Tayanch harakat tizimining tuzilishi va yoshga oid xususiyatlari



Yüklə 365,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix04.06.2022
ölçüsü365,55 Kb.
#88841
1   2   3   4   5
4-Maruza. Ichki sekretsiya bez. tuz. funk. va yosh bog. xus

Tayanch - xarakat apparatining gigiyenasi. 


Bolalarning o’quv va mehnat faoliyatini tashkil etishda o’quv va mexnat sharoitlarining 
gigienaga to’g’ri kelmasligi, sinf jihozlarining maqsadga muvofiq bo’lmasligi, portfelini doim 
bir qo’lda olib yurishi, uydagi turmushni uyushtirishda ish o’rnining gigienik jihatdan to’g’ri 
kelmasligi, o’rin-ko’rpaning haddan tashqari yumshoq va notekis bo’lishi umurtqa 
pog’onasining rivojlanish hususiyatlariga yetarlicha baho bermaslik tayanch-harakat 
apparatining noto’g’ri o’sib - rivojlanishiga olib keladi. Tayanch- harakat apparatining gigienik 
qonunlariga rioya qilmaslik umurtqa pog’onasining rivojlanishiga, ya‘ni qad-qomatning 
buzilishiga olib keladi. Bularga egilgan, kifotik, lordotik, skoliotik qad-qomat deyiladi. 
Egilgan qad-qomat bolalar tik turganda boshi bir oz oldinga egilgan, yelkalari oldinga 
osilgan, ko’krak qafasi botiqroq, qorni oldinga chiqqan bo’ladi. 
Kifotik qad-qomatli bolalarda kuraklar qanotga o’xshash ko’tarilib turadi. Bukir holat 
yuzaga keladi. 
Lordotik qad-qomatli kishilarda gavdasiniig orqa qismi tekis, ko’krak qafasi yassi, qorni 
oldinga chikqan bo’ladi, umurtqa pog’onasining bel qismi normadan ko’proq oldinga bukilishi 
kuzatiladi. 
Skolioz deb ataluvchi qad-qomatli bolalarda tik turganda yelkalarining biri past, biri 
baland, ko’kraklari ham past, baland bo’lib, ko’krak qafasining bir tomoni bo’rtiproq, ikkinchi 
tomoni botiqroq xolatda bo’ladi. Kad-qomatning buzilishi faqat tashqi ko’rinishni emas, balki 
ichki organlar (o’pka, yurak, jigar, buyrak, oshqozon va ichak kabilar) ning rivojlanishi va 
funktsiyasiga ham salbiy ta‘sir ko’rsatadi. 
Bolalarda umurtqa pog’onasining normal shakllanishi uchun quyidagi gigienik 
qoidalarga amal qilish kerak: bolani yoshlikdan tekis va bir oz qattiqroq to’shakda uxlashga 
o’rgatish, yostiq pastroq bo’lishi kerak; bolani 6 oylik bo’lguncha o’tkazmaslik, 10 oylik 
bo’lguncha oyog’ida uzoq vaqt tik turg’azmaslik kerak; kichik yoshdagi bolalar, boshlang’ich 
sinf o’quvchilari uzoq vaqt bir joyda o’tirmasligi, tik turmasligi, uzoq masofaga yurmasligi, og’ir 
yuk ko’tarmasligi, doim bir qo’lda ish bajarmasligi kerak. O’quvchilar bo’ylariga mos parta, 
stol-stullarda o’tirishi kerak, parta, stol-stulda o’tirganda gavdasi tik, yelkalari bir tekisda, beli 
stul yoki parta suyanchig’iga suyanib
turishi, oyoqlari tizza bo’g’imida to’g’ri burchak hosil qilib, bukilgan, ko’krak bilan parta 
qirrasi orasida 3-5 sm.ga yaqin masofa bo’lishi kerak. 
Yassioyoqlik.
Odam tovon kaftining pastki qismi tayanch - harakat sistemasining ressori 
vazifasini bojaradi. Bolalar uzoq vaqt tik turganda, og’ir yuk ko’targanda, tor poyafzal kiyganda 
oyoq panjasi gumbazi yassilanadi, natijada yassioyoqlik kelib chiqadi. Yassioyoqlik natijasida 
oyog’ining tovon-panja va boldir muskullarida og’riq bo’ladi. Yassioyoqlik tug’ma va hayotda 
orttirilgan bo’ladi. Yassioyoqlikning tug’ilgandan keyin yuzaga kelishi sabablari quyidagilardan 
iborat: bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurg’izish, uzoq vaqt tik turg’izish, yosh 
bolaga poshnasi yumshoq poyabzal kiygizish, o’quvchilarning kun bo’yi poshnasiz sport 
poyabzalida yurishi, poshnasi baland, uchi tor poyabzallarni kiyish, og’ir yuk ko’tarish. Ana 
shularni hisobga olib, yassioyoqlikni oldini olishga e‘tibor berish kerak. 
Sinf jixozlariga qo’yiladigan gigiyenik talablar. 
Ta‘lim-tarbiyaning, mehnat ta‘limining samarali bo’lishida sinf xonalari, labaratoriyaning 
jixozlanishi muxim axamiyatga ega. Maktab mebellari bolalarning bo’yi, yoshi, tana 
proportsiyasi, fiziologik xususiyatlariga mos bo’lishi kerak. Siif xonasining asosiy jihozi 
partadir. Parta bir yoki ikki o’rinli bo’lib, har birining suyanchig’i, o’tirg’ichi va yozuv stoli kabi 
qismlari bo’ladi. Suyanchiq bola umurtqa tsog’onasining bel egriligiga mos kelishi kerak. 
Suyanchiq oralig’i gorizontal buyicha kursi suyanchig’igacha bo’lgan masofa o’quvchi 
gavdasining diametridan 3-5 sm. masofa qolishi kerak. Masofa musbat, manfiy va nol bo’lishi 
mumkin. Suyanchiq oralig’i oshib ketsa, o’quvchi bukilib o’tiradi, kamayib ketsa, siqilib qoladi. 
Partaning oldingi cheti o’tirg’ichdan 3-5 sm. o’tishi maqsadga muvofiqdir. Partaning yozuv stoli 
15-200 qiyaroq qilib tayyorlanadi. Bu ko’rishni yengillashtiradi. O’quvchilarni partaga 
o’tkazishda bo’yini parta raqamiga moslash zarur. Buyi eng past bola 110 sm., novchasi 179-180 


sm. bo’ladi. Barcha o’quvchilar 7 ta bo’y guruxiga bo’linadi. Parta raqamlari xam 6 dan 12 
gacha A.F.Listov bolani bo’yiga qarab parta nomerini aniqlash uchun quyidagi formulani tavsiya 
qiladi, ya‘ni bola bo’yining oldingi raqami unligidan 5ni ayrilsa, shu bola o’tiradigan partaning 
nomeri kelib chiqadi. Masalan, bolaning bo’yi 148 sm., 14 dan 5 ni ayiribtashlaymiz, unda 9 
qoladi. Demak, 148 sm. bo’yli bola 9 nomerli partada o’tirishi kerak. Xozirgi vaqtda ko’p 
maktablarda yangi nomerli partalar qo’llaniladi. Bular A,B,V,G,D deb belgilanadi. Xar bir 
partaning suyanchig’ida shu partada o’tirishi mumkin bo’lgan bolaning bo’yi, parta nomeri yoki 
rangli shartli belgi qo’yilgan bo’ladi. Jumladan, A raqamli parta rangli belgisi sariq, B- qizil, V-
ko’k, G- yashil va D-oq rang bo’ladi. Sinf partalari, stol, stullarni akslanish koeffitsenti 35% dan 
50% gacha bo’lgan ranglarda bo’yash tavsiya etiladi. Parta, stol, stullar och kul rang. och yashil 
yoki boshqa ochroq rangga bo’yash tavsiya etiladi. Sinf partalari 3 qator qilib, pastlari oldinga, 
balandlari orqaga qo’yiladi. Parta qatorlari orasidagi masofa 70-75 sm ichki devor bilan parta 
qatori orasidagi masofa 60sm., oxirgi parta bilan devor orasidagi masofa 50sm., oxirgi parta 
bilan doska orasidagi masofa 7-8 m. qilib joylashtiriladi. O’quvchilarni partaga o’tkazishda 
bo’yidan tashqari sog’lig’i, ko’rish, va eshitish organlarining hususiyatlari xam e‘tiborga olinadi. 
Yaqindan ko’radigan bola, garchi bo’yi baland bo’lsa ham oldingi partaga o’tkazilishi kerak. 
Sinf doskasining yuzasi silliq, yaltiramaydigan bo’lishi kerak. Uning o’lchami sinf 
satxiga bog’liq bo’lib, uzunligi 175 sm dan 300-350 sm.gacha, eni 110-120sm. bo’lishi kerak. 
Boshlang’ich sinflarda sinf doskasi pol sathidan 85 sm., yuqori sinflarda 90sm. baland 
o’rnatiladi. Doska jigar rang, to’q yashil rangga bo’yaladi. Doskada bor latta qo’yish uchun 
tarnovcha bo’lishi kerak. Doska yaxshi yoritilishi uchun tepasiga lyuminestsentlampa o’rnatiladi. 
O’quvchining ish stoli va stuli birinchi parta yoki o’rtadagi parta oldiga qo’yiladi. 
 
Nazorat savollari: 
1.
Tayanch-xarakat sistemasi qakday organlardan iborat? 
2.
Tayanch-xarakat sistemasi qanday vazifalarni bajaradi? 
3.
Tayanch-xarakat sistemasi qanday yosh xususiyatlarga ega? 
4.
Muskullarning vazifasi va uning yosh xususiyatlari nimalardan iborat? 
5.
Umurtqa pog’onasining kamchiliklaridan qaysilarini bilasiz? 
6.
Sinf jixozlariga qanday gigienik talablar quyiladi? 
 

Yüklə 365,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə