Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/32
tarix29.09.2017
ölçüsü0,77 Mb.
#2321
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32

 

56 

xodim  jonidan  to’yib,  bir  kun  ishdan  bo’shab  ketishi  mumkin,  ammo  dunyo  har  narsaga 

ko’naveradi. 

Bugungi  subatni  qo’rquvlardan  boshlab,  shubhalar  bilan  yakunlaganim  bejiz 

emas.  Har  qanday  shubha  –  qo’rquvning  bolasi.  Hayotimizni  chigallashtiradigan 

shubhalar  ijtimoiy  qo’rquvlarimizdan  kelib  chiqadi.  O’z  qo’rquvlaringizni  bartaraf 

etishdek  ezgu  amalni  esa  men  siz  aziz  sirdoshim  ixtiyoriga  qoldiraman.  Axir,  siz  endi 

shunday  qila  olishingizga  ishonmaysiz  – siz buni bilasiz




 

57 

JUMA 

Rishtalar 

Tobelik munosabatlari 

Ik k i  va  undan  ortiq  sodda  gaplarning biri 

boshqasiga  ma’no  va  grammatik   jihatdan    tobe 

bo’lib  kelishidan  hosil  bo’lgan    gap  tobe  gapli 

qo’shma gap deyiladi. 

(Ona tili  darsligidan) 

 

Inson  –  ijtimoiy  mavjudot.  Jamiyat  a’zosi  bo’lish  –  uning  tabiatiga  xos.  Biz 



o’zimiz  ko’nikkan  guruh,  muhit  yoki  jamoadan  tashqarida  doim  ko’nglimizda  xavotir 

bilan  yashaymiz.  Tabiatimizning  aynan  shu  jihati  tufayli  bizda  mehr  tuyg’usi  bor. 

Ijtimoiy  mavjudot  har  doim  muloqotga  intiladi.  Muloqot  ehtiyoji  –  odamning  eng 

katta  muhtojliklaridan  biri.  Jamiyat  taraqqiy  etib,  rang-baranglashib  borgani  sari, 

odamlarning  atrof  dunyo  va  boshqa  odamlar  bilan  muloqot  qilish  usullari  – 

munosabatlarimiz  murakkablashib  borgan.  Zamonaviy  odam  kundalik  hayotida  minglab 

turdagi  munosabatlar  chig’irig’idan  o’tib  yashaydi:  oila,  do’st-yorlar,  qarindosh-urug’, 

hamkasblar,  mahalla-ko’y  va hokazo. 

Agar  munosabatlar  insonning  muloqot  ehtiyojiga  xizmat  qilishini  hisobga  olsak, 

ular  atrofida  shuncha  ko’p  muammolar  kelib  chiqishi  ajablanarli  hol  emas. 

Ko’nglimizni  xotirjamlikdan  mahrum  qiladigan  va  aqlimizni  to’liq  egallab  oladigan 

dard-tashvishlarning  hammasi  bo’lmasa  ham,  aksari  munosabatlardagi  noxushliklar 

sababli  kelib  chiqadi.  Bu  javobsiz  sevgi  qiynoqlari-yu,  o’z  yaqinidan  yengil  arazlash 

bo’lishi  mumkin. 

Ammo  nega  odamlar  o’zaro  munosabatlarda  buncha  ko’p  qiyinchiliklarga  duch 

kelishadi?  Turli  odam  bu  savolga  turlicha  javob  beradi:  “Chunki  har  xil  odam  har  xil 

fikrlaydi”, 

“Chunki  odamlar  bir-birlarini  tushuna  olmaydilar  yoki  tushunishni 

istamaydilar”,  “Chunki  hammaning  ko’nglini  tengdaniga  olib  bo’lmaydi”,  “Chunki  biz 

mukammal  emasmiz”,  “Chunki…”,  “Chunki…” 

Bu  savolga  ba’zi  odamlardan  olgan  javoblarim  orasida  meni  tamoman  hayron 

qoldirganlari  ham  bo’lgan.  Ammo  chuqurroq  o’ylab  ko’rilsa,  ular  hammasi  bir  xil  narsa 

haqida  gapiradi  – faqat,  buni  bir oz og’ishlar  bilan  qiladi  xolos. 

Hamma  bir  xil  emasligi  rost  –  har  bir  odam  o’ziga  xos  alohida  bir  olam.  Ammo 

har  kim  bir  xil  fikrlamaydi  degan  gap  bir  oz  xato  –  biz  aynan  bir  xil  fikr  yuritganimiz 

uchun  ham  o’zaro  munosabatlarimiz  qovushmaydi.  Hammaning  aqli  bir  xil  ishlaydi  – 

aqlning  yagona  va  hamma  uchun  universal  bir  qoidasi  bor.  Bu  –  manfaat.  Ya’ni 

manfaatsiz  ish  bo’lmaydi.  Siz  hatto  eng  manfaatsiz  qilgan  ishingiz  ortida  ham  aql  sizga, 

bildirmay  bo’lsa-da,  kichik  bir  maqsadni  yashirin  tutadi.  Biz  hatto  hayriya  ishlarini  ham 

“shunday  qilish  kerakligi”  yoki  “shunday  qilsak,  qilgan  savob  ishimizdan  o’zimizga 

bo’lgan  boshqalar  yoki  o’zimizning  hurmatimiz  oshishi”  uchun  qilamiz.  U  yoki  bu 

xatti-harakatga  bizni  ko’ngil  istagi  emas  –  g’urur,  manfaat,  achinish  yoki  aybdorlik 

hissi,  burchiyat  undaydi. 



 

58 

Odamlar  bir-birlarini  yaxshi  tushuna  olmasliklariga  ham  yaqqol  sabab  –  o’zaro 

munosabatlarda  aqlning  ustivorligi.  Ikki  qalb  bir-birini  so’zsiz  ham  tushunaveradi  – 

ammo  aql  bu  iqtidordan  mahrum.  Mutlaqo  boshqa-boshqa  muhitda  yashaydigan,  turli 

tilda  so’zlaydigan  ikki  odam  bir-birini  juda  yaxshi  tushunishi  mumkin  –  chunki  ular 

qalban  munosabatga  kirishadilar.  Bir  muhitda  yashovchi,  bir-birini  juda  yaxshi  biluvchi 

ikki  odam esa sira  chiqisholmasligi  mumkin. 

Munosabatlardagi  ziddiyatlar  sababini  anglash  uchun  biz  avval  yangi  tushuncha 

bilan  tanishib  olishimiz  lozim.  To’g’rirog’i,  shartsiz  va  shartli  munosabatlar  o’rtasidagi 

farqni  ko’ra bilishimiz  kerak. 

Shartsiz  munosabat  o’z  nomi  bilan  shartsiz  –  ular  o’zaro  kelishuvlar,  manfaatlar 

va  shartlar  asosida  qurilmaydi.  Ular  munosabatga  kirayotgan  tomonlarga  hech  bir  burch 

yoki  mas’uliyat  yukini  yuklamaydi  –  ularda  bir  tomonning  boshqasiga  hech  bir  jihatdan 

tobeligi 

kuzatilmaydi. 

Bunday 


munosabatlar 

nuqsonlardan 

holi, 

keskinliklarga 



bormaydigan  sog’lom  aloqadir. 

Shartli  (yoki  tobelik)  munosabatlar  –  yuqoridagining  ziddi.  Bunda  bir  tomon 

boshqasining  yoki  ikkala  tomon  bir-birining  shartlari,  talablari  va  qoidalarini  inobatga 

olsagina  munosabatlar  o’rnatiladi  va  tutib  turiladi.  Juda  ko’p  hollarda  bunday 

munosabatlarda  bir  tomon  boshqasiga  tobe  bo’ladi.  Tobelik  munosabatlari  ma’naviy 

asosga  ega  bo’lmaydi  –  ular  faqat  moddiy  manfaat  uchungina  xizmat  qiladi.  Shuning 

uchun  ham  ular  odatda juda  zaif,  qisqa  muddatli  va ishonchsiz  bo’ladi. 

Ham  shartsiz,  ham  tobelik  munosabatlari  hayotimizda  kerak,  albatta.  Ammo 

bizning  eng  katta  xatomiz  –  shartsiz  munosabatlarni  ham  tobelik  munosabatlariga 

aylantirishga  intilishimizda.  Sababi,  tobelik  munosabatlarini  idrokan  boshqarish,  o’z 

izmimizga  solish  juda  oson.  Aynan  shu  tabiiydan  sun’iyga  aylantirilgan  rishtalar  bizga 

muammolar  tug’diradi  va  ko’nglimizni  buzadi. 

Tobelik  munosabatini  shartsiz  munosabatdan  farqlash  juda  oson. 

“Men  seni  sevaman”  – shartsiz  munosabat. 

“Men  seni  sevaman,  chunki  sen  ham  meni  sevasan”,  “Men  seni  faqatgina  meni 

sevsanggina  sevaman”,  “Men  seni  sevaman  va  seni  hech  kimga  bermayman”,  “Men 

seni  sevganim  uchun  rashk  qilaman”  va hokazolar  – tobelik  munosabatlari. 

Tobelik  munosabatlarida  ilojsiz  shartlar,  cheklanishlar,  talablar,  qoidalar  va 

o’lchovlar  bo’ladi.  Bu  cheklovlar  munosabatlarni  qiyinlashitiradi  va  ularni  bulg’aydi. 

Agar  kishi  aslida  shartsiz  bo’lishi  nazarda  tutilgan  rishtalariga  shartlar  yuklasa  –  bundan 

o’zi  ham,  u bilan  munosabatga  kirishgan  odam ham  jabr ko’radi. 

Aslida  shartsiz  bo’lishi  nazarda  tutilgan  munosabatlar  deb  nimani  aytayotganimni 

anglab 

turibsiz, 



menimcha. 

Bu, 


albatta, 

eng 


yaqin 

odamlar 


bilan 

aloqalar. 

Munosabatlarda  hech  bir  qiyinchilikka  duch  kelmaslikning  siri  oddiygina:  oila  a’zolari, 

sevgan  kishisi,  do’st-yorlar  va  kishi  ma’naviy  bog’liq  bo’lgan  boshqa  odamlar 

bilan  munosabatlar  – shartsiz  bo’lishi  kerak

 

Oila davrasida 

Munosabatlar  girdobining  o’zagi  –  bu,  albatta,  oila.  Oila  nafaqat  bizning  birlamchi 

yashash  muhitimiz,  balki  bizga,  umuman,  dunyo  va  boshqa  odamlar  bilan  qanday 




Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə