Tayanch harakat tizimining tuzilishi va yoshga oid xususiyatlari



Yüklə 365,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix04.06.2022
ölçüsü365,55 Kb.
#88841
1   2   3   4   5
4-Maruza. Ichki sekretsiya bez. tuz. funk. va yosh bog. xus

Nazorat savollari: 


1. Gormonlarning organizmga funktsional ta‘siri deganda nimani tushunasiz? 
2. Miyada joylashgan bezlarga qaysi bezlar kiradi va ularning funktsional ahamiyati nimadan 
iborat?
3. Bola bo’yining usishiga ta‘sir etuvchi gormon qaysi bezdan ajraladi va qanday ta‘sir etadi? 
4. Qalqonsimon bez qaerda joylashgan va bu bezdan ajraladigan gormonorganizm faoliyatiga 
qanday ta‘sir etadi? 
5. Qanday diabet kasalligi va uning kelib chiqish sabablarini gapirib bering? 
6. Buyrak usti bezidan ajraladigan gormonlarning organizm funktsiyasiga ta‘sirini gapiribbering? 
7. O’g’il va qiz bolalarda qanday jinsiy gormonlar ajraladi? 
Mavzu: TAYANCH HARAKAT APPARATINING YOSHGA BOG‘LIQ
XUSUSIYATLARI
 
R e j a : 
 
1. Tayanch-harakat tizimining ahamiyati. 
2. Skeletning rivojlanishi va uning yosh xususiyatlari. 
3. Muskullarning umumiy tuzilishi va uning yosh xususiyatlari. 
4. Tayanch-harakat apparatining gigienasi. 
5. Sinf jihozlariga qo’yiladigan gigienik talablar. 
 
Tayanch tushunchalar: 
Skelet, muskul, umurtqa pog’onasi, skolioz, jismoniy charchash 
Tayanch-harakat apparati tizimiga skelet va skelet muskullari kiradi. Skeletdagi suyaklar 
va boylam – bug’imlar passiv harakat organlar muskullar esa aktiv harakat organlari hisoblanadi 
Skelet 206 dan ortiq alohida suyaklardan tashkil topgan bo’lib, bularning 85 tasi juft, 36 
tasi toq suyaklardan iborat. Skelet uchta asosiy funktsiyani: tayanch, xarakat, va ximoya 
vazifalarini bajaradi. 
Organizmdagi suyaklarni qoplab turgan skelet muskullari aktiv harakat organi bo’lib, 
muskullar qisqarganda bug’imlarda xarakat vujudga keladi. Odamning harakati harakat nervlari 
orqali markazdan qochuvchi impulslarni muskullarga kelishi tufayli vujudga kelib, bu esa 
odamning hayoti va mehnat faoliyatini ta‘minlaydi. Shunday qilib, harakatda muskullar va 
suyaklar ishtirok etadilar. Suyak sistemasi bundan tashqari, nerv sistemasi va ichki organlarni 
turli ta‘sirotlardan ximoya qiladi. 
Bir butun organizmda barcha fiziologik protsesslar bir-biriga boglangandir. Bu 
bog’liqlikni quyidagi misolda kurish mumkin; Muskullar qiskarganda odamning harakati bilan 
bir vaqtda nafas olish yurak faoliyati, modda almashinuvi protsessi,- qon aylanish va nerv 
sistemasida o’zgarish vujudga keladi. Boshqacha qilib aytganda muskul ishida nafas olish, yurak 
faoliyati ortadi. Qon aylanish tezlashadi, qon tomirlar-kengayadi. Modda almashinuvi kuchayadi 
va hokazo. Nerv sistemasining taraqqiy etishida skelet muskullarining qisqarishi juda muhim 
axamiyatga ega. Chunki muskullarining qisqarishi tashqi muhit ta‘sirlari va sezuv organlariga 
ta‘sir etishi bilan impulslar orqa bosh miyaga borishi tufayli bo’ladi. Bu esa nerv sistemasini 
rivojlantiradi. Bolalarda harakat koordinatsiyasi nerv sistemasining ayniksa, nerv tolalarining 
mienlinlashuvi bilan bog’liqdir. Yangi tug’ilgan bolada xarakatlarni tartibsiz bo’lishi, kupchilik 
efferent xarakat nerv tolalarini mielin nabatini yuqligi bilan bog’liqdir. Shunday qilib, tayanch 
xarakat apparati bolaning nerv sistemasi va boshqa funktsiyalarining rivojlanishi organizmning 
normal o’sishi uchun muhim axamiyatga ega. 
Suyakning ximiyaviy tarkibi, fizik xossalari va tuzilishi. 
Suyak asosan suyak to’qimasidan tuzilgan. Suyakning sirti suyak ust pardasi bilan 
qoplangan bo’ladi, bu parda bolalarda juda pishiq hatto suyak singanda ham yirtilmaydi. Suyak 
usti parda bilan suyakning faqatgina bug’in yuzalari koplanmaydi xolos. Suyak parda ko’p 
miqdordagi qon tomirlar, nervlar bilan ta‘minlangan, bular suyak ust pardadagi teshiklar orqali 


suyakning ichki qismiga utadi. Suyak shikastlanganda va kasallanganda suyak usti parda 
xujayralarining hisobiga suyak qayta tiklanadi. Suyak usti pardagi bog’lamalar va muskullar 
birikadi. Suyak usti pardaning tagida suyakning kompakt qavati yoki zich qavati bo’ladi. 
Kompakt qavatining tagida g’ovak qavat bo’ladi. Uzun suyakning ichki qismida suyakning 
butun uzunligi buyicha bushlik bo’ladi. Yangi tug’ilgan va Ko’krak yoshidagi bolalarning uzun 
naysimon suyagining bushliq qismida qizil ilik bo’lib, o’sish protsessida qizil ilikning urnini 
sariq ilik egallaydi. Naysimon suyaklarning ikki uchida, ba‘zida yassi suyaklarda 15 yoshgacha 
qizil ilik saqlanadi. 
Suyaklar shakli va tuzilishiga qarab, naysimon, yassi, kalta va aralash suyaklarga 
bo’linadi. Naysimon suyaklar qo’l-oyoq skeletining tarkibiga kiradi. Naysimon suyaklar orasida 
uzun (elka suyagi; bilaqtirsak suyaklari, son suyagi, boldir suyaklari) va kalta suyaklar (qo’l 
kafti, oyoq kafti suyaklari, barmok suyaklari) bor. Har bir naysimon suyakning tanasi (diafizi) va 
ikki uchi (epifizlari) tafovut qilinadi. Yassi suyaklarning shakli turli xil bo’ladi. Ularga kallaning 
qoplovchi suyaklari, kurak va chanoq suyaklari kiradi. Aralash suyaklar turli shaklga ega bo’ladi. 
Suyaklarning yuzasida g’adir-budur dumboq, qirra, teshiklar, egatlar bo’ladi. Bularga muskullar, 
paylar, boylamlar birikadi yoki tomirlar, nervlar utadi. Suyak qushuvchi to’kimaga kirib ikki xil 
kimyoviy modda-organik va anorganik moddalardan iborat..Suyakning organik moddasiga 
osseyn deyiladi, suyak tarkibining qismini organiк kismini anorganik modda tashkil etadi. 
Agarda suyakni bir_qismini xlorid yoki nitrat kislotaga solib kuyilsa, bir necha vaqtdan-sung 
yumshoq va elastik bo’lib qolganini ko’ramiz. Suyak olovda kuydirilsa organik moddalari ko’yib 
ketishi tufayli mo’rt bo’lib qoladi. Suyakning. elastikligi osseyn borligiga qattiqligi esa 
anorganik moddalarga bog’liqdir. Suyakda organik va anorganik moddalar borligidan elastik va 
qattiqdir. Yosh ulg’ayishi bilan suyakning osseyn va anorganik moddalar miqdori o’zgarib 
boradi. Bolalarda organik moddaliri ko’proq. Shuning uchun ularning suyagi elastik bo’ladi. 
Yosh ulg’aygan sari anorganik
moddalar miqdori ortib boradi, shuning uchun ularning suyagi murt bo’lib qoladi. Yosh 
ulg’ayishi bilan suyakda kaltsiy, fosfor, magniy va boshqa elementlar nisbatan o’zgaradi. Kichiq 
bolalar suyagining tarkibida ko’prok kaltsiy, katta maktab yoshidagi bolalarning suyagini 
tarkibida fosfor tuzlari ko’p bo’ladi. Bolaning 7 yoshida naysimon suyaklarning tuzilishi katta 
odamlarnikiga uxshaydi. Lekin 10-12 yoshda suyakning g’ovak moddasi intensiv uzgaradi. 
Bolaning yoshi qancha kichik bo’lsa, suyak ustidagi po’stloq zich qavatga yopishgan bo’ladi. 
Bolaning 7 yoshida suyak ustligi zich qavatdan ajralib turadi. 7-10 yoshgacha naysimon 
suyaklarning ilik qismini o’sishi sekinlashadi. 11-12 yoshlardan 1,8 yoshgacha naysimon 
suyaklar tulik shakllanib bo’ladi. Suyaklar oraliqli, tog’ayli to’qima, suyakli tuqima, 
biriktiruvchi tuqima yordamida birikadi. Biriktiruvchi tuqima yordamida birikish-bog’lamlar, 
pardalar, kalla choklari. Tog’ayli to’qima yordamida birikish-umurtqalararo tog’aylar orqali. 
Suyakli to’qima yordamida birikish-dumg’aza umrtqalari va dumg’aza suyagining hosil qilish 
kiradi. Oralikli birikishga bo’gynlar kiradi. 

Yüklə 365,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə