Abdurahmon sayyoh toshkandiyning al-isloh jurnalida



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix11.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#148485
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
abdurahmon-sayyoh-toshkandiyning-al-isloh-jurnalida-ilgari-surgan-axloqiy-fikrlari-me-yor-ul-axloq-axloq-me-yorlari-asari-tasnifida



Oriental Renaissance: innovative, 
educational, natural and social sciences
 
 
VOLUME 1 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784
 
138 
w
ns.uz
www.orie
2021
 March 
 
ABDURAHMON SAYYOH TOSHKANDIYNING AL-ISLOH JURNALIDA 
ILGARI SURGAN AXLOQIY FIKRLARI (“ME’YOR UL-AXLOQ” (AXLOQ 
ME’YORLARI) ASARI TASNIFIDA)
Abrorxon Asatulloyevich Asatulloyev 
Guliston davlat universiteti falsafa fani o‘qituvchisi 
abshah.uz1992@gmail.com
Annotatsiya:
XX asr birinchi choragi Turkiston ijtimoiy hayotida jadidchilik 
harakati o‘ziga xos mavqega ega bo‘lgan. Jadidchilik harakatining g‘oya va fikrlari 
XX asr 10-yillaridan so‘ng “Al-Isloh”, “Al-Izoh” jurnallarida o‘z ifodasini topgan. 
“Al-Isloh” jurnali Turkiston xalqlari tarixining murakkab davrida nashr etilib turdi. 
Mazkur jurnalda milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti namoyandalarining turli 
janrlarga oid asarlari bosilgan. Ularning aksariyati hamon adabiy jamoatchilik 
e’tiboridan chetda qolib kelmoqda. SHu bilan birga, jurnal sahifalarida ham 
bevosita, ham bilvosita adabiy-estetik fikrlar yuzasidan munozaralar bo‘lgan. Bu 
qarashlarni tadqiq etish va ulardan chiqadigan xulosalarni umumlashtirish 
adabiyotshunosligimiz uchun muhim ahamiyatga molikdir. “Al-Isloh” sahifalarida 
yangi ijtimoiy voqelik sharoitida diniy arkonlar, aqidalar tahlil va talqin etildi, zarur 
o‘rinlarda ularga isloh kiritish yuzasidan takliflar bildirildi. Natijada, mazkur 
nashrning diniy-ma’rifiy qarashlar rivojida ham muayyan ahamiyatga molik bo‘lgani 
shubhasizdir. Bu jarayonni kuzatish ma’naviy – ruhiy tafakkurimizning tadrijini 
aniqlashga ko‘maklashadi

Ushbu fikrlarning isboti o‘laroq Abdurahmon Sayyoh 
Toshkandiyning “Me’yor ul-axloq” asari va undagi ilgari surilgan axloqiy 
g‘oyalarning jurnalning ba’zi sonlarida nashr etib borilishi nihoyatda e’tiborlidir. 
Abdurahmon Sayyoh Toshkandiyning axloqiy, ma’rifiy va ijtimoiy-siyosiy 
mavzulardagi materiallari bugungi kunga qadar maxsus tadqiqot ob’ekti sifatida 
o‘rganilgan emas. 
Kalit so‘zlar: 
XX asr boshlari, Turkiston milliy matbuoti, “Me’yor ul-axloq”, 
“al-Isloh”, axloq, ma’rifat, ijtimoiy hayot, ma’rifatparvar. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə