Ta’lim to’g’risida



Yüklə 40,37 Kb.
səhifə4/5
tarix29.11.2023
ölçüsü40,37 Kb.
#139494
1   2   3   4   5
2-mavzu. Milliy tarbiya Konsepsiyasi

birinchi bosqich — oilalarda (ikki davr asosida: birinchi davr — homila davri, ikkinchi davr — bola tug’ilganidan 3 yoshgacha bo’lgan davr);
ikkinchi bosqich — maktabgacha ta’lim 3 — 6 (7) yoshgacha bo’lgan davr;
uchinchi bosqich — umumiy o’rta ta’lim tizimida (ikki davr asosida: birinchi davr — 7 (6) — 10 yosh boshlang’ich sinf, ikkinchi davr — 11 — 17 yosh o’rta va yuqori sinflar);
to’rtinchi bosqich — ishlab chiqarishda faoliyat ko’rsatayotgan va band bo’lmagan yoshlar, shuningdek, o’rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari tizimida (ikki davr asosida: birinchi davr — o’rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim bilan qamrab olinmagan, shuningdek, ishlab chiqarishda faoliyat ko’rsatayotgan va band bo’lmagan yoshlar — 17 — 30 yosh, ikkinchi davr — o’rta maxsus kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalarining o’quvchi-talabalari 15 — 22 (24) yosh).
Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining I — XI sinflari uchun “Odobnoma”, “Vatan tuyg’usi”, “Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari”, “Dinlar tarixi” fanlarini birlashtirgan holda “Tarbiya” fanini joriy qilish bilan bog’liq tashkiliy, moliyaviy, ilmiy-metodik ishlar kompleksini amalga oshirish.
Tarbiya konsepsiyasining tarbiyaviy jarayondagi ahamiyati
Konsepsiyaning VI bobi “Umumiy o’rta ta’lim tizimida ma’naviy tarbiyani amalga oshirish” deb nomlangan bo’lib, umumiy o’rta ta’lim tizimida ma’naviy tarbiya jarayoni o’z ichiga ikki davrni qamrab olishi nazarda tutilgan:
birinchi davr — 7 (6) — 10 yoshli davrda — boshlang’ich sinflarda;
ikkinchi davr — 11 — 17 yoshli davrda — o’rta va yuqori sinflarda.
Ma’naviy tarbiya jarayonini rivojlantirishning birinchi bosqichi 7-10 yoshli bolalarda, ya’ni boshlang’ich sinf o’quvchilaridan boshlanar ekan aynan boshlang’ich sinf o’qituvchilarining zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi. Chunki uyning mustahkamligi uning poydevoriga bog’liq bo’lgani kabi tarbiyaning shakllanganligi ham uning ilk bosqichiga bevosita bog’liqdir.
Shuningdek, konsepsiyada umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o’quv dasturlari o’quvchilarda yoshiga mos: Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi fazilatlarni shakllantirishi qayd etilgan. Bu borada boshlang’ich sinflarda inobatga olinishi lozim bo’lgan jihatlar quyidagilardan iborat:
“Tarbiya” fani orqali o’quvchilarda ma’naviy tarbiya indikatorlari va kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi bilim, ko’nikma va malakalarni ta’lim mazmuniga keng singdirish;
o’quv fanlari doirasidagi ma’naviy tarbiya indikatorlarini amaliyotga joriy etish, ularni amaliyotda qo’llay olish imkonini beruvchi amaliy mashq va topshiriqlar bilan boyitish (ma’naviy-axloqiy kompetensiyalar);
muvaffaqiyatga erishishga intilish motivining shaxs ustuvor xususiyati sifatida mustahkamlanishi;
bolaning o’z xulq va faoliyatini ongli nazorat qilishini kuchaytirish;
o’zining va atrofdagilarning xulqi, xatti-harakatlariga munosabat bildirish, mehnatsevarlikka o’rgatish;
kattalar va tengdoshlari bilan hamkorlik qilishga ijtimoiy motivlarning paydo bo’lishi;
bilimlarning kengayishi, chuqurlashuvi, ma’naviy-axloqiy ko’nikma va malakalarning rivojlanishi;
o’z xalqining va boshqa xalqlarning an’analari, qadriyatlariga qiziqishning namoyon bo’lishi;
ijtimoiylashuv jarayonida talab etiladigan yoshiga mos shaxsiy fazilatlarni shakllantirish;
xavfsiz hayot ko’nikmalarini mustahkamlash;
kasblar to’g’risida tasavvurlarni kengaytirish, kasbga va mehnatga qiziqtirish;
vijdonan mehnat qilish ko’nikmalarini o’rgatish, mehnatning inson va jamiyat hayotidagi ahamiyatini ko’rsatish;
muvaffaqiyatga erishish motivlarini kuchaytirish;
o’zini-o’zi baholashga o’rgatish;
faoliyatda o’zini ko’rsatishga intilishni rag’batlantirish;
tengdoshlari bilan ma’naviy-axloqiy munosabatlar tajribasini boyitish;
milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganish.
Bugungi kunda konsepsiyaga ko’ra umumiy o’rta ta’lim maktablarida har oyda o’quvchilarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda buyuk ma’rifatparvar siymolar merosini targ’ib etishga qaratilgan “O’n ikki oy — o’n ikki alloma” kitobxonlik oyliklarini tashkil etilmoqda. Masalan, sentabr – Abu Nasr Forobiy, oktabr – Ibn Sino hayoti va ijodini o’rganish va boshqalar
Xalqimiz azal-azaldan o’g’il bolalar va qiz bolalarga tarbiya berishda ularning alohida jihatlariga e’tibor qaratib kelishgan. Bu odat Konsepsiyada ham o’z aksini topgan bo’lib, o’g’il bolalarda ona Vatanga muhabbat, milliy g’oyaga sadoqat, mardlik, jasorat, fidoyilik, halollik, rostgo’ylik, hojatbarorlik, vijdonlilik, vazminlik, yigitlik g’ururi, or-nomus, mehr-oqibatlilik kabi fazilatlar, tadbirkorlik va oilaparvarlik malakalarini shakllantirishga qaratilgan treninglar dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, qiz bolalarda ona Vatanga muhabbat, milliy g’oyaga sadoqat, mehnatsevarlik, jonkuyarlik, oilaparvarlik, ibo, hayo, nafosat, did-farosat, qanoat, vafodorlik, mehribonlik, rahmdillik, kamtarlik, ziyraklik, mehmondo’stlik, bolajonlik, murosalilik, orastalik, saranjomlik, xushmuomalalik, pazandalik kabi malakalarni shakllantirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar:

  1. O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risida” Qonuniga ko’ra ta’lim turlarini izohlang.

  2. O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risida” Qonuniga ko’ra ta’lim shakllarining mazmunini yoriting.

  3. Konsepsiya tushunchasi qanday ma’noni angatadi?

  4. Uzluksiz ma’naviy tarbiya necha bosqichda amalga oshiriladi?

  5. Umumiy o’rta ta’lim tizimida ma’naviy tarbiya jarayoni o’z ichiga ikki davrni qamrab olishi nazarda tutilgan. Shu davrlarni izohlang.


Yüklə 40,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə