Siyosiy partiyalar to‘G‘risida 1-modda. Siyosiy partiya tushunchasi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/14
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#152534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
337-I 26.12.1996


partiyalar 
apparati 
xodimlariga 
nisbatan 
mehnat 
to‘g‘risidagi, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta haqidagi qonunchilik 
tatbiq etiladi.
(5-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-
yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik 
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
6-modda. Siyosiy partiyani tuzish
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Siyosiy partiyani tuzish uchun kamida sakkizta hududiy subyektda 
(viloyatda), shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent 
shahrida yashayotgan hamda partiyaga birlashish istagida bo‘lgan kamida 
yigirma ming fuqaroning imzosi bo‘lishi talab etiladi.
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 
12-dekabrdagi 568-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 
2004-y., 1-2-son, 18-modda) 
Siyosiy partiya tuzish tashabbuskorlari kamida ellik kishidan iborat 
bo‘lishi, ular partiya ta’sis hujjatlarini tayyorlash, a’zolar tarkibini 
shakllantirish hamda ta’sis syezdi yoki konferensiyasini chaqirish bo‘yicha 
tashkiliy qo‘mitani tuzishlari lozim.
Tashkiliy qo‘mita o‘zi tuzilgan kundan boshlab yetti kunlik 
muddatdan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga o‘z 
tashabbusi, qo‘mitaning tarkibi, rahbari (yetakchisi), joylashgan manzili 
hamda ta’sis syezdi yoki konferensiyasi chaqiriladigan sanani yozma 
ravishda xabar qilishi lozim.
Tashkiliy qo‘mita tuzilgan kundan boshlab uzog‘i bilan uch oy 
faoliyat ko‘rsatish huquqiga egadir.
Siyosiy partiya ta’sis syezdida yoki konferensiyasida tuziladi.
Ta’sis syezdi yoki konferensiyasi partiya ustavi va dasturini qabul 
qiladi, uning saylab qo‘yiladigan organlarini tuzadi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə