Ta’lim to’g’risida


Konsepsiya tushunchasining mohiyati



Yüklə 40,37 Kb.
səhifə3/5
tarix29.11.2023
ölçüsü40,37 Kb.
#139494
1   2   3   4   5
2-mavzu. Milliy tarbiya Konsepsiyasi

Konsepsiya tushunchasining mohiyati
Barchamizga ma’lumki, ma’naviy-axloqiy rivojlanish shaxsning butun hayoti davomida yuz beradi. Ma’naviyat shunday jarayonki, unda dastlab vujudga kelgan shakllar keyingi bosqichlarda boyitib va to’ldirib boriladi.
Ma’naviy-axloqiy rivojlanish shaxs rivojining bolalik va o’smirlik davrlarida, ayniqsa, faol yuz beradi. Bunday hol shaxsning o’z hayotidagi muayyan davrda yuksak darajadagi ma’naviy, axloqiy, estetik va bilish ehtiyojlari bilan bog’langan bo’ladi. O’smirlik davrida shaxs o’zining ma’naviy-ahloqiy rivojlanishida hal qiluvchi qadamlarni qo’yadi. Bunga mazkur jarayonning rivojlanishi uchun zarur bo’lgan shartsharoitlarning muvofiqligi katta ta’sir o’tkazadi.
Konsepsiya (lot. conceptio - majmua, tizim) - 1) biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, fakt va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtai nazar; 2) adabiyotda - biror asarning asosiy gʻoyasi. K. badiiy asar mohiyatini, ijodkorning “meni”ni ifoda etadi. 
Bugungi kunda ta’lim tizimida Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi va boshqalar asosida ish olib borilmoqda.
Milliy tarbiya konsepsiyasi
Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg’usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori qabul qilindi[2].
Unga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi va “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutgan holda, Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. Shuningdek, ushbu konsepsiya loyihasida quyidagilarni nazarda tutish belgilandi:
ma’naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlari;
bola tarbiyasida milliy tarbiya metodlari va zamonaviy pedagogikaning ilg’or yutuqlaridan samarali foydalanish shakllari;
ma’naviy tarbiyani shakllantirishda oila, ta’lim muassasalari, mahalla, ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy tuzilmalar o’rtasida samarali hamkorlikni o’rnatish mexanizmlari;
tarbiyalanuvchilar bilan birga tarbiyachilarning ham bilimi va malakasini muntazam oshirib borishni nazarda tutuvchi uzluksiz ma’naviy tarbiya tizimi;
ma’naviy tarbiyani shakllantirishning homiladorlik davridan boshlanishi va tarbiyaning har bir bosqichdagi o’ziga xos xususiyatlari;
ma’naviy tarbiyaning tadrijiy rivojlanish va uzluksizlik tamoyillariga asoslanishi.
2019-yil 31-dekabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qaroriga ilova sifatida qabul qilingan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi” qabul qilindi[3].
Konsepsiya 8 bob 70 banddan iborat. Uning asosiy maqsadi yosh avlodda mustaqil va baxtli hayot uchun zarur ijtimoiy malaka hamda fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirishdan iboratligi belgilangan.
Konsepsiyaga ko’ra uzluksiz ma’naviy tarbiya quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

Yüklə 40,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə