Texnika falsafasi



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə67/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Texnogen sivilizatsiya inqirozi inson texnika, iqtisodiyot va amalda mavjud ijtimoiy munosabatlardan mustaqil bo‘lib qoli-shini anglatmaydi. Ushbu inqiroz faqat odamlar o‘z hayotining tashqi sharoitlari dinamikasini, tabiat va texnika bilan o‘z munosabat-lari hamda o‘zaro munosabatlari xususiyatini mustaqil ravishda belgilashlari zarurligini tushunib yetishlarini, mazkur munosabat-larning barchasida ular bundan buyon ilgari yaratilgan andozalardan nusxa ko‘chirish bilan kifoyalana olmasliklarini anglatadi. sivili-zatsion inqiroz – inson va jamiyat hayoti oldingi mazmunining yo‘qolishi, ularning oldida yangicha mazmunni topish zarurati paydo bo‘lishi. Inson motivatsiyasi va xohish-irodasi endilikda hosila kattalik, “ikkinchi darajali o‘zgaruvchi”dan voqelikning bosh omili-ga aylanadi. Shu tufayli ham texnogen sivilizatsiya o‘rnini tom ma’noda yangi antropogen sivilizatsiya egallashini taxmin qilish mumkin.
Agar fantaziyalar yo‘lidan borilmasa, bugungi kunda ushbu sivilizatsiyani to‘laligicha aniq va ravshan tasavvur qilish mumkin emas. Ammo biz uni rivojlantirishning muqobil yo‘llari mavjudli-gini qayd etishga haqlimiz. Ushbu muqobillik texnogen sivilizatsiya bunyodkorining tabiati bilan belgilanadi. Zotan, tirik inson – ziddiyatlarga to‘la mavjudot. Bugungi kunda bunday ziddiyatlar yanada kuchaymoqda, zero o‘tgan davrlarning muayyan guruhga mansubligi aniq bo‘lgan odam o‘rnini turli madaniy me’yorlar, qadriyat va maqsadlarga qarab mo‘ljal olishga qodir bo‘lgan odam egallamoqda. Aksariyat hollarda u o‘zi erishgan ichki erkinlik, o‘zining emin-erkin mayl va motivlari bilan nima qilish kerakligini bilmaydi; muayyan yo‘lni tanlashga u doim ham tayyor emas. sivilizatsion jihatdan yanada ilg‘or bo‘lgan hozirgi jamiyatlar sharoitida kishilar individual va jamoa xulq-atvorining tahlili hech bo‘lmasa sivilizatsiya taraqqiyotining taxminiy ssenariylari haqida muayyan tasavvur hosil qilish imkonini beradi.
Ushbu ssenariylardan biri F.Fukuyamaning maqolasida tavsif-langan tarix ibtidosi bilan mos keladi. Uni liberal-gedonistik ssenariy deb nomlash mumkin. F.Fukuyamaning o‘zi o‘z taxminlarini “iqtisodiy va siyosiy liberalizmning shak-shubhasiz g‘alabasi” bilan bog‘laydi, “iqtisodiy mo‘ljallar, cheksiz texnik muammolar, ekologiya hamda iste’molchining keng ehtiyojlarini qondirish haqida g‘amxo‘rlik”ni “posttarixiy” davrning eng muhim xususiyatlari deb hisoblaydi. Boshqacha qilib aytganda, gap moddiy farovonlikning yuksak va kafolatlangan darajasiga erishgan, yuzaga keluvchi muammolarni oqilona hal qilish va boshqarish imkonini beradigan mexanizmlarni yaratgan, o‘zining aksariyat a’zolarini makroijti-moiy, siyosiy va mafkuraviy tusdagi alohida g‘am-tashvish, manfaat-lardan xalos qilishga qodir bo‘lgan jamiyat haqida boradi. Bunday turdagi jamiyatga mos keluvchi odam, eng avvalo, xotirjamlik va o‘zini o‘zi lazzatlantirishga qarab mo‘ljal oladigan individ, uning boshqa odamlar bilan aloqalari shu maqsadlarga bo‘ysundirilgan, shu tufayli ham ular ancha tasodifiy va yuzaki. Garchi oldingi davr odamiga xos bo‘lgan pul va hokimiyatga faol intilish unga yot bo‘lsa-da, sivilizatsiyaning rivojlanish jarayonini butunlay yangi konstruktiv elementlar bilan boyitishga u qodir emas. Ta’bir joiz bo‘lsa, bu erishilgan erkinlikdan o‘z qobig‘iga yashirinish uchun foyda-langan “shilliqqurt-odam”.
Liberal-gedonistik ssenariyning eng katta kamchiligi – uning iqtisodiy jihatdan farovon bo‘lgan jamiyatlar doirasi bilan cheklanganligi. Biroq amalda ushbu jamiyatlar qolgan dunyo bilan aloqa qilmasdan yashay olmaydi, kelajak sivilizatsiyasi umumbasha-riy sivilizatsiya bo‘lmasligi mumkin emas. Inqirozga, ijtimoiy va iqtisodiy bo‘hronlarga duch kelgan qashshoq mamlakatlar aholisi g‘arbiy dunyoda mavjud barcha narsalarni qo‘lga kiritishga intiladi; “abadiy qashshoq qarindosh” holati, agar u saqlanib qolsa, ularda jahon maydonida o‘z maqomini oshirishga bo‘lgan intilishni, hech shubhasiz, kuchaytiradi. Bunday intilish turli shakl-shamoyil kasb etishi, shu jumladan, madaniy va siyosiy mahdudlik, agressiv natsionalizm hamda jangari diniy aqidaparastlikka, militaristik va imperialistik jarayonlarga olib kelishi mumkin.
F.Fukuyama: “Ko‘p asrlik zerikish istiqboli tarixni yana bir yangi startni olishga majbur etadi”, deya umid qilganida, bizningcha, haqiqatga yaqin edi. Zerikish hayotning ma’nosizligidan kelib chiqa-di va “muammolardan xoli” gedonistik mavjudlik oxir-oqibat uni faqat kuchaytirishi mumkin. Tarix gedonizmga qarab mo‘ljal olgan jamiyat va sinflar o‘zini tanazzul, inqirozga mahkum etishidan saboq beradi: o‘zini o‘zi lazzatlantirishga intilish inson hamda jamiyatda mujassam ijodiy faollikni yuzaga chiqara olmaydi, shu sababli o‘z-o‘zidan iroda va ongni tanazzulga eltadi. Hatto eng farovon mamlakatlarda ham tarqalgan ommaviy giyohvandlik bunday kelajak real ekanligining rad etib bo‘lmaydigan dalilidir.
Hozirgi zamon odami, u qanday iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sharoitlarda yashamasin, gedonistik turmush tarzi bilan kifoyala-nishga doim ham moyil emasligini tasdiqlovchi faktlar ham bisyor. O‘zi duch kelgan hayot mazmuni muammosini u ko‘pincha boshqacha yo‘llar bilan yechishga harakat qiladi: G‘arb mamlakatlarida o‘tgan asrning 60-yillarida sodir bo‘lgan, yoshlarni o‘ziga keng jalb qilgan “madaniy inqilob” ommaviy darajada amalga oshirilgan shunday urinishlar-dan biri hisoblanadi. To‘g‘ri, amalda u qarama-qarshi natijalarga olib kelgan. Bir tomondan, u, hatto, pul va muvaffaqiyat ortidan quvishning muqobili sanalgan shaxs strategiyasi sifatida idrok etilgan sof psixologik gedonizmning rivojlanishiga imkoniyat yaratgan. Ushbu strategiya ta’sirida, umuman olganda, 60-yillarning yosh isyonkorlari tish-tirnog‘i bilan qarshi chiqqan “iste’molchilik jamiyati”ning ko‘rinishlaridan biri hisoblangan “bekorchilik sivilizatsiyasi”ning shakllanish jarayoni kuchaydi.
Ammo, ikkinchi tomondan, yoshlar madaniy inqilobi shaxsning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish muammosi va uni yechish yo‘llarini izlashni ilk bor ommaviy ong fenomeniga aylantirdi.
Ushbu o‘zgarishlarning barchasini ba’zan texnologik determi-nizm ruhida – mayda ishlab chiqarish yoki yirik korxonalardagi yanada individuallashtirilgan va murakkab mehnat sharoitlarida iqtiso-diy jihatdan samarali bo‘lgan texnikaning rivojlanishi bilan tushuntiradilar. Amalda texnik taraqqiyot mulk va mehnat tarkibida o‘zgarishlar yasash uchun imkoniyat yaratadi, biroq texnik yuksalish jarayoni mazkur yo‘nalishdan borayotgani unga texnikadan foydala-nuvchi odamlarning o‘zgargan intellektual va psixologik xususiyat-lari ta’sir ko‘rsatayotgani bilan belgilanadi. Lo‘nda qilib aytganda, aynan shu insoniy xususiyatlar texnik-iqtisodiy rivojlanishning ayni shu turini belgilaydi.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə