Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/32
tarix29.09.2017
ölçüsü0,77 Mb.
#2321
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32

 

23 

Bilasizmi,  dunyoda  har  kim  kimdir  bo’lishga  harakat  qilib  yashaydi:  ota-

ona,  opa-singil,  og’a-ini,  o’g’il-qiz,  do’st-birodar,  tanish-bilish,  qon-qarindosh, 

quda-anda,  mahbub,  erkatoy,  yetakchi,  ergashuvchi  –  qo’yingki,  kimdir.  Har 

birimiz  hayot  degan  spektaklda  qandaydir  rolga  ega  bo’lishga  intilamiz.  To’g’ri-

da – hayotda  hech  kim  bo’lishdan  yomon  narsa  yo’q. 

Barchamiz  bu  dunyoga  kelishimiz  bilan  hayot  bizga  qandaydir  rol  beradi. 

Tug’ilgandan  keyingina  biz  kimdir  bo’lamiz.  Xo’sh,  tug’ilishdan  avval  kim 

edik?  O’limimizdan  keyin  kim  bo’lamiz? 

Savol  qiyinmi?  Bema’nimi?  Ixlossizmi?  Ammo  uning  javobi  juda  oddiy  – 



hech  kim.  Odamzod  xuddi  sahnaga  chiqqan  aktyordek  bu  hayotga  keladida,  rol 

o’ynay  boshlaydi.  Ammo  u  bu  rolga  borlig’i  bilan  berilib,  uni  haqiqat  deb  qabul 

qilib  o’ynaydi.  U  o’z  roliga  shu  qadar  berilib  ketadiki,  har  doim  shu  rol  uniki 

bo’lgandek  his  qiladi  o’zini.  U  hozir  Afandimi,  tug’ulishdan  oldin  ham  Afandi 

edi,  o’limidan  keyin  ham  Afandi  bo’lib  qoladi  go’yo.  Boshqacha  qilib  aytganda, 

u  shunchaki  bir  aktyor  ekanligini,  bu  hayotdagi  rol  unga  vaqtincha  berilganini, 

muddati  yetganda  u  shu  rolini  topshirib,  sahna  ortiga  qaytishi  kerakligini  unutib 

qo’yadi. 

Endi  ta’kidimni  qaytaraman  –  men  hech  kim  emasman.  Siz,  balki, 

kimdirsiz  –  sizga  berilgan  rol  sizda  abadiy  qolishiga  ishonarsiz.  Ammo  mening 

bunga  haddim  sig’maydi  –  men  “hech  kim”  degan  aktyorman,  faqat  hozircha  rol 

o’ynayapman,  xolos.  Agar  shu  rolim  ssenariysiga  atrofimdagilarga  yordam 

berish  ham  kiritilgan  bo’lsa  – men  shuni  qilaman. 

Har  kim  tanlash  erkinligiga  ega.  Agar  sizga  men  aytayotgan  narsalar 

ma’qul  kelmasa,  siz  bunga  mutlaqo  e’tibor  bermasligingiz  mumkin.  Men 

aytayotgan  narsalarim  haqiqat  deb  da’vo  qilmayman  –  ularni  asoslab  berish, 

isbotlash  yoki  o’z  fikrlarimni  sizning  tanqidingizdan  himoya  qilish  niyatim  yo’q. 

Bu  bilan  hech  narsa  o’zgarmaydi. 

Ha,  yana  bir  gap  –  huquq  borasida.  Sizga  bir  sirni  ochay  –  buni  safsata  deb 

qabul  qilasizmi  yoki  jiddiy  o’ylab  ko’rasizmi  –  o’zingizga  havola.  Dunyoda 

hech  kim  ekaningizni  esda  tutib  tursangiz,  siz  har  kim  bo’lishingiz  mumkin.  Bu 

dunyoning  mehmoni  ekaningizni  unutmaganingiz  uchun  mukofot  tarzida  sizga 

shunday  erkinlik  beriladi.  Menga  odamlarga  bilgan  narsalarini  aytib,  ular  bilan 

hayot  go’zalligidan  bahramandlik  hissini  baham  ko’ruvchi  darvesh  bo’lish 

huquqini hech kimligim bergan. 

Siz  kutgan  yoki  sizni  qanoatlantiradigan  javobni  bermagan  bo’lsam,  nailoj 

– bundan  ortig’iga  qodir  emasman.  Axir,  men  hech  kimman…” 

Bizga  berilayotgan  bilim  kimdan,  qayerdan  yoki  qanday  qilib  kelayotganiga 

qiziqish  –  shaxsiy  muhimlik  tuyg’usiga  asoslangan.  Qay  birimiz,  aytaylik,  yosh 

bolaning  gaplarini  jiddiy  qabul  qilamiz?  Hatto  uning  gaplari  to’g’ri  ekanini  tasdiqlovchi 

vaziyatlarga  duch  kelsak  ham  –  biz  “mushtdek  bola”  hayotni  bizdan  ko’ra  to’g’riroq 

baholay  olganini  tan  olishimiz  qiyin. 

Bu  holat  ota-ona  va  farzandlar  o’rtasida  turli  ziddiyatlar  kelib  chiqishiga  sabab 

bo’ladi.  Ota-ona  o’z  hayotiy  tajribasi  va  hayotga  moslashib  ulgurgan  tushunchalariga 




 

24 

asoslanib  farzandiga  yo’l-yo’riq  ko’rsatadi.  Farzand  esa  shakllanib  borayotgan 

shaxsiyati  qarorlariga  o’zgalar  xohishi  aralashishiga  qarshilik  qilishga  moyil. 

O’smirlik  davri  odamdagi  shaxsiy  muhimlik  tuyg’usi  eng  gullab-yashnagan 

muddat.  Ko’p  ustozlar  aytganidek,  bu  yoshda  bolaga  bitta  gap  kam  –  ikkitasi  ortiqcha 

bo’ladi.  Bu  yoshda  odam  uni  o’rab  turgan  dunyoda  uning  qanday  bo’lmasin  o’rni  bor 

ekanini  bilish  ehtiyoji  bilan  yashaydi.  O’smirda  kattalar  hayotiga  kirib  borish,  u  yerda 

o’zgalardan  kam bo’lmaslikka  harakati  kuchayadi. 

Ammo  ba’zida  ulg’ayib  ulgurgan  odamlarda  ham  shaxsiy  muhimlik  tuyg’usi 

kuchli  bo’lishi  mumkin.  Bunga,  odatda, quyidagidek  holatlar  sabab bo’ladi. 

Birinchisi  –  odam  hayotida  erishgan  yutuqlar.  Agar  kimdir  shu  paytgacha  ko’plab 

cho’qqilarni  zabt  etgan  bo’lsa,  u  o’zini  muhim  shaxs  deb  hisoblashi  mumkin.  Unda 

erishgan  yutuqlari  uning  bekam  shaxsiyati  mevasi  ekani  haqida  asossiz  ishonch  hosil 

bo’ladi.  Eng  kulgili  holat  –  kishi  o’zi  amalga  oshirgan  ishlarni  yutuq  deb  xato 

hisoblashidir.  Bunda  kishi  o’zi  va  atrofdagilarga  kam  foyda  keltirgan  ishlarni  yutuq 

sanab,  ularga  (va  natijada,  ularning  bajaruvchisi  –  o’ziga)  ortiqcha  baho  berib  yuboradi. 

Biz  erishgan  har  qanday  yutuq  borki  –  unda  o’zgalarning  ham  hissasi  borligini 

unutmaslik  zarur.  Kamida,  sizni  o’z  maqsadlari  yo’lida  tirishqoq  va  topqir  qilib 

tarbiyalab  qo’ygan  ota-onangiz  mehnatlarini  eslang.  Shunda  shaxsiy  muhimlik 

tuyg’uyingiz  biroz  bosiladi. 

Ikkinchi 

sabab 


–  ortiqcha  mas’uliyat.  Agar  atrofdagilar  sizga  ko’plab 

mas’uliyatlar  yuklasa  –  siz  o’zingizni  juda  kerakli  odam  deb  o’ylab  qolishingiz 

mumkin.  Ikki  turmush  o’rtoqdan  ayol  oiladagi  hamma  qarorlarni  qabul  qilishni 

to’lig’icha  eriga  topshirsa,  bundan  erkak  o’zini  o’ta  muhim  hisoblab  yuborishi  mumkin. 

U  aralashmasa,  hech  bir  ish  bitmaydigan,  u  aytmasa  –  hech  kim  hech  narsa 

qilmaydigandek  tuyulaveradi.  Ko’p  narsa  va  ko’pchilik  uchun  javobgarlik  hissi  o’ta 

kuchli  rivojlangan  odam  –  haqiqiy  g’alvaning  uyasi.  U  ko’pchilik  nomidan  qaror  qabul 

qilishni  va bu qarorini  hammaga  majburan  o’tkazishni  o’ziga  odat qilib  oladi. 

Siz  –  o’z  xatti-harakatlaringiz  va  o’y-fikrlaringizdan  boshqa  hech  narsaga 

javobgar  emassiz.  Agar  o’zingizni  kimnidir  baxtli  qilishga  javobgar  deb  bilsangiz  –  buni 

unuting.  Tangri  bir  bandasi  baxtini  boshqasining  qo’liga  berib  qo’ymaydi.  Siz 

farzandlaringiz  tarbiyasi  uchun  mas’ulsiz  –  ammo  siz  ularning  o’rniga  qaror  qabul 

qilishga  mas’ul  emassiz.  Shaxsiy  muhimlik  tuyg’usi  siz  va  yaqinlaringiz  hayotini 

zaharlashiga  yo’l  qo’ymang. 

Shaxsiy  muhimlik  tuyg’usini  tarbiyalab  beruvchi  yana  bir  omil  –  ortiqcha  e’tibor. 

Bu  odatdagi  erkatoy  bola  hikoyasi.  Agar  odam  atrofdagilardan  juda  ko’p  e’tibor, 

maqtov,  tasdiq  olsa  –  u  o’zini  “yakka-yu  yagona”  hisoblab  qolishi  tayin.  Bu  holat  juda 

xavfli,  chunki  u inson  hayotini  qiyinlashtiradi. 

Misol  uchun,  bir  qizni  yoshligidan  hamma  yigitlar  tengsiz  e’tibor  va  mehr  bilan 

siylab  kelishgan.  “Malika”  e’tiboridan  qolishdan  qo’rqib,  uning  oshiqlaridan  hech  kim 

qizning  kamchiliklari  haqida  gapirmaydi.  Natijada,  qiz  ongida  u  kamchiliklardan  holi 

shaxs  ekani  haqida  fikr  mahkam  o’rnashib  qoladi.  Bu  holat  qizning  umr  yo’ldosh 

tanlashini  o’ta  qiyinlashtirib  beradi  –  axir,  u  endi  o’ziga  o’xshash  “bekam”  shaxsiyatni 

axtaraveradi.  U uchratgan  yigitlar  esa uning  “daraja”siga  mos  kelmaydi.   




Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə