Siyosiy partiyalar to‘G‘risida 1-modda. Siyosiy partiya tushunchasi


partiya rahbar organining vakolatli a’zolari ro‘yxatga olish rad etilganligi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/14
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#152534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
337-I 26.12.1996


partiya rahbar organining vakolatli a’zolari ro‘yxatga olish rad etilganligi 
to‘g‘risida xabarnoma olingan kundan e’tiboran bir oy ichida hujjatlarni 
O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasiga
va qonunchiligiga butunlay 
muvofiq holga keltirgan taqdirdagina partiyani ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi 
ariza bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga takror murojaat 
etishga haqlidirlar.
(9-moddaning 
birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston 
Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-
son) 
Siyosiy partiyani ro‘yxatga olishni rad etish ustidan O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudiga belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 
10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat 
tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom”ning 
25 – 28-bandlari

10-modda. Siyosiy partiyaning faoliyatini to‘xtatib turish
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasini

ushbu Qonunni, boshqa qonunchilik hujjatlarini yoki o‘z ustavini buzgan 
taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunchilikning yoki 
ustavning qaysi normalari buzilganligini ko‘rsatgan holda bu xususda 
partiya rahbar organlariga yozma tarzda xabar qiladi va bunday buzishlarni 
bartaraf etish uchun muddat belgilaydi. Agar buzishlar belgilangan muddat 
davomida bartaraf etilmasa, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi siyosiy partiyaning faoliyatini olti 
oygacha muddatga to‘xtatib turishi mumkin.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 
21-apreldagi 
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik 
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Siyosiy partiyaning faoliyati to‘xtatib turilgan taqdirda, shu muddat 
davomida partiyaning har qanday ommaviy axborot vositalaridan 
foydalanishi, targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borishi, saylovlarda 
ishtirok etishi man qilinadi.



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə