Siyosiy partiyalar to‘G‘risida 1-modda. Siyosiy partiya tushunchasi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/14
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#152534
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
337-I 26.12.1996

13
1
-modda. 
Parlamentdagi ko‘pchilik va parlamentdagi 
muxolifat. Siyosiy partiyalar fraksiyalarining blokka birlashishi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida 
ko‘pchilik o‘rinni egallagan siyosiy partiya fraksiyasi parlamentdagi 
ko‘pchilikni tashkil etadi.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘z dasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan 
kelib chiqqan holda blok tuzadigan bir nechta siyosiy partiyalar fraksiyalari 
parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etishi mumkin. 
Yangitdan shakllantirilgan hukumatning tutgan yo‘li va dasturiga 
yoki uning ayrim yo‘nalishlariga qo‘shilmaydigan siyosiy partiyalar 
fraksiyalari o‘zlarini muxolifat deb e’lon qilishi mumkin. 
(13
1
-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston 
Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 
03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) 
Siyosiy partiyalar fraksiyalarining blokka birlashishi qonunda 
nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirishda ularning mustaqilligini 
cheklab qo‘ymaydi.
O‘zini parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilgan siyosiy partiya 
fraksiyasi qonunda fraksiyalar uchun nazarda tutilgan vakolatlar bilan bir 
qatorda quyidagi huquqlarga ega:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi mas’ul 
qo‘mitasining tegishli masala bo‘yicha ma’ruzasi bilan bir vaqtda qonun 
loyihasining muqobil tahririni kiritish;
muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan o‘zining alohida fikrini 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining yalpi 
majlisi bayonnomasiga kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad 
etilgan qonun bo‘yicha kelishuv komissiyasida o‘z vakillarining kafolatli 
ishtirok etishi.
Parlamentdagi muxolifatning qonun bilan kafolatlangan huquqlari 
parlamentdagi ko‘pchilik tomonidan kamsitilishi mumkin emas.
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi 434-
II-son “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 
to‘g‘risida”gi Qonunining 
25
1
-moddasi



(13
1
-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-apreldagi 
O‘RQ-90-sonli 
Qonuni
 bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2007-y., 15-son, 153-
modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə