Ta’lim to’g’risida



Yüklə 40,37 Kb.
səhifə2/5
tarix29.11.2023
ölçüsü40,37 Kb.
#139494
1   2   3   4   5
2-mavzu. Milliy tarbiya Konsepsiyasi

Oʼrta maxsus taʼlim akademik litseylarda 9 yillik tayanch oʼrta taʼlim asosida 2 yil mobaynida amalga oshiriladi
Professional taʼlim boshlangʼich, oʼrta va oʼrta maxsus professional taʼlim darajalariga ajratiladi
Boshlangʼich professional taʼlim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida kunduzgi taʼlim shaklida 2 yillik integratsiyalashgan dastur asosida bepul amalga oshiriladi
Oʼrta professional taʼlim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki toʼlov-shartnoma asosida davomiyligi 2 yilgacha boʼlgan kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllari boʼyicha amalga oshiriladi.
Oʼrta maxsus professional taʼlim texnikumlarda davlat buyurtmasi yoki toʼlov-shartnoma asosida davomiyligi kamida 2 yil boʼlgan kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllari boʼyicha amalga oshiriladi
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda olish mumkin.
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur oʼrganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni taʼminlaydi
Taʼlim olish shakllari:
• ishlab chiqarishdan ajralgan holda taʼlim olish (kunduzgi);
• ishlab chiqarishdan ajralmagan holda taʼlim olish (sirtqi, kechki, masofaviy);
• dual taʼlim;
• oilada taʼlim olish va mustaqil taʼlim olish;
• katta yoshdagilarni oʼqitish va ularga taʼlim berish;
• inklyuziv taʼlim;
• eksternat tartibidagi taʼlim;
• mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash[1].
Qonunga koʼra, davlat oliy taʼlim, oʼrta maxsus, professional taʼlim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, oʼrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan tashkil etiladi.

Yüklə 40,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə