1. Xalqaro ayirboshlashning nazariy asoslari. Xalqaro savdo rivojlanishining zaruriyati va tashqi savdo operatsiyalari



Yüklə 365,68 Kb.
səhifə1/5
tarix26.05.2023
ölçüsü365,68 Kb.
#113320
  1   2   3   4   5
Tema2


MAVZU: Xalqaro savdoning rivojlanish nazariyalari va modellari
REJA:
1. Xalqaro ayirboshlashning nazariy asoslari.
2. Xalqaro savdo rivojlanishining zaruriyati va tashqi savdo operatsiyalari.
3. Xalqaro savdoning rivojlanish bosqichlari va xususiyatlari
4. Tashqi savdo kontraktlar.
5. Tarif va savdo bo’yicha bosh kelishuv (GATT) tashkil topishi va faoliyat ko’rsatish printsiplari
6. GATT/JST doirasida amalga oshirilgan muzokaralar evolyutsiyasi
7. JSTga a’zo bo’lish bosqichlari
8. O’zbekiston va JST munosabatlari
9. O’zbekiston tashqi savdosini erkinlashtirish yo’llari 
Xalqaro ayirboshlashda mutloq afzallik tushunchasi:
Nima sababdan davlatlar xalqaro iqtisodiy munosabatlarini yanada kengaytirishga alohida ahamiyat beradilar? CHunki har qanday ayirboshlashning ahamiyati uning samaradorligi, jumladan halqaro miqyosda ham, kelishilgan bitimlardan tomonlar oladigan afzalliklar bilan belgilanadi.
Adam Smit birinchi bo’lib, qaysi mamlakat o’z maxsulotini boshqa mamlakatlarga qaraganda kamroq harajatlar bilan ishlab chiqarsa, shu mamlakat xalqaro ayirboshlashda qatnashishi mumkin deb tushuntiradi. U iqtisodiy nazariyaga mutlaq afzallik tushunchasini kiritdi.
Ammo ayirboshlash bo’lmasa, mamlakatlar o’zlarining mutlaq afzalliklaridan foydalana olmaydilar va natijada ularning har biri sarflangan harajatlari bo’yicha bir donadan televizorga, bir birlik kiyimga, butun jahon ikki dona televizor va bir birlik kiyimga ega bo’ladi.
2.3. Xalqaro savdoning rivojlanish bosqichlari va xususiyatlari
Jahon xo’jaligi rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlaridan biri bu xalqaro iqtisodiy munosabatlarning intensiv rivojlanib borishi xisoblanadi. Bu mamlakatlar, mamlakatlar guruhi, alohida firma va korxonalar o’rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayishi tobora chuqurlashuvi bilan izohlanadi.
Ushbu holatni xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, xo’jalik hayotining globallashuvi, milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi, mamlakatlarning iqtisodiy integratsiyalashuvi va hududiy xalqaro iqtisodiy aloqalar strategiyasining chuqurlashib borayotganligida ko’rish mumkin.

Yüklə 365,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə