Tayanch harakat tizimining tuzilishi va yoshga oid xususiyatlari



Yüklə 365,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix04.06.2022
ölçüsü365,55 Kb.
#88841
1   2   3   4   5
4-Maruza. Ichki sekretsiya bez. tuz. funk. va yosh bog. xus

Bosh skyelyeti. 
Bosh skeleti 2 qismga ajratiladi; miya qutisi suyaklari va ko’z suyaklari. Bolalarda bosh- 
skeletining yuz qismi miya qutisi qismiga nisbatan kichikroq bolaning yoshi ortishi bilan bu farq 
yuqolib boradi. Bosh skeleti bolaning 2 yoshigacha bir tekis usadi. Bolaning 1,5 yoshida kalla 
suyaklaridagi liqildoqlar tuliq suyaklashadi, 4 yoshida miya qutisining choklari hosil bo’ladi. 
Kalla suyaklari 3-4 yoshda, 6-8 yoshda, 11-15 yoshgacha tez o’sadi. Bu o’sish 20—30 
yoshgacha davom etadi.
Umurtqa pog’onasi. 
Umurtqa pog’onasi - alohida umurtqa suyaklaridan va umurtqalararo tog’aylardan tashkil 
topgan. Umurtqa pog’onasi skeletning o’qi va tayanchini hosil qiladi va orqa miyani turli tashqi 
ta‘sirdan saqlaydi. Umurtqa kanali yuqoridan miya fisi bushligiga, pastdan dumg’aza suyagining 
teshigi bilan tugaydi. Umurtqa pog’onasining yonida umurtqalararo teshik bo’lib, bu 
teshiklardan orqa miya nervlari, qon tomirlari va limfa tomirlari kiradi va chiqadi. Umurtqa 
pog’onasi 33-34 umurtqalardan tashkil topgan bo’lib, bo’lardan 7 tasi buyin, 12 ta ko’krak 5 ta 


bel, 5 ta dumg’aza va 4-5 ta dum umurtqalaridir. Katta odam umurtka pog’onasi «4 ta egrilikdan 
iborat. 1-chi egrilik bo’yin qismida oldinga qarab bo’rtib chiqqan. 2-chi egrilik ko’krak qismida 
orqaga qarab, 3- chi egrilik bel qismida oldinga qarab. 4-chi egrilik dum va dumg’aza qismida 
orqaga qarab bo’rtib chiqqan. Bog’cha yoshining oxirida umurtqa pog’onasining egriliklari hosil 
bo’ladi. Usmirlik davrida bel egriligi vujudga keladi. Odamning 23-26 yoshida umurtqaning 
barcha qismi suyaklanadi. Umurtqa pog’onasining egiluvchanligi tog’ay to’qimasining bulishi va 
tugallanmagan suyaklanish tufayli parta va stollarda» notug’ri utirishi natijasda umrtqa 
pog’onasining notug’ri shakllanishi - umurtqa pog’onasining bir tomonga egilishini, skolioz va 
boshqa patalogik holatlarga olib keladi. Umurtqa pog’onaning buyin va bel qismi juda 
harakatchang. Umurtqa pog’onaning uzunligi erkaklarda 75 sm, ayollarda 68 sm ga 
teng.Umurtqa pog’onasi bo’kiladi va yoziladi, o’ng va chapga egiladi ko’|ndalang o’q atrofida 
buriladi. 
Ko’krak qafasi skyelyeti. 
Ko’krak qafasi 12 juft qovirg’alar va tush suyagining birikishidan hosil bo’ladi. Ko’krak 
qafasining shakli 2 xil: uzun ensiz va qisqa keng. Ko’krak qafasining asosiy shakllari 
konussimon, tsilindirsimon va yassi 6o’lishi mumkin. Ko’krak qafasiiing shakli bolaning yoshi 
ortishi bilan o’zgarib turadi. Bolaning bir yoshida ko’krak qafasi konus shaklida bo’ladi. 
Bolaning 12— 13 yoshlarida uning shakli katta odamnikiga uxshash bo’ladi. Ko’krak qafasining 
jinsiy farqi 15 yoshdan boshlanadi. Nafas olganda ug’il bolalarda Ko’krak qafasidagi pastki 
qovirg’alar qiz bolalarda esa yukoriga qovirg’alar ko’tariladi. Ko’krak qafasining aylanasida 
ham jinsiy farq seziladi. 3 yoshdan 10 yoshgacha ko’krak kafasining aylanasi 1 yilda 1-2 sm, 
jinsiy voyaga yetish davrida esa 11 yoshdan boshlab 2-5 sm ga ortadi. Bolaning tana og’irligi 
ortishi bilan ko’krak qafasining aylanasi ham ortadi. Jinsii koyaga yetish davrida yez va kuz 
oilarida Ko’krak qafasiniig aylanasi tez usadi. Uning rivojlanishi skelet muskullariga ham 
bog’liq. Suzish, qayiq xaydash yaxshi ta‘sir kursatadi. Bolani partaga notug’ri utkazish, partaga 
o’qragini tirab utirish natijasida ko’krak kafasi deformatsiyalanadi. Bundan tashqari turli raxit, 
o’pka shamollashi ham uning
rivojlanishita salbiy ta‘sir ko’rsatadi. 
Qo’l skyelyeti. 
Qul skeleti yelka kamarining suyaklari-kurak va umrov, bilak, tirsak, nanja suyaklaridan 
iborat. Yelka suyagi 20-25 yoshda, bilak suyagi 21-25 yoshda, tirsak suyagi 21-24 yoshda, kaft 
usti suyaklari 10-13 yoshda, kaft suyaklari 12 yoshda, barmoq; falanga suyaklari 9-11 yoshda 
suyaklanadi. U narsa ta‘lim-tarbiya, mehnat, jismoniy tarbiya, rasm solish va yozishda e‘tiborga 
olinishi kerak. 

Yüklə 365,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə