1-Amaliy mashg`ulot: Turli modellar tuzishga doir misollar



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix13.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#149275
1-amaliy mavzu (2)



1-Amaliy mashg`ulot: Turli modellar tuzishga doir misollar. 
Ishning maqsadi: Talabalarga Turli modellar tuzishga doir misollar yechish asosiy 
tushunchalarini o`rgatish 
 
Qisqacha nazariy ma`lumotlar: Model va modellashtirish. Model turlari. 
Modellarning mazmuni bilan qisqacha tanishib chiqamiz. 
1. 
Fizik model
. Tekshirilayotgan jarayonning tabiati va geometrik tuzilishi asl 
nusxadagidek, ammo undan miqdor (o`lchami, tezligi, ko`lami) jixatidan farq 
qiladigan modellar, masalan, samolyot, kema, avtomobil, poyezd, GES va 
boshqalarning modellari fizik modelga misol bo`ladi. 
2.
Matematik modellar
tirik organizmlarning tuzilishi, o`zaro aloqasi, 
vazifasiga oid qonuniyatlarning matematik va mantiqiy-matematik tavsifidan iborat 
bo`lib, tajriba ma`lumotlariga ko`ra yoki mantiqiy asosda tuziladi, so`ngra tajriba 
yo`li bilan tekshirib ko`riladi. 
Biologik hodisalarning matematik modellarini kompyuterda o`rganish 
tekshirilayotgan biologik jarayonning o`zgarish xarakterini oldindan bilish imkonini 
beradi. Shuni ta`kidlash kerakki, bunday jarayonlarni tajriba yo`li bilan tashkil qilish 
va o`tkazish ba`zan juda qiyin kechadi. Matematik va matematik-mantiqiy 


modelning yaratilishi, takomillashishi va ulardan foydalanish matematik hamda 
nazariy biologiyaning rivojlanishiga qulay sharoit tug`diradi. 
3. 
Biologik model
turli tirik ob`ektlar va ularning qismlari - molekula, hujayra, 
organizm va shu kabilarga xos biologik tuzilish, funksia va jarayonlarni modellashda 
qo`llaniladi. Biologiyada, asosan, uch xil modeldan foydalaniladi. Ular biologik, 
fizik va matematik modellardir. 
Biologik model - odam va hayvonlarda uchraydigan ma`lum bir holat yoki 
kasallikni laboratoriyada hayvonlarda sinab ko`rish imkonini beradi. Bunda shu 
holat yoki kasallikning kelib chiqish mexanizmi, kechishi, oqibati kabilar tajriba 
asosida o`rganiladi. Biologik modelda har xil usullar: genetik apparatga ta`sir qilish, 
mikroblar yuqtirish, ba`zi organlarni olib tashlash yoki ular faoliyati mahsuli bo`lgan 
garmonlarni kiritish va bosha usullar qo`llaniladi. Bunday modellarda genetika, 
fiziologiya, farmokologiya sohasidagi bilimlar tadqiq qilinadi. 
4. 
Fizik-kimyoviy
modellar biologik tuzilish, funksiya yoki jarayonlarni fizik 
yoki kimyoviy vositalar bilan qaytadan hosil qilishdir. 
5. 
Iqtisodiy modellar
taxminan XVIII asrdan qo`llanila boshlandi. 
F.Kene
ning "Iqtisodiy jadvallar"ida birinchi marta butun ijtimoiy takror ishlab 
chiqdrish jarayonining shakllanishini ko`rsatishga harakat qilingan. 




 
 


 
 
Aytib o`tilganlarni aniq misolda ko`rib chiqamiz. 
O`ylagan sonni topish masalasi (matematik fokus). Talabalarga ixtiyoriy 
sonni o`ylash va u bilan quyidagi amallarni bajarish talab etiladi: 
1. O`ylangan son beshga ko`paytirilsin. 
2. Ko`paytmaga bugungi sanaga mos son (yoki ixtiyoriy boshqa son) qo`shilsin. 
3. Hosil bo`lgan yig`indi ikkilantirilsin. 
4. Natijaga joriy yil soni qo`shilsin. 
Olib boruvchi biroz vaqtdan so`ng talaba o`ylagan sonni topishi mumkinligini 
ta`kidlaydi. Ravshanki, talaba o`ylagan son matematik fokusga mos model 
yordamida aniqlanadi. 
Masalani rasmiylashtiramiz:
X - o`quvchi o`ylagan son, U - hisoblash 
natijasi, N- sana, M - joriy yil. 
Demak, olib boruvchining ko`rsatmalari: U=(X*5 + N)*2 + M formula orqali 
ifodalanadi. 
Ushbu formula masalaning (matematik fokusning) matematik modeli bo`lib 
xizmat qiladi va X o`zgaruvchiga nisbatan chiziqli tenglamani ifodalaydi. 
Tenglamani yechamiz: X = (U - (M + 2N))/10
Ushbu formula o`ylangan sonni topish algoritmini ko`rsatadi. 



Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə