyatlar o‘rnini o‘zgartirish;

  • fikrlash va faoliyat uslubi sifatidagi texnokratizmga, tabiatga iste’molchilik nuqtai nazaridan yondashishga, inson egotsentrizmiga chek qo‘yish;

  • tabiatga nisbatan koevolyusion strategiya va kuch ishlat-maslik axloqiga asoslangan yangicha yondashuvni yaratish;

  • ekologik madaniyat, ekologik axloqni shakllantirish;

  • injeneriyada ijtimoiy-madaniy paradigmani shakllanti-rish, chunonchi: texnikani o‘lchash va baholash prinsiplarini o‘zgar-tirish, ushbu baholash tizimiga texnik-texnologik optimallik va iqtisodiy samaradorlik bilan bir qatorda, ijtimoiy-madaniy, insoniy va gumanistik mezonlarni ham kiritish;

  • Sharq (an’anaviy) va G‘arb (texnogen) sivilizatsiyalarining eng yaxshi yutuqlaridan foydalanish, sivilizatsion rivojlanishning yangi tipini shakllantirish.

Xulosa. XXI asrda insoniyatning umumiy taraqqiyot yo‘li uning oqilona faoliyati imkoniyatlari nihoyatda cheksizligini namoyon qildi.
Misli ko‘rilmagan texnologik taraqqiyot natijasi, bir tomon-dan, uni yangi marralar sari yetaklasa, ikkinchi tomondan, boshi berk ko‘chaga olib kirmoqda. Ijtimoiy haqiqat bilimning o‘zi kifoya qilmasligidan dalolat bermoqda. Birgina misol, 2014 yil aprel oyida 18 haftalik bola muddatidan oldin tug‘ildi. Uning “kuveyz” deb nomlangan maxsus texnologik qurilmada saqlanishi natijasida bola yashash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bugungi kunda nanotexnologiya-larning imkoniyatlari barcha sohalarda, xususan, tibbiyot sohasida keng qo‘llanilishi natijasida saraton kasalligining profilaktika-si va davolash mumkinligi prognoz qilinmoqda. Bugun bilimning o‘zi yetarli emas, bilimdan foydalanish imkoniyatini beruvchi texno-logiyalar jamiyat taraqqiyotining muhim omiliga aylanmoqda.
Modomiki shunday ekan, inson yashab qolish uchun barcha texno-logik qurilmalardan foydalanishi va har qanday yadro qurollariga qarshi texnologik tayyorgarlik ko‘rishi lozim.



Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə