O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti filologiya fakulteti



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə1/8
tarix26.05.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#113240
növüReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi namangan




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI


NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI


O’ZBEK TILI YO’NALISHI
401-GURUH TALABASI
IBROHIMOVA MAMLAKATXONNING
Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanidan tayyorlagan




Topshirdi: M.Ibrohimova
Qabul qildi: X.Mirzaahmedov
Namangan - 2015
Annotatsiya

Ushbu referat mafkuraviy immunitet tushunchasi, mafkuraviy profilaktika – mafkuraviy immunitetni shakllantiruvchi asosiy omil, mafkuraviy immunitet tizimining asosiy unsurlaridan iborat.




MAVZU: MAFKURAVIY IMMUNITET: TUSHUNCHASI, MAZMUN-MOHIYATI, SHAKLLANISH USLUB VA VOSITALARI


Reja:



  1. KIRISH.




  1. ASOSIY QISM:

  1. Mafkuraviy immunitet tushunchasi.

  2. Mafkuraviy profilaktika – mafkuraviy immunitetni shakllantiruvchi asosiy omil.

  3. Mafkuraviy immunitet tizimining asosiy unsurlari.




  1. XULOSA.




  1. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI.



KIRISH
Inson hayotida ham, jamiyat taraqqiyotida ham g’oyalar muhim o’rin tutadi. Shu ma’noda, insoniyat tarixi g’oyalar tarixidir.
Xo’sh, g’oya nima, nega unga bu qadar katta e’tibor va ahamiyat beriladi? Ma’lumki, har qanday millat va xalq, har qanday ijtimoiy tuzum va davlat muayyan bir tamoyillar va qadriyatlar asosida hayot kechiradi hamda o’z manfaatlari, maqsad-muddaolari, orzu-intilishlarini ko’zlab harakat qiladi.
G’oya deb, inson tafakkur ida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo’lgan, ruhiyatga kuchli ta’sir o’tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga keltiradigan, ularni maqsad-muddao sari yetaklaydigan ulug’vor fikrga aytiladi. Binobarin, ular hayotdagi ma’lum bir mafkuraga tayanadi.
Har qanday nazariya yoki ta’limot bir tizimga solingan g’oyalar majmuidan iborat bo’ladi. Dunyoqarashning negizini va muayyan ishonch-e’tiqodning asosini ham g’oya tashkil etadi. Odamlar, ijtimoiy sinf va qatlamlarning, millat va davlatlarning manfaatlari va maqsadlari ham g’oyalarda ifoda etiladi.
O’z oldiga qo’ygan maqsadi, qanday jamiyat qurmoqchi ekani, bunga qanday yo’llar va vositalar bilan erishmoqchi bo’layotgani xaqidagi g’oyalar tizimi har bir millat, xalq va jamiyatning milliy mafkurasining asosini tashkil etadi.
Mafkura – muayyan ijtimoiy guruh va qatlamning, millat yoki davlatning ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma’naviy tamoyillarini ifoda etadigan g’oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir.
G’oyaning inson hayotidagi o’rni va ahamiyati juda muhim falsafiy masaladir. Inson o’zi g’oyalarni yaratadi, ulardan kuch-quvvat oladi.o’zi yaratgan g’oyalar insonning ongi va shuurini, tafakkuri va e’tiqodini egallab, uning sohibiga aylanadi.
Yuksak g’oyalar odamlarni olijanob maqsadlar sari yetaklaydi. G’oyasi yetuk, e’tiqodi butun, qadriyatlari yuksak insongina mardlik namunalarini ko’rsata oladi.
Har bir xalqning tarixi shu xalqdan yetishib chiqqan buyuk siymolar, mard qahramonlar va fidoyi insonlar tarixi asosida bitiladi. Xalqimizning Shiroq va To’maris, Spitamen va Muqanna, Temur Malik va Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur va Bobur Mirzo kabi mard farzandlari – buyuk g’oya sohiblaridir.
Ming yillar o’tsa ham, buyuk ajdodlarimizning matonati va qahramonligi xalqning xotirasidan o’chmaydi. CHunki ular yuksak g’oyalar – Vatan ozodligi, el-yurt baxt-saodati, ilm-u urfon rivoji yo’lida jon fido qilganlar. Axmad Yassaviy 60 yildan ziyod umrini yer ostida o’tkazganida ham, Najmiddin Kubro mo’g’ul bosqinchilariga qarshi jang qilganda ham ulug’vor g’oyalar ularga sabr-bardosh va matonat ato etgan. Jordano Bruno jismu jonini egallagan buyuk g’oya tufayli gulxan alangasida ham o’z e’tiqodidan qaytmagan, Nasimiy, tovonidan so’ysalar ham, ishqi ilohiy deb jon bergan.
Jahon tarixidan, jumladan xalqimizning o’tmishidan ham, qaysi sohada bo’lmasin, mardlik va jasorat ko’rsatish uchun insonga albatta ulug’vor g’oya kerak ekaniga ko’plab misollar topiladi.
Muayyan bir g’oya dastlab biron-bir shaxsning ongida paydo bo’ladi. Ayni paytda u yuksak ijtimoiy mazmunga ega bo’lgani, jamiyatning taraqqiyot yo’lidagi ezgu intilishlarini aks ettirgani bois umuminsoniy haqiqatga aylanadi.
Jahon tajribasiga nazar tashlasak, butun dunyo taraqqiyotiga ulkan ta’sir ko’rsatgan nazariy ta’limot va mafkuralarni yaratish uchun insoniyat tarixining turli davrlarida ulkan aql-zakovat, iste’dod va teran tafakkur sohiblari mislsiz zaxmat chekkanini ko’ramiz. Suqrot va Platon, Konfutsiy va Zardo’sht, Alisher Navoiy va Maxatma Gandi kabi buyuk mutafakkirlar faoliyati buning yaqqol tasdig’idir.
Ularning har biri o’z davrida o’zi mansub xalqni birlashtiradigan ulkan ahamiyatga molik g’oyalarni yaratganlar. Bu g’oyalarga tayanib bunyodkorlik yo’lida, ezgu maqsadlarga erishish uchun hormay-tolmay mehnat qilganlar. Bu borada insoniyatga «o’zini anglamoq buyuk saodat» ekanligini anglatgan Suqrot ham, «xalqni yakqalam qildim», deya qoniqish hissini tuygan Navoiy ham, Hindiston va Pokiston ozodligi yo’liga umrini baxshida aylagan Maxatma Gandi ham bugungi avlodlar uchun ibrat namunasi bo’lgan ulug’ insonlardir.
Tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyoda iqqi kuch – bunyodkorlik va buzgunchilik g’oyalari hamisha o’zaro kurashadi. Bunyodkor g’oya insonni ulug’laydi, uning ruhiga kanot baxishlaydi. Sohibqiron Amir Temurning parokanda yurtni birlashtirish, markazlashgan davlat barpo etish, mamlakatni obod qilish borasidagi ibratli faoliyatiga ana shunday ezgu g’oyalar asos bo’lgan.
Buzg’unchi g’oya va mafkuralar esa xalqlar boshiga so’ngsiz kulfatlar keltiradi. Bunga olis va yakin tarixdan ko’plab misollar keltirish mumkin. O’rta asrlardagi salib yurishlari, diniy fanatizm va ateizm, fashizm va bolьshevizmga asos bo’lgan g’ayriinsoniy g’oyalar shular jumlasidandir.
Toki dunyoda taraqqiyotga intilish, bunyodkorlik hissi bor ekan, jamiyatda ilg’or g’oyalar tug’ilaveradi. Buzg’unchi g’oyalarning vujudga kelishiga esa vayronkor intilishlar sabab bo’ladi. SHunday ekan, ularga qarshi kurashga tayyor turish, ya’ni doimo hushyor va ogoh bo’lib yashamoq hayotning asosiy zarurati bo’lib qolaveradi.
Milliy g’oya va mafkura o’zida gumanizm talablarini, xalqning iroda va intilishlarini aks ettirgan taqdirda jamiyatni birlashtirib, uning salohiyat va imkoniyatlarni to’la yuzaga chiqarishda beqiyos omil bo’ladi.
Masalan, XX asrda dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan yaponcha taraqqiyot modelini olaylik. Yapon milliy mafkurasi «milliy davlatchilik tizimi» (kokutay), «fuqarolik burchi», «yapon ruhi», «tadbirkorlik», «umummilliylik», «fidoyilik», «vatanparvarlik», «paternalizm», «jamoaga sadoqat», «modernizatsiya» kabi g’oya va tushunchalar ushbu mamlakatning bugungi kunda erishgan yuksak natijalarga poydevor bo’ldi.
G’oyaviy zaiflik va mafkuraviy beqarorlik esa millatning birdamligi, davlatning qudratiga putur yetkazadi, uning taraqqiyotini orqaga surib yuboradi. Masalan, Chingizxon bosqini, chor istilosi davrlarida ayrim hukmdorlarning xalqni birlashtirib kurashga safarbar etmagani o’lkamizning qaramlik changaliga tushib kolishiga sabab bo’lgan.
Insoniyat tarixi xilma-xil g’oya va mafkuralarning vujudga kelishi, amaliyoti, bir-biri bilan munosabatidan iborat uzluksiz jarayondir. Bu jarayonda turli g’oyalar u yoki bu kuchlarga xizmat qilishi, o’ziga ishongan kishilarni qanday maqsadlar tomon yetaklashiga qarab bir-biridan farqlanadi. Ezgu maqsadlarga xizmat qiladigan mafkuralarga bunyodkor g’oyalar asos bo’lsa, vayronkor g’oyalarga tayangan mafkuralar xalqlar va davlatlarni tanazzulga yetaklaydi, odamlar uchun son-sanoqsiz kulfatlar keltiradi.1 Bu esa, o’z navbatida, g’oyaviy jarayonlar tarixini o’rganish, ular zamiridagi mazmun-mohiyatni bilib olishni zaruriyatga aylantiradi.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə