Tayanch harakat tizimining tuzilishi va yoshga oid xususiyatlari



Yüklə 365,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix04.06.2022
ölçüsü365,55 Kb.
#88841
1   2   3   4   5
4-Maruza. Ichki sekretsiya bez. tuz. funk. va yosh bog. xus

Oyoq skyelyeti. 
Oyoq skeletiga chanoq kamarining uyaklari va son suyagi, boldir suyaklari va panja 
suyaklari kiridi. Chanoq suyaklarining suyaklanishi jismoniy tarbiya va mexnatda e‘tiborga 
olinishi kerak. Chanoq suyaklarining notug’ri birikishi uzoq muddat noto’g’ri utirish, tik yurish, 
og’ir yuk kutarish, ovqatlanishning yetarli bo’lmasligi natijasida vujudga keladi. Son va kapa, 
kichik boldir suyaklari 20-24 yoshda kaft oldi suyaklari 17-21 yoshda, oyoq panja falangalari 15-
21 yoshda tuliq suyaklanadi. Oyoq panjasi uzoq muddat tik turish, tor oyoq kiyim kiyishganda 
oyoq panjasi tekislanadi va tekis panja kasali vujudga keladi. 
Muskul sistyemasi. 
Skeletning xarakat funktsiyasi muskullar kisqarishi tufayli vujudga keladi.- Odam 
organizmida 600 yakin muskul bor. Skelet muskullarining kiskarishi odamning ixtiyoriga 
bog’liq. Skelet muskullari qiskarganda muskullardagi retseptorlardan markazga intiluvchi 
impulslar markaziy nerv sistemasiga keladi. Natijada skelet muskullarining koordinatsiyalashgan 
xarakati vujudga keladi. Organizmdagi barcha muskullar ikki turga: silliq va kundalang targ’il 
muskullarga bo’linadi. 
Ko’ndalang targ’il muskullar. 
Skeletni qoplab turgan muskullar kundalang targ’il muskullar deb ataladi. Ularga qo’l, 


oyoq, gavda, nafas olish muskullari kiradi. Ular tez qisqaradi. Organizmdagi muskullarning 
qisqaruvchi qismi tanasi va passiv qismi paylari bor. Skelet muskullari shakliga qarab uzun, 
kalta, serbarg bo’ladi. Uzun muskullar duk shaklida bo’lib qo’l va oyoqda joylashgan. Serbarg 
muskullar tanada jonlishgan. Skelet muskullari organizmga ma‘lum shakl berib turadi. 
Skyelyet muskulllrining qisqarishi. 
Skelet muskullari nerv tolasidan kelayotgan qo’zg’alish impulsi qisqarish bilan javob 
beradi. Muskulga bitta qisqarish kelsa yakka qiskarish ruy beradi. Organizmdagi muskullarning 
qisqarishi yakka qisqarishlar yig’indisidan iborat bo’ladi. Yakka qisqarishni faqatgina 
laboratoriya sharoitida maxsus asbob yozib olishi mumkin. Muskullarga markaziy nerv 
sistemasidan doimo impulslar uzoq qisqarib turadi. Muskullar bu impulslarga uzoq qisqarib 
turadi. Nerv tolasida impulslarning tez-tez kelib turishi tufayli muskulning shu tariqa qisqarishi 
tetonik qisqarish yoki tetanus deb ataladi. Tetanus ikki xil bo’ladi: tishchali va silliq tetanus. 
Muskulning ishi kilogrammometrlar bilan o’lchanadi, ya‘ni yuqori ko’tarilgan yuk 
og’irligini ko’tarish balandligiga ko’paytmasi bilan o’lchanadi. Muskullar statik va dinamik ish 
bajaradi. Muskullarning uzoq vaqt qisqarmasdan tura olishi statik ish hisoblanadi. Dinamik ishda 
muskullar yuk ko’taradi. Statik holatga tik turish kiradi. Muskullar statik ishda dinamik ishga 
nisbatan kam energiya sarf qiladi. Dinamik ishda ko’p energiya sarf bo’ladi, modda almashinuvi 
ortadi. Dinamik ishda muskullar kamrok charchaydi. Statik ishda muskulga qon kelishi 
kamayadi, ovkatlanish susayadi. Muskullarni ish qobilyatini o’lchash uchun ergograf asbobi 
qo’lloniladi. Bolaning 6- 7 yoshidan boshlab muskulning kuchi orta boradi, 8-9 yoshda muskul 
kuchining ortishi ancha tez bo’ladi. Muskullar ish vaqtida yoki statik hollarda uzoq muddat 
qisqarib turishi yoki bironta jismoniy ish bajarganda charchaydi. Bolaning yoshi qancha kichik 
bo’lsa u shuncha tez va oson charchaydi, ayniqsa, bir turli muskul faoliyatida, harakatsiz holatda 
kattalarga nisbatan tez charchaydi. Musko’llar charchashining boshlanishida markaziy nerv 
sistemasining hal qiluvchi rol o’ynashini Sechanov I.M., Pavlov I.P., Vvedenskiy N.Ye. va 
Uxtomskiylar A.A. o’z tekshirishlarida ko’rsatib berdilar. 7-8 yoshgacha bo’lgan bolalarda 
mayda muskullarni
qisqarishining koordinatsiyasi yetarli bo’lmaganligi sababli ular aniq mayda va nozik 
xarakatlarni juda qiyinlik bilan amalga oshiradilar. Shuning uchun ular tez charchaydilar. 7 -12 
yoshli bolalarda harakatlarning koordinatsiyalashmaganligi tufayli tez charchash vujudga keladi. 
Shuning uchun jismoniy tarbiya 40-45 minutdan ortmasligi kerak. 7 -8 yoshli bolalar katta 
odamga nisbatan ko’p mayda harakatlarni bajaradilar, lekin kam energiya sarf qiladilar. 14 
yoshli bolalarda nerv sistemasi va harakat apparati yetarli rivojlanmaganligi tufayli katta odamga 
nisbatan 2:5 marta, 16 yoshda 2 marta ortiq charchash vujudga keladi. Bu ma‘lumotlar turli xil 
jismoniy mashg’ulotlarni olib borishda, maktab oldi yer uchastkasida, ishlab chiqarishda 
e‘tiborga olinishi kerak. 
Jismoniy mehnat davrida ish holatini, tempini, pozasini o’zgartirish, tez-tez dam 
berish, ijobiy emotsional xolatini vujudga keltirish kerak.7-8 yoshli bolalard muskullarning aniq,
nozik harakatlarni bajarish qobiliyatiga ega bo’lgan chaqqonlik bo’lmaydi. Bunday chaqqonlik 
asta-sekin paydo bo’ladi. Jismoniy mashqlar harakat tezligi va chaqqonlikni orttiruvchi 
omillardan biri hisoblanadi. 30 yoshdan so’ng muskul qisqarishining yashirin davri uzayadi
harakat tezligi kamayadi. Chapaqay bolalarda chap tomondagi gruppa muskullarni maksimal 
chastotasi o’ng tomondagi shunday gruppa muskullarga qaraganda yuqori bo’ladi. 7 yoshdan 16 
yoshgacha xarakat tempi 1,5 martaga ortadi. O’smirlarda balog’atga yetish davrida 
muskullarning kuchi tez ortadi. Bolaning 6- 7 yoshida yozuvchi muskullarining uchi bukuvchi 
muskullarning kuchiga nisbatan ortiq bo’ladi. 8-10 yoshdan boshlab o’ng qo’lni kuchi ortiq 
bo’ladi. Bunga sabab o’ng qo’l ko’p qon bilan ta‘minlanadi. 8-10 yoshda o’g’il bolalar o’ng 
qo’lining kuchi qiz bolalardan 1-Zkg. ortiq, 13 yoshda 7 kg., 16 yoshda 15 kg., 19 yoshda 17,5 
kg., 22 yoshda 18 kgga teng. Chidamlilik ma‘lum gruppa muskullarni ish qobilyatini uzoqroq 
saqlash, o’ziga xoslilik bilan harakterlanadi. Yosh ortgan sayin dinamik ishga chidamlilik ortib 
boradi. Chidamlilik 12-15 yoshda o’g’il bolalarda ancha ortadi. 

Yüklə 365,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə