Sevimli bolajonim uchun



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix24.01.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#99136
xrpt xpfv4pyf0x2jgnv30jd6t0jlf7ldhg16x6ppkexk2mu93g22p5va47l94ycb637sxm09sxjia5h



UCH OG‘AYNI 
BOTIRLAR
TOSHKENT
2015
SEVIMLI BOLAJONIM UCHUN 
ERTAKLAR
Kitobxon.Com


UO‘K: 373.31-053.5 
KBK: 82.3 (2) 
S–38
Sevimli bolajonim uchun ertaklar: Uch og‘ayni botirlar 
– Toshkent: Yangi asr avlodi, 2015. – 80 b.
ISBN 978-9943-27-479-2
«Sevimli bolajonim uchun ertaklar» ruknidagi seriyali 
kitoblarimizga o‘zbek xalq ijodiyotidan saralab olingan er-
taklar kiritilgan. Millatimizning boy madaniy merosi, in-
soniy fazilatlari va kelajakka ishonchi aks ettirilgan ushbu 
ertaklar to‘g‘ri likning fazilati, egrilikning oqibati, yaxshi-
likning qudrati-yu yomonlikning kasridan to‘g‘ri xulosa 
chiqarishga undaydi.
Ushba to‘plam aziz bolajonlarimizni ertaklarning sehrli 
olamiga yetaklab, samimiy tuyg‘ularga oshno qildi, degan 
umiddamiz. 
UO‘K: 373.31-053.5 
KBK: 82.3 (2) 
ISBN 978-9943-27-479-2
© Sevimli bolajonim uchun ertaklar: «Uch og‘ayni botirlar»
«Yangi asr avlodi», 2015.
UCH OG‘AYNI BOTIRLAR
ir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamon-
da bir kishi bo‘lgan ekan. U boy ham, 
kambag‘al ham emas ekan. Uning uchta o‘g‘li 
bor ekan, uchovi ham o‘qigan, oq-u qorani 
tani gan, yuzlari oyday, o‘zlari tog‘day, yomon 
bilan yurmagan, yomon joyda turmagan ekan-
lar. To‘ng‘ichi yigirma bir yoshda, o‘rtanchasi 
o‘n sakkiz yoshda, kenjasi o‘n olti yoshda ekan.
Otasi bir kuni ularni oldiga chaqirib, har 
birining peshonasini silab:
– O‘g‘illarim, men boy emasman, mendan 
qol gan davlat sizlarning maishatingiz uchun 
kifoya qilmaydi, mendan ortiq narsa umid qilib 
o‘tirmang 
lar, o‘zimdan keyin baxtsiz bo‘lib 
qolmanglar, deb sizlarni o‘qitdim. Yaxshi ism 
Kitobxon.Com


«Sevimli bolajonim uchun ertaklar»
4
«Uch og‘ayni botirlar»
5
qo‘ydim. To‘y qildim, voyaga yetkazdim. Bu-
ning ustiga sizlarni yana uch narsa bilan tar-
biya qildim: birinchidan, sog‘ lom vujudli qilib 
o‘stirdim – quvvatli bo‘ldingiz. Ikkinchidan, 
yarog‘ bilan tanishtirdim – yarog‘ ishlatish-
ga usta bo‘ldingiz. Uchinchidan, qo‘rqitmay 
o‘stirdim – botir bo‘ldingiz, yana uchta narsani 
aytaman, quloqlaringizga olib, eslaringizdan 
chiqarmanglar. To‘g‘ri bo‘ling – bexavo tir bo‘la-
siz. Maqtanchoq bo‘lmang – xijolat tort maysiz. 
Dangasalik qilmang – baxtsiz bo‘lmaysiz. Bun-
dan boshqasini o‘zin giz o‘rganing. Qora toyni, 
saman toyni, ko‘k toyni asbob-anjomlari bilan 
tayyorlab qo‘ydim. Xurjunlaringizni bir haftalik 
ovqat bilan to‘lg‘izdim. Baxtingiz yo‘lda, topib 
olmoq uchun dunyoni ko‘rgani yo‘lga chiqing, 
dunyoni tanimay dunyo kishisi bo‘lmaysiz. 
Baxt qushini ushlamoq uchun baxt oviga 
chiqing. Oq yo‘l sizlarga, o‘g‘illarim, – debdi.
O‘g‘illari suyunib, safar tayyorgarligini ko‘-
rishib, erta saharda otlanib yo‘lga tushibdi-
lar. Uch og‘ayni kun bo‘yi yurib, ancha olisga 
ketibdilar.
Namozshom vaqtida bir joyga yetibdilar. Ke-
chasi yo‘l yurmoqni munosib ko‘rmay, shu joy-
da tunamoqni ma’qul topib, otlaridan tushib, 
istirohat qilib, ov qat yeb, yotish oldidan o‘zaro 
shu maslahatga kelibdilar: «Bu joy to‘qayzor 
ekan, biz uzoq yo‘l bosib kelganmiz, char chab 
uxlab qolsak yaxshi bo‘lmas, kechani uch 
qismga bo‘lib, har bir qismida birimiz nav bat 
bilan poyloqchi bo‘lib uyg‘oq turaylik».
To‘ng‘ich akasi birinchi bo‘lib navbatni olibdi. 
Ikkala ukasi uyquga ketibdilar. Chiroq li pillab 
yonib turardi. Katta aka qo‘lidagi yarog‘ini 
o‘ynab, atrofdagi dov-daraxtlarni tomosha qilib 
bir qancha vaqt o‘tiribdi. Atrof jimjit. Borliq uy-
quda. Kecha oydin edi. Bir vaqt to‘qay ichidan 
bir sharpa eshitilibdi. Yigit qo‘rqmay, yarog‘ini 
chiqarib hujumga shay bo‘lib turibdi. 
Og‘a-inilar tushgan to‘qayning narigi to-
monida bir sherning makoni bor ekan. Odam-
lar bu joyga kelgani qo‘rqar edilar. Sher 
aka-ukalarning hidini bilib, yemoq uchun 
asta-sekin uyasidan qo‘zg‘alib chiqib kelibdi. 
To‘ng‘ich botir, sherni o‘ldirishga ishonsa ham, 
«Ukalarim bezovta bo‘lmasinlar» deb, to‘qay-
ning boshqa tomoniga qarab qochibdi. Sher 
quvibdi. To‘ng‘ich botir panaga yashirinib tu-
rib, sherning orqa tomoniga qilich bilan urib, 
uni yaralabdi. Yarador sher bo‘sh kelmabdi. 
Bor kuchini to‘plab, o‘zini to‘ng‘ich botir to-
monga otibdi. Yigit chap beribdi va sherning 
naq boshini mo‘ljalga olib, qilich solibdi. Sher 
yiqilibdi. U, sherning ustiga minib terisidan 
bir tasma qirqib olibdi. Beliga mahkam bog‘lab 
olib, hech narsa ko‘rmaganday, yana ukalari 
yoniga qaytibdi.
Poyloqchilik navbati o‘rtancha botirga ke-
libdi. Bu gal hech qanday voqea yuz bermab-
di. Kenja botirning poyloqchilik navbati ham 
tinch o‘tibdi. Birinchi kecha shu bilan tugabdi.
Tong otishi bilan nonushta qilib, yana yo‘lga 
tushibdilar. Kechgacha yo‘l yuribdilar, yo‘l 
Kitobxon.Com


«Sevimli bolajonim uchun ertaklar»
6
«Uch og‘ayni botirlar»
7
yursalar ham mo‘l yuribdilar, bir tog‘ning bag‘ri-
ga tushib kelibdilar. Tog‘ning chap tomoni keng 
qo‘riq ekan. O‘rtada bittagina baqaterak bo‘lib, 
baqaterakning tagida bir buloq, uning oldida 
supa, tog‘ning tagidagi g‘orda esa ilonlar podsho-
si – ajdar sulton yolg‘iz yasharkan.
Bundan bexabar botirlar shu yerga tushibdi-
lar. Otlarini boylab, xashak solib, haligi supa-
ga o‘tirib, hordiq chiqaribdilar. Ovqatlarini yeb 
bo‘lgach, uxlash vaqtida yana navbatma-nav-
bat poyloqchilik qilishga kelishishibdi. 
Birinchi bo‘lib to‘ng‘ich botir navbatchilik 
qilibdi. Uning galida tun sokin o‘tibdi. Un-
dan keyin o‘rtancha botir poyloqchilik qilibdi. 
Uning navbatida ham kecha oydin, jimjit ekan. 
Bir vaqt haligi g‘ordan vahimali ovoz eshitilib-
di. O‘rtancha botir qo‘rqmabdi, jim kutibdi. 
Faqat akasi bilan ukasining bezovta bo‘lishla-
rini xohlamabdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan 
g‘ordan boshi xumday, uzunligi chinorday bir 
ilon o‘rmalab kela boshlabdi.
O‘rtancha botir supadan tushib, qo‘riqning 
narigi tomoniga qarab qochibdi. Odam bor-
ligini bilib chiqqan ajdar, o‘rtancha botirga 
tomon hamla qilibdi. Botir chap berib, ajdar 
sultonning dumiga qilich uribdi va uni yara-
labdi. Yarador ajdarning beliga qilich solib, 
uni jonidan judo qilish o‘rtancha botirga qiyin 
kechmabdi. O‘rtancha botir ham ajdarning 
terisidan bir tasma olib, beliga bog‘lab olibdi. 
Keyin hech narsa ko‘rmaganday bo‘lib, su-
paga qaytibdi.
Uchinchi navbat kenja botirga kelibdi. Ken ja 
botir akasi uy quga ketgach, tonggacha poyloq-
chilik qilibdi. Tong otibdi, uyg‘o nib dilar. No-
nushtadan keyin yana otlanib, yo‘lga tushib-
dilar. Bu kun ham yo‘l yuribdilar. Tog‘larni, 
cho‘llarni, dasht-dalalarni o‘tib, kun botganda 
bir tepalikka yetibdilar. To‘xtab, bu kechani 
shu yerda o‘tkazmoqqa kelishibdilar. Tepalik-
da o‘zlari uchun joy hozirlashibdi. Ovqatlan-
gach, yotarda yana poyloqchilik boshlanibdi. 
Birinchi navbatni har doimgidek to‘ng‘ich 
botir o‘tkazibdi. Tun sokinligida ukalari maza 
qilib uxlashibdi. 
Tunning ikkinchi yarmida navbat o‘rtancha 
botirga o‘tibdi. Uning poyloqchiligida ham atrof 
jimjit, butun borliq uyquda ekan. 
Keyin kenja botirga gal kelibdi. Kenja bot-
ir tepalikda akalarini uxlatib, poylab o‘tirgan 
ekan, birdan shamol turib, chiroqni o‘chirib 
qo‘yibdi. Akalarining qorong‘ida uxlashini 
xohlamabdi va chiroq axtarish uchun tepali-
kning eng ba land qismiga chiqibdi. Bu yerdan 
atrof kaftdek ko‘rinar ekan. Shunda uzoqdan 
bir yorug‘likka ko‘zi tushibdi. Chiroqni yoqib 
kelish uchun otini minibdi-yu, o‘sha tomon-
ga qarab ketibdi. Ancha yo‘l yurib, cho‘ln-
ing o‘rtasidagi bir qo‘rg‘onga yetib kelibdi. 
Qo‘rg‘on yetti paxsa devor bilan o‘ralgan bo‘lib, 
bir tomonida eshik bor ekan. Otini tashqari-
da qoldirib, sekin ichkari kiribdi. Qo‘rg‘on-
ning hovlisida bir chekkada o‘n bir yog‘ochli 
qora uy bo‘lib, uning darchalari berk, eshiklari 


«Sevimli bolajonim uchun ertaklar»
8
«Uch og‘ayni botirlar»
9
ochiq ekan. Kenja botir sekin borib, darchaning 
yorug‘idan mo‘ralabdi. Uy ichida katta o‘choq, 
qozonda sho‘rva qaynab turarkan. Devorlar-
da yarog‘-aslahalar terib qo‘yilgan, bir tomonda 
yigirma chog‘li odam davra qurib o‘tirar, ularn-
ing peshonalari qaqqaygan, ko‘zlari chaqchay-
gan, ko‘ngillari qora, yuzlari ola, o‘ylaganlari 
yomonlik ekan. Xullas, bular talonchilar to‘dasi 
ekanligi, bu joy ularning to‘planadigan makoni 
ekani ma’lum bo‘libdi. Kenja botir o‘ziga o‘zi: «Bu 
yerga chiroqni yoqish uchun keldim, qaytib ket-
sam qo‘rqoqlik bo‘ladi. Lekin bular yaxshilik bi-
lan menga olov berishmaydi. Qan day bo‘lsa ham 
bir yo‘l bilan hiyla ishla tib, ularga qo‘shilib olay, 
paytini topib, ishimni bajaray», – debdi. Orqasiga 
qa rab, bir necha qadam yurib, so‘ngra yugurib 
kelibdi. Oyoq tovushini eshitib, o‘g‘rilar yarog‘la-
rini qo‘llariga olib, tayyorlana boshlabdilar. Bu 
orada kenja botir ichkariga kirib kelibdi. Salom 
berib, hamma bilan so‘rashib, tizza bukib o‘tirib-
di. O‘g‘riboshiga qarab:
– Taqsir men kamina qulingiz, falon sha-
hardan bo‘laman, yoshligimdan beri hech us-
tod ko‘rmay, o‘zimcha mayla o‘g‘rilik qilib yu-
rar edim, ko‘p tajriba ko‘rganman. Yakka o‘zim 
durustroq bir ish qilmoqqa kuchim bo‘lmaga-
nidan, bir to‘daga qo‘shilmoqni orzu qilib yu-
rar edim. Janoblaringizni bunda deb eshitdim, 
kecha-kunduz yo‘l yurib, huzuringizga yetib 
keldim. Umidim shuki, meni yosh deb qaytar-
may, oralaringizga olib, bilmagan narsalarim-
ni o‘rgatib, to‘dalaringizga qo‘shib olsangiz 
edi. Ko‘p narsalardan xabarim bor, ayniqsa 
lahim kavlamoqqa, oldin tushib, vaziyatni bilib 
chiqmoqqa ustaman. Umidim borki, ishlarin-
gizga yarab qolarman, – deb, ikki qo‘lini ko‘ksi-
ga qo‘yib yolvoribdi. 
O‘g‘rilarning boshlig‘i:
– Juda yaxshi, bizga ham bir shunday yosh 
o‘g‘ri bola zarur edi. Yaxshi kelibsan, bizga qo‘-
shilding. Murodingga yetding, o‘g‘richa, – debdi.
Kenja botir o‘rnidan turib, qulluq qilib: 
«Murodimga yetsam baxtliman», – debdi. Ichi-
da esa: «Semiz qo‘ylar, qassobingiz men o‘zim 
bo‘laman», deb pichirlab qo‘yibdi.
Sho‘rvani keltiribdilar, maza qilib ovqatla-
nishibdi. O‘g‘rilar podshohning xazinasini o‘mar-
moqchi bo‘lib shu yerga to‘planishgan ekanlar. 
Maslahatlashib, otlanibdilar. Kenja botir ham 
birga ketibdi. Ko‘p o‘tmay, o‘g‘rilar shaharga kirib 
kelibdilar, o‘rdaning orqa tomonidagi bog‘chaga 
kiribdilar. Otdan tushib, o‘rdaga qanday qilib 
kirish to‘g‘risida maslahat qilib, oldin «o‘g‘richa»ni 
devordan oshirib tushirishga, hamma uxlagan 
bo‘lsa baravar kirmoq uchun devor dan birin-ke-
tin oshib tushib, ichkarida to‘planishga kelishib-
dilar. Kenja botirga qarab: «Sen kirib, vaziyatni 
bilib chiq, so‘ngra devor tepasida xabardor bo‘lib 
tur!» debdilar.
O‘g‘rilar kenja botirni ko‘tarishib, devorga chi-
qa ribdilar. U bir iloj qilib, pastga ham tushib 
olibdi. Biroz u yoq-bu yoqqa yurib, xabar olgan 
bo‘libdi. So‘ng bir aravani sekin devor tagiga 
keltirib qo‘yibdi-da, aravaning tepasiga chiqib, 


«Sevimli bolajonim uchun ertaklar»
10
«Uch og‘ayni botirlar»
11
boshini devordan chiqarib, o‘g‘rilarga qarab: 
«O‘rdada hamma uxlagan ekan, qulay fursat», 
– debdi. O‘g‘riboshi o‘g‘rilarga: «Birin-ketin 
devordan oshilsin, ovoz chiqarilmasin!» – deb 
buyuribdi. Birinchi o‘g‘ri devordan aravaga qa-
rab tushmoq uchun qornini paxsaga qo‘yib, 
boshini eggan ekan, kenja botir qilich bilan uni 
boshini tanasidan judo qilibdi. Undan keyin 
navbatdagi o‘g‘ri tushibdi, u ham oldingi o‘g‘ri 
holiga tushibdi. Xullas, barcha o‘g‘rilar bi-
rin-ketin devordan oshib tushishibdi va tush-
ganining bari boshidan ayrilaveribdi. Shunday 
qilib kenja botir hamma o‘g‘rining kallasini uzib 
bitiribdi. Qilichini artib, qiniga solib, arkning 
darvozasiga kelibdi, qarasa, darvozabon uxlab 
yotgan ekan. Sekingina oldidan o‘tib darvozani 
ochib, ichkari kiribdi. Bir katta saroy, uning 
uch tomonida uchta eshik, to‘g‘ridagi eshik ol-
dida pos bon uxlagan, u sekingina – juda eh-
tiyotkorlik bilan posbonning qo‘lidagi kalitni 
olibdi. Qulfga solib, ovoz chiqarmay ochibdi. 
Undan o‘rta saroyga kiribdi. Unda yana uch-
ta eshik bo‘lib, bu bo‘lmada o‘nta chiroyli qiz 
poyloqchi ekan-u, hammasi ham uxlab qol-
gan ekan. Kenja botir ustalik bilan oldilaridan 
o‘tibdiki, hech biri aqalli sezmadi ham. Birin-
chi eshikdan bir bo‘lmaga kiribdi, uning devor-
lari bezalgan, qip-qizil gullar qo‘yilgan, ipakdan 
tikilgan turli uy jihozlariga to‘la ekan. Gul yuzli 
cho‘ri qizlarning o‘rtasida, kumush so‘rida bir 
qiz oyday yuzini pirpirab yonib turgan shamga 
qaratib uxlab yotgan ekan.
Sekin kelib tomosha qilib: «Sen to‘ng‘ich 
akam 
ning baxt qushi», – deb o‘ng qo‘lidagi 
uzugini chiqarib olib cho‘ntagiga solibdi. Orqa-
siga qaytib, yana o‘sha o‘rta saroyga chiqibdi. 
«Endi ikkinchi uyni ko‘raylik-chi, nima sir-
lar bor ekan?» deb, ikkinchi bo‘lmaga kiribdi. 
Bunda ham xonalar o‘ziga munosib ipaklar bi-
lan yasatilgan, turli qushlarning surati bilan 
bezatilgan ekan. O‘n nafar cho‘ri qizning o‘rta-
sida kumush so‘rida o‘n sakkiz yoshlardagi 
bir qiz bo‘lib, oy «mendan» deb talashsa, kun 
«mendan» deb talashadigan oq harirga o‘ralgan 
holda pirpirab yonib turgan shamni tomosha 
qilgan kabi uxlab yotgan ekan. Kenja botir o‘zi-
cha: «Sen o‘rtancha akamning baxt qushisan, 
oyog‘ingdan bog‘lab ketayin», – deb qo‘lidan 
bilaguzugini sekingina olib cho‘ntagiga solib-
di. Orqasiga qaytib yana oldingi o‘rta saroyga 
kelib chiqibdi. «Endi uchinchi bo‘lmaga kirmoq 
lozim» deb so‘l tomondagi bo‘lmaning eshigini 
ochib ichkariga kirgan ekan, bunisida ham-
masidan ham ziyoda chiroyli narsalar ko‘ribdi. 
Devor qip-qizil ipaklar bilan yasatilgan, ipak 
gilamlar ustiga shoyi ko‘rpachalar solingan, 
o‘n olti yoshli chiroyli cho‘ri qizlardan oltitasi 
atrofini o‘ragan holda kumush so‘rida bir qiz 
tilla shamdonda yonib turgan shamga qarab 
uxlayotgan ekan. O‘n olti yashar qizga cho‘lpon 
yulduzi cho‘rilikka tayyor, buning uchun kun 
gul teradi, oy olma tashlaydi. Odam bolasi 
ekanligiga hech kim ishonmaydi. Kenja botir 
ichida: «Mening baxt qushim sensan», – deb 


«Sevimli bolajonim uchun ertaklar»
12
«Uch og‘ayni botirlar»
13
uning o‘ng qulog‘idan sekingina tilla sirg‘asi-
ni chiqarib olib, cho‘ntagiga solibdi. Orqasiga 
qaytib, yana o‘sha o‘rta saroyga kelib chiqibdi.
Bular podshohning qizlari edi. Kenja botir il-
gari qaysi yo‘l bilan kelgan bo‘lsa, yana o‘sha 
yo‘l bilan darvozaning oldiga chiqibdi. Darvoza-
bon hali ham uyqusidan uyg‘onmagan ekan. 
Darvozani qulflab, kalitini yana darvozabon
-
ning qo‘liga tutqazib, o‘tib ketibdi. Haligi paxsa 
devordan oshib, bog‘chaga tushib, chirog‘ini 
yondirib, otiga minib akalarining yoniga qay-
tibdi. Akalari uyqudan uyg‘onmagan ekanlar. 
Chiroqni o‘z joyiga qo‘yib, qamchisini o‘ynab 
o‘tiraveribdi. Tong otibdi. Hammalari uyqu-
dan turib, bir-birlaridan hol-ahvol so‘rashib-
di. Kenja botir: «Tinchlik, hech narsa bo‘lgani 
yo‘q», – deb javob beribdi. Ov 
qatlarini yeb, 
otlarni tayyorlab, yo‘lga tushibdilar. Bir ozdan 
keyin shaharga kirib kelibdilar. Bir mehmon-
xonaga tushib, otlarini bog‘lab, o‘zlari atrofni 
tomosha qilib yurgan ekanlar, bir jarchi tunda 
sodir bo‘lgan o‘rda voqeasini aytib, atrofga jar 
sola boshlabdi:
– Bugun kechasi noma’lum odam tarafi
-
dan o‘rdaning bog‘chasida yigirma kishining 
boshi kesilgan, ma’lum bo‘lishicha, o‘ldirilgan-
lar shaharga xavf soluvchi o‘g‘rilar ekan. Ichki 
haramning eng nozik xonalaridan bir donadan 
tilla buyumlar yo‘qolgan. Bu sirli ishlarni ba-
jargan botir kim ekanligini bilish uchun pod-
shohimiz elning hamma katta-kichigidan yor-
dam istaydi. Shahar xalqi orasida bunday ish 
bajaruvchi botirlar bo‘lmasligini bilib, kimning 
hovlisida yoki mehmonxonasida chetdan kel-
gan musofirlar bo‘lsa, darhol o‘rdaga olib bori­
lishini buyuradi! 
Bu xabardan keyin mehmonxona egasi uch 
og‘ayni botirlarni o‘rdaga borishga taklif qilibdi.
Botirlar asta-sekin o‘rdaga borishibdi. Pod-
shoh bularning musofir ekanligini bilib, alohi
-
da bir ziynatlangan uyga taklif qilibdi. Bosh qa 
musofir bo‘lmaganidan, ularga e’tibor bilan qa
-
rab, sir olmoqni bir vazirga topshiribdi. 
Vazir: «Bulardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘rasak, 
ehtimol aytmaslar, o‘z ahvollariga qo‘yib, tash-
qaridan quloq solib turamiz, nima desa 
lar 
so‘zlaridan sirini topamiz», – deb maslahat qili-
shibdi. Bu xonada bulardan boshqa hech kim 
yo‘q ekan. Bir vaqt dasturxon yozilib, xilma-xil 
noz-ne’matlar keltirib qo‘yilibdi. Ikkinchi bir 
xonaning teshigidan podshoh bilan vazir quloq 
solib jim o‘tiribdilar. Bir ozdan keyin uch og‘ayni 
botirlar o‘zaro suhbat qura boshlashib di. 
To‘ng‘ich botir dasturxondagi ovqatni ko‘r-
satib:
– Shu go‘sht qo‘zi go‘shti ekan, biroq shu 
qo‘zi it emib katta bo‘lgan ekan, – debdi.
O‘rtancha botir:
– To‘g‘ri aytasiz, podshoh degani it go‘shtidan 
ham qaytmaydi. Saralab yemoq faqirning ishi, 
qo‘yni boqib qo‘yibdimi? Men ham bir narsaga 
hayron bo‘lib turibman, mana shu shinnidan 
odam isi keladi.


«Sevimli bolajonim uchun ertaklar»
14
«Uch og‘ayni botirlar»
15
Kenja botir esa:
– To‘g‘ri podshohlik – qonxo‘rlik demakdir. 
Qon qo‘shilgan bo‘lsa ehtimoldan uzoqmas-
dir. Lekin yomonning qoni bo‘lsa-ku, mayli, 
begunohning qoni qo‘shilgan bo‘lmasin. Men 
ham bir narsaga hayron bo‘ldim, shu nonni 
taxlagan kishining otasi nov voy ekan, taxlov-
chi novvoyning o‘g‘li ekan, – debdi.
– To‘g‘ri bo‘lsa kerak, – debdi to‘ng‘ich botir. 
– Pod shoh bizni bu yerga o‘rda voqeasi bilan 
chaqirgan. Bizdan so‘rasa nima deymiz?
– Albatta yolg‘on so‘zlamaymiz, – deb-
di o‘rtancha botir, – bu voqeaga aralashgan 
bo‘lsak, aytmoq lozim dur.
Shunda kenja botir:
– Uch kunlik yo‘lda qanday voqealarni 
ko‘rgan bo‘lsak, o‘rtaga tashlaydigan vaqt kel-
di, – debdi.
To‘ng‘ich botir birinchi kechada sher bilan 
olishganini aytib, belidan tasmasini o‘rtaga 
olib qo‘yibdi. O‘rtancha botir ikkinchi kecha-
dagi voqeani aytib, isbot uchun tasmani o‘rta-
ga tashlabdi. Kenja botir esa uchinchi kecha-
dagi voqeani aytib, olgan narsalarini o‘rtaga 
tashlabdi.
Podshoh bilan vazir sirdan xabardor bo‘lib-
dilar. Faqat go‘sht, shinni, non to‘g‘risidagi 
gaplarni tek shirib ko‘rmoqchi bo‘libdilar. Avval 
qo‘ychivonni chaqirtirishibdi. Podshoh qo‘ychi-
vondan so‘rabdi:
– To‘g‘risini ayt, kecha so‘yilgan qo‘zining 
onasi itmidi?
– Podshohim, bir qoshiq qonimdan kechsan-
giz aytaman.
– O‘tdim, to‘g‘risini ayt!
– Qishning o‘rtasida bir qo‘y tug‘ib, o‘zi o‘lib 
qoldi, o‘sha vaqtda bir katta itim ham tuqqan 
edi. Qo‘zichoqqa rahmim keldi. Yetim qo‘zini 
och qoldirgim kelmadi. Nochor o‘sha itga emiz-
dirib, katta qilgan edim. Boshqa qo‘zi qolma-
gani uchun o‘shani yuborgandim, – debdi.
Podshoh to‘ng‘ich botirning gapi rostligidan 
hayratlanibdi va bog‘bonni chaqirib, o‘rtancha 
botirning gapini tekshirmoqchi bo‘libdi:
– To‘g‘risini ayt, shinniga odam qoni qo‘shil-
ganmi? – deb so‘rabdi.
– Podshohim, bir qoshiq qonimdan o‘tsan-
giz, bir voqea bo‘lgan edi, aytardim, – debdi 
bog‘bon.
– Ayt, o‘tdim, – debdi podshoh.
– O‘tgan yozda, bog‘dagi uzumzorga bir 
odam har kecha o‘g‘rilikka tushib, sizga olib 
qo‘yilgan eng yaxshi uzumdan o‘g‘irlab keta 
boshladi. Agar qo‘limga tushsa, o‘ldirib, shu 
tokning tagiga ko‘maman, deb qasd qildim. 
Bir kecha poylab yotdim. Yana keldi. Shash-
vor to‘qmoq bilan boshiga urdim. Boshi 
pachoq-pachoq bo‘lib ketdi. Hech kim bilgani 
yo‘q. Shu tok tagiga chuqur kavlab ko‘mib 
qo‘ydim, kelasi yili tok kuchlanib, chunon 
hosil qildiki, bargidan ham uzumi ko‘p edi. 
Lekin mazasida ozgina o‘zgarish paydo bo‘ldi. 
Men uzumdan sizga yubormay, butunicha 
shinni qilgan edim, – debdi.


«Sevimli bolajonim uchun ertaklar»
16
«Uch og‘ayni botirlar»
17
Shoh o‘rtancha botirning so‘zlari ham rostli-
giga amin bo‘libdi. Kenja botirning gapi borasi-
da shohning shubhasi yo‘q edi. Chunki non-
ni podshohning o‘zi taxlagan bo‘lib, shohning 
otasi haqiqatda nov voy o‘tgan edi.
Podshoh haqiqatlar ayon bo‘lgach, ular ning 
zakovatiga «ofarin» deb, botirlarning oldiga 
kiribdi. Hech bir narsa so‘ramay, ularga qarata 
shunday debdi:
– Sizlarning hamma aytganlaringiz to‘g‘ri 
bo‘lib chiqdi, mening sizlarga muhabbatim ort-
di. Botir mehmonlar, ijozat bersangiz, bir tak-
lifim bor edi, agar qabul qilsangiz aytar edim, 
– debdi.
To‘ng‘ich botir:
– Aytganlaringiz to‘g‘ri kelsa qabul qilamiz, 
aytingiz! – dedi.
Podshoh:
– Mening uchta qizim bor, o‘g‘lim yo‘q. Men 
ertaga butun shaharni to‘yga chaqirib, qirq 
kun osh berib, qizlarimni sizlarga nikoh qil-
sam, mening o‘g‘illarim bo‘lib, bunda qolsan-
giz, – debdi.
To‘ng‘ich botir:
– Xo‘p, yaxshi aytasiz, lekin bizning ham bir 
shartimiz bor. Bizlar podshoh bolasi emasmiz. 
Otamiz boy ham emas. Sizning davlatingiz 
podshohlik bilan topilgan, biz qo‘l kuchi bilan 
tarbiya topganmiz. Elimiz bir bo‘lsa ham, tar-
biyamiz boshqa. Qanday bo‘lar ekan? – debdi.
Podshoh:
– Men bir iqlimning podshohiman, sizni 
otangiz qo‘l kuchi bilan tarbiya qilib, sizday 
botirlarning otasi bo‘lgan ekan, mendan nima 
kamligi bor? Haqiqatda, mendan ortiqdir. Tar-
biyangiz orqasida jahon podshohlari oshiq 
bo‘lib yig‘lab yurgan qizlarning otasi sizga o‘z 
qizlarini yig‘lab tutadi, – dedi.
Botirlar shohning taklifini qabul qilibdilar. 
Shaharda qirq kun to‘y-tomosha bo‘lib, botir-
lar podshoh qizlariga uylanibdilar. Yaxshi tar-
biya orqasidan yigitlar baxt qushini qo‘lga kir-
gizibdilar. 
Podshoh hamma kuyovlaridan kenja botir-
ni yaxshi ko‘rardi. Kunlardan bir kun pod-
shoh bir salqin joyda uxlab yotgan ekan, 
yonidagi ariqdan bir ilon chiqib, podshohga 
zahar sochmoqchi bo‘lib turganida, to‘sat-
dan kelib qolgan kenja botir uni ko‘rib, be-
lidan qilichini sug‘urib, chopib, ikkiga bo‘lib 
tashlabdi. Yana qilichini qiniga solib turgan-
da podshoh uyg‘onib qolibdi. Dilida: «Qizim-
ni berganimga qanoat qilmay, meni o‘ldirib, 
podshoh bo‘lmoq xayoli bor ekan», deb shub-
ha qilibdi. Vazirini chaqirib voqeani aytibdi. 
Vazirning botirlarga hasad-adovati bo‘lib, 
qulay payt poylab yurgan ekan, bu voqea 
yaxshi bahona bo‘libdi.
Vazir podshohga:
– Shunday bebaho qizlaringizni mendan 
bir maslahat so‘ramay, yaxshi tarbiya ko‘rgan 
deb, musofirlarga berib qo‘ydingiz, mana endi 
uchini sizga ko‘rsatishdi. Yaxshi deb sevgan 
kuyovingiz sizni o‘ldirmoqchi bo‘lgan ekan, 
boshqa kuni albatta maqsadiga yetadi, – debdi.


Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi 
https://kitobxon.com/oz/asar/1463
saytida.
Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси 
https://kitobxon.com/uz/asar/1463
сайтида.
Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно найти на сайте 
https://kitobxon.com/ru/asar/1463

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə