Tasodifiy miqdorlar haqida tushunchalar


Diskret va uzluksiz tasodifiy miqdorlar, ularning sonli xarakteristikalari



Yüklə 101,4 Kb.
səhifə3/6
tarix22.12.2023
ölçüsü101,4 Kb.
#153900
1   2   3   4   5   6
Tasodifiy miqdorlar haqida tushunchalar

Diskret va uzluksiz tasodifiy miqdorlar, ularning sonli xarakteristikalari.
Tajriba natijasiga ko‘ra biror qiymatlar to‘plamidan tasodifiy ravishda bitta qiymat qabul qiladigan o‘zgaruvchi miqdorga tasodifiy miqdor deb ataladi.
Agar tasodifiy miqdor qabul qiladigan qiymatlar chekli yoki cheksiz ketma-ketlik ko‘rinishida yozish mumkin bo‘lsa, bunday tasodifiy miqdor diskret tasodifiy miqdor deyiladi.
Biror chekli yoki cheksiz sonli oraliqdagi barcha qiymatlarni qabul qilishi mumkin bo‘lgan tasodifiy miqdor uzluksiz tasodifiy miqdor deb ataladi.
Diskret tasodifiy miqdorlar. tasodifiy miqdorning taqsimot qonuni deb uning qabul qilishi mumkin bo‘lgan barcha qiymatlari va mos ehtimolliklari majmuiga aytiladi. Har qanday tasodifiy miqdor o‘zinnig taqsimot qonuni bilan bir qiymatli aniqlanadi.
Diskret tasodifiy miqdorning taqsimot qonuni jadval, formula yoki grafik ko‘rinishida berilishi mumkin.
Taqsimot qonunining nugtalarni tutashtiruvchi siniq chiziqdan iborat grafigi taqsimot poligoni deyiladi.
Agar X tasodifiy miqdor qiymatlarni mos ravishda ehtimolliklar bilan qabul qiladigan deskret tasodifiy miqdor bo‘lsa, u holda uning taqsimot funktsiyasi quyidagicha aniqlanadi:

Bu yerda ning dan kichik bo‘lgan qiymatlarining ehtimolliklari yig‘indisi olinadi.
Quyida diskret tasodifiy miqdorning taqsimot funktsiyasi ko‘rinishi keltirilgan:

diskret tasodifiy miqdorning oraliqdan qiymat qabul qilish ehtimolligi bo‘ladi.


      1. O‘rta qiymatlar.

Matematik kutilma tasodifiy miqdor o‘rtacha qiymatining sonli xarakteristikasi sifatida xizmat qiladi.
Diskret tasodifiy miqdorning matematik kutilmasi deb uning barcha mumkin bo‘lgan qiymatlarini mos ehtimolliklariga ko‘paytmasining yig‘indisiga aytiladi.

Agar tasodifiy miqdorning mumkin bo‘lgan qiymatlari sanoqli bo‘lsa, u holda
.

Yüklə 101,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə