17-Mavzu: Muhit holatini nazorat qilish minoringi. Ekologik ekspertiza



Yüklə 17,51 Kb.
tarix11.05.2022
ölçüsü17,51 Kb.
#86724
Document...


17-Mavzu: Muhit holatini nazorat qilish minoringi. Ekologik ekspertiza.

Ekologik ekspertizaning huquqiy asoslari bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qonunlar hamda ekologik huquqiy normalarni o'ziga olgan normativ huquqiy aktlar hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va farmoyishlari (buyruqlari), O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (hukumatining) qaror va farmoyishlariga ham taalluqlilidir. Shunday qilib, ekologik ekspertizaning huquqiy asoslari ekologik huquqiy normalarni o'z ichiga olgan normativ-huquqiy aktlar (rasmiy hujjat) hisoblanadi. Normativ-huquqiy aktlar tegishli vakolatli organlar tomonidan chiqariladigan hujjatlardan iborat bo'ladi. Huquqiy (yuridik) kuchiga ko'ra ekologik ekspertizaning barcha huquqiy talablarini qonunlar va qonunga asoslangan aktlarga bo'lish mumkin. Qonunlar qonun chiqaruvchi organ - O'zbekiston Respublikasining Oliy majlisi tomonidan qabul qilinadigan normativ aktlar hisoblanadi. Qonunga asoslangan aktlarga shunday aktlarni qabul qilish huquqiga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi, vazirliklar va idoralar, respublika subyektlarining vakolati hokimiyat organlari tomonidan qabul qilingan huquqiy xarakterdagi hujjatlar kiradi. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi barcha qonunlar kabi ekologik ekspertiza sohasida huquqiy normalarning asosiy bosh manbaidir. “Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida” gi O'zbekiston Respublikasining qonuni (1992y) ekologik ekspertizaning maqsadi, obyektlarini belgilab bergan. (IV qism, 24-27 moddalar). O'zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza to'g'risida” (2000 yil) qonunida ekologik ekspertizaning huquqiy asolari to'la bayon qilingan. Bundan tashqari ekologik ekspertiza uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan tabiat komponentlarini muhofaza qilish bo'yicha qator qonunlar qabul qilindi. Bular qatoriga atmosfera, yer, suv, yer osti boyliklari, o'simlik va hayvonat olami, alohida muhofaza qilinadigan hududlar to'g'risidagi qonun hujjatlari kiradi.



Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rio-de-Janeroda 1992 yilda o'tkazilgan atrof-muhit va rivojlanishga bag'ishlangan Konferensiyasida jamiyatning barqaror rivojlanishi tabiiy muhitni yemirish va tabiiy resurslarning kamayishi va tugashi hisobiga amalga oshmasligi shuningdek kuchli iqtisodiyotsiz yashash muhitining zarur sifatini ta’minlab bo'lmasligi to'g'risidagi xulosalarga keldi. O'zaro bog'liq bo'lgan iqtisodiyot, ekologiya va ijtimoiy jarayonlarni birgalikda boshqarish barqaror rivojlanishni ta’minlashning asosiy shartidir. Ushbu qoidalar O'zbekiston Respublikasiga ham to'liq taalluqlidir. Bu konferensiyada global ekologik muammolar yechimini topishda bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan mamlakatlarning alohida rol o'ynashi to'g'risidagi g'oya birinchi marta kun tartibiga qo'yildi va to'la qo'llab-quvvatlandi. Bu mamlkatlar qatoriga O'zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari ham kiradi. Ular katta tabiiy resurs salohiyatiga ega bo'lib, regional va global miqyosda atrof-muhitni sog'lomlashtirishga salmoqli hissa qo'shish imkoniyatiga egadir. Shu munosabat bilan O'zbekistondagi hozirgi ekologik vaziyatni ekologik ekspertiza munosabatlarini rivojlantirish nuqtayi nazaridan tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Shu sababdan Respublika fuqarolarining yashashi uchun sog'lom shart-sharoit vujudga keltirish va tabiatdan foydalanish samaradorligini oshirish, tabiiy resurslarning ozayishiga yo'l qo'ymaslik, tabiatini asrash va muhofaza qilishda ekologik ekspertiza amaliyoti boshqarishning o'ta muhim ahamiyatga ega bo'lgan yo'nalishlari qatoriga kiradi. Ekologik ekspertiza nuqtayi nazaridan tabiatdan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida respublikada uzoq davr mobaynida xukmronlik qilgan o'tmish totalitar tuzumdan meros bo'lib qolgan ekologik muammolar yechimini topish, mamlkatda mavjud bo'lgan boshqa ekologik muammolarning yahlit manzarasini aniqlash, ularni keltirib chiqargan sabablar va ulardan kuzatilayotgan ko'ngilsiz oqibatlarning natijasi hisoblangan murakkab ekologik vaziyatning ta’sirini tahlil etish mamlakatlarning antropogen omillarga bog'liq bo'lgan ekologik vaziyati to'g'risida tola tasavvur beradi. Bular o'z navbatida ekologik ekspertiza amaliyotida maqsadga muvofiq loyihalarga afzallik berish yoki samarasiz loyihalarni rad etish masalalarini to'g'ri hal etishga xizmat qiladi. O'zbekistondagi hozirgi ekologik vaziyatning ekologik ekspertiza nazoratida hisobga olinishi zarur bo'lgan asosiy xususiyatlaridan quyidagilarni ko'rsatish mumkin:- respublikada atrof-muhitning ekologik talablarga to'la javob beradigan (havo, suv, tuproqninig ifloslanishi belgilangan standart talablari darajasida bo'lgan) hududlar mamlakat umumiy maydonining 27%ni (120 ming kv.km) tashkil etadi va mazkur hududda O'zbekistonning 45%ga yaqin aholisi (11mln kishi) yashaydi. Qolgan hududlarda ekologik vaziyat turli darajada buzilishlarga uchragan;- iqtisodiyotning xomashyo va tabiatni eksplutatsiya qiluvchi resurs va energiyani ko'p iste’mol qiladigan tarmoqlarning tez rivojlanishi (ayniqsa an’anaviy qishloq xo'jaligi, foydali qazilmalarni qazib olish va eksport qilish, energiya va xom ashyoni ko'p iste’mol qiladigan tarmoqlar) tabiiy muhitga salbiy ta’sir qilish bosimining kuchayib borishiga va me’yordan oshib ketishiga olib kelgan;- tabiat komponentlarining barchasida ekologik holat sezilarli o'zgarishlarga uchragan. Bular qatoriga havoning ifloslanishi, yer usti va yer osti suvlarining ifloslanishi, tuproqning sho'rlanishi va degradatsiyaga uchrashi, biologik mahsuldorlik va xilma-xillikning kamayishi, yaylovlarning digressiyasi, o'rmonlarning kesib yuborilishi cho'llashuv jarayonlarining kuchayishi va boshqalar kiradi;- aholi yashash manzillari-Shahar va qishloqlarda ekologik vaziyatning yomonlashuvi, va uning aholi salomatligi va turmush darajasiga zararli ta’sirining kuchayib borishi kuzatilmoqda. Bular qatoriga aholining toza ichimlik suvi bilan yetarli darajada ta’minlanmaganligi, kommunal xo'jaligi va sanoat oqavalarining, chiqindilarning ko'payishi, sanitariya xizmatining past darajasi va boshqa noqulayliklarning mavjudligi kiradi;- qattiq chiqindilarning (shu jumladan zaharli sanoat chiqindilari) ko'plab to'planib qolishi, radioaktiv ifloslanishning katta xavflari borligi (Markaziy Qizilqum, Toshkent viloyati va boshqalar);- tabiiy va texnogen halokatlar (sel, ko'chki, o'pirilish, zilzilalar) xavfining kuchayib borishi;- Orol dengizining qurishi va Orol bo'yidagi salbiy ekologik o'zgarishlarga bog'liq bo'lgan halokat va inqirozlar, ijtimoiy ofat, ekologik noqulayliklarning mavjudligi;- alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maydoni va strukturasining talabga javob bermasligi;- qo'shni davlatlarning chegaralaridan o'tib kelayotgan ifloslantiruvchi ta’sirning mavjudligi va boshqalar. O'zbekistonda mavjud bo'lgan ekologik vaziyatning ko'rsatilgan xususiyatlari ekologik ekspertiza munosabatlarida aholining yashashi qulay sharoitlar yaratish, tabiiy resurslardan tugab qolmaydigan tarzda foydalanish, tabiatning mahsuldorligi, o'z-o'zini tiklash imkoniyatlarini saqlab qolish, atrof- muhitni saqlash va muhofaza qilish sohasida milliy manfaatlarning ustivorligini ta’minlash, xalq xo'jaligida ekologiyalashtirishni keng qo'llash yo'nalishlarida ekspert nazoratini kuchaytirishni taqazo etadi. Atrof-muhitning ekologik holati va hududlarda ekologik muvozanatning buzilishi ko'p jihatdan atmosferaga antropogen ta’sirning salbiy xususiyatlari bilan belgilanadi. O'zbekistonda 35 mingdan ko'proq havoni bulg'ayotgan doimiy manbalar bo'lib, ularning faqat yarmiga yaqini chang va zaharli gazlarni ushlagichlar bilan jihozlangan, 1,5 mingta manbalar chang ushlagich qurilmalar bilan jihozlanmagan. Mavjud qurilmalarning o'rtacha samaradorligi ham 60-70% oshmaydi. Bulardan tashqari atmosferaning avtomobillar tomonidan ifloslanishi ayniqsa shaharlarda katta ko'rsatkichlarga ega. Respublikada har yili atmosferaga doimiy va harakatlanuvchi manbalardan chiqariladigan ifloslantiruvchi chiqindi miqdori 1,8 mln tonnani tashkil etadi. Atmosferaga chiqarilgan chiqindilar umumiy miqdorida sanoat tarmoqlarining ulushi (% hisobida) quyidagicha taqsimlangan: isitish sanoati 40, elektro energetika-28, metallurgiya-14, qurilish industriyasi-5, kimyo sanoati-3. Doimiy manbalardan atmosferaga 150 xildan ortiq ifloslantiruvchi moddalar chiqariladi. Atmosfera havosidagi eng ko'p zaharli moddalar sanoat zonalariga yaqin joylashgan (yoki o'sha tomondan shamol esganda) turar-joy rayonlarida bo'lib, bu yerda standartlarda ko'rsatilgan miqdordan ancha yuqori bo'lishi kuzatilgan. Olmaliq, Chirchiq, Navoiy, Samarqand va Farg'ona Shaharlarida kimyo va metallurgiya sanoati korxonalarining kimyoviy moddalari atmosfera havosini eng ko'p darajada ifloslaydi. Yirik shaharlarda atmosfera havosini ifloslovchi asosiy omil shahar transportidir. Masalan Toshkent shahri atmosferasining ifloslanishida shahar transportining hissasi 80% dan ortadi. Umuman respublika bo'yicha atmosferaga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalarning 53% avtomobil transporti hissasiga to'g'ri kelali (0,98 mln t). Respublika doimiy manbalaridan chiqadigan chiqindilarning 84% Toshkent, Qashqadaryo, Buhoro, Farg'ona, Navoiy viloyatlari hissasiga to'g'ri keladi. Tabiiy ifloslantiruvchi manbalar qatoriga Qizilqum va Qoraqum sahrolari, Orol dengizining qurib borishi tufayli paydo bo'lgan «Orolqum» chang va tuz sahrosi kiradi. Surxondaryo viloyatining ko'plab tumanlari Tojikiston alyuminiy zavodining (Mirzo Tursunzoda shahri) zaharli chiqindilardan katta zarar ko'rmoqdalar. Atmosferaning ifloslantiradigan manbalar va ularning zararlari ustidan ekologik ekspertiza nazoratini amalga oshirishda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishga alohida e’tibor berish lozim: a) eng yirik ifloslantiruchi korxonalar tomonidan atmosferaga chiqindi chiqarib tashlashni maksimum qisqartirish; b) muntazam ravishda avtotransportda yongan gazlarning chiqarilishiga qarshi kurash; v) korxonalarda texnologiya jarayonlarini takomillashtirish, zamonaviy va mukammal havo tozalagich moslamalardan foydalanish; g) atmosfera havosining tozaligi ustidan nazoratni kuchaytirish. Suv resurslari O'zbekistonning qurg'oqchil keskin kontinental iqlimli, hududlarida cho'llar hukumron mavqega ega bo'lgan sharoitda hayotiy muhim ahamiyatga ega. Mamlakatda har yili 60 kub km hajmda suv sarflanadi. O'zbekistonda foydalaniladigan daryo suv oqimlarining asosiy qismi (85%) Qirg'iziston va Tojikiston tog'laridan boshlanadi. Suvdan oqilona foydalanmaslik, uning ifloslanishi, sifati pastligi va yetishmasligi bir qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bularga quyidagilar kiradi: a) ko'plab oqar suvlarning va yer osti suvlarining ifloslanganligi. Masalan, aniqlangan yer osti chuchuk suvlarining 40% ichishga yaroqsiz holga kelib qolgan; b) aholining ichimlik suvi bilan yetarli ta’minlanmaganligi. Umuman mamlakatning uchdan bir qismining aholisi davlat standartlariga to'g'ri kelmaydigan ichimlik suvini iste’mol qilmoqda; v) sug'orishda suvdan tejamkorlik bilan foydalanmaslik. Oqib kelayotgan suvning 40% sug'orish tarmoqlarida va qariyb 20% sug'orish jarayonida yo'qotiladi. Suv tanqis sharoitda dalani ortiqcha sug'orish yerning sho'rlanishiga, yer osti suvlarining yer yuzasiga yaqinligi va boshqa sabablarga ko'ra aholi yashaydigan joylarning suv ostida qolishiga olib keladi; g) yer yuzasidagi suvning ifloslanishi. Sug'oriladigan dehqonchilik yer yuzasidagi suvni ifloslovchi asosiy manba bo'lib, jami suvning 78%ini, sanoat 18%ini, kommunal xo'jalik 4% ini ifloslaydi. Kollektor-zovurda oqayotgan suvning deyarli yarmi respublika oqar suv tarmoqlariga va suv havzalariga tushadi; d) komunnal xo'jaligi va sanoat oqavalari. Qishloqlardan oqib chiqadigan oqava suvlar hech qayerda tozalanmaydi va u oqar suvlarni, suv havzalarini bakteriyalar bilan zararlaydi. Kanalizatsiya tarmoqlarini qurish suv ta’minotiga nisbatan ancha orqada qolmoqda. Masalan, shahar aholisining 54%, qishloq aholisning 3%igina kanalizatsiya bilan ta’minlangan. Sanoat korxonalari jami suvning 20% dan kamrog'ini ishlatsa ham ular joylarda muhitni ifloslaydigan xavfli manbalarni vujudga keltiradi. O'zbeksitonning yer resurslari g'oyat xilma-xil bo'lib, ular cho'l tekislik zonasi (shu jumladan sug'oriladigan (antropogen) tekislik), adir (tog'oldi va past tog'lar), tog' (o'rta tog'), baland tog' zonalari yerlaridan iboratdir. Respublikaning yer maydoni 447,4 ming kv. km. ni tashkil etgan. Yer fondining 61,5 foizi (275,2 ming kv.km) qishloq xo'jaligida 3,6 foizi (16,2 ming kv.km) o'rmon xo'jaligida foydalanilgan. 2% (8,9ming kv.km) alohida muhofaza qilinadigan hududlar, 4%(1,7 ming kv.km) sanoat korxonalari, transport tarmoqlari va boshqa noqishloq xo'jaligi tarmoqlari yerlari, 1,5 % (6,7 ming ka.km) gidrotexnik va boshqa suv xo'jaligi inshootlari yerlari, 0,5% (3,1 ming kv.km) Shahar hududlari yerlari, 26,7% (119,4 ming kv.km) foydalanilmaydigan yerlardan tashkil topgan. Qishloq xo'jaligida foydalaniladigan yerlarni (270,2 ming kv.km) 82,2% yaylovlar va o'tloqlar, 17,8% haydaladigan yerlardan iborat. Respublikada sug'oriladigan yerlar 43 ming kv.km (mamlakat hududining 9,7%) maydonni egallaydi. Respublikaning davlat o'rmon fondi 16,2 ming kv.km bo'lib, uning 7 ming kv. km qumlik mintaqa o'rmonlari, 1,2 ming kv.km tog' o'rmonlari, qolgan qismi daryobo'yi o'rmonlari, vodiy o'rmonlaridan iborat. O'zbekiston Respublikasi yer resurslari davlat qo'mitasi ma’lumotlariga ko'ra mamlakatning sug'oriladigan yerlari sifati bo'yicha quyidagicha taqsimlangan (%): sifati yomon yerlar-0,3%, o'rtachadan past yerlar-24,3%, o'rtacha yerlar-45,5%, yaxshi yerlar-27,2%, eng yaxshi yerlar-2,9%. Tuproqning sho'rlanishi va ifloslanishi, tuproq eroziyasi, yaylovlar digressiyasi kabi antropogen ta’sirga bog'liq jarayonlar keng tarqalgan va ular katta zarar yetkazmoqda. Hozirgi vaqtda respublikada sho'rlangan yerlar sug'oriladigan yer turlarining umumiy maydonidan 46%ini, shu jumladan kuchsiz sho'rlanganligi-25%, o'rtacha sho'rlanganligi-15% va kuchli sho'rlanganligi-6% dan ortiroqni tashkil etadi. Keyingi o'n yil ichida sug'oriladigan yerlarda sho'rlanish 120 ming gektarga, shu jumladan kuchli sho'rlanish 43 ming gektarga oshgan. Tuproqning xloroorganik pestetsidlar bilan ifloslanishi muammosi jiddiyligicha qolmoqda. Tuproq eroziyasining hamma turlari hamma regionlarda keng miqyoslarda tarqalgan. Eroziyadan Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Farg'ona, viloyatlari, Qoraqalpog'iston Respublikasining 65%dan 98%gacha qishloq xo'jalik ekinzorlari zarar ko'rmoqda. 70%dan ko'proq yaylov yaroqsiz holga tushib qolgan, jumladan uchdan biri yuqori darajada zararlangan.
Yüklə 17,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə