Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


partiyada po’kaklangan mevalar 15 %, belgilangan o’lchamlardan kichik mevalar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/120
tarix12.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#148728
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   120

partiyada po’kaklangan mevalar 15 %, belgilangan o’lchamlardan kichik mevalar 
5%, biroz ezilganlari va bosilganlari 10% bo’lishiga ruxsat etiladi. Bunda ko’k 
mevalar, ya’ni pishmaganlari bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. 
Mayda mevali va uzunchoq shaklli pomidor navlaridan olingan maxsulotlar 
konservasiya uchun foydalaniladi. Bunda pishib etilmagan ya’ni pushti rangli 
pomidorning aralashishiga yo’l qo’yiladi. Bug’lanadigan pomidorlarning etilish 
darajasi qizil, pushti, qo’ng’ir va oqish bo’lishi mumkin. 
Iste’mol uchun etkazib beriladigan yangi boshpiyoz standart talabiga javob 
berishi lozim. Etilgan 5 sm gacha uzunlikdagn bo’g’zi qurigan, shuningdek, 
umumiy po’st ostida ikki bo’lakka ajraladigan sog’lom boshpiyoz iste’molga 
yaroqli xisoblanadn. Oval shakldagilarining ko’ndalang diametri kamida 3 va 
qolganlariniki 4 sm bo’lishi kerak, bir partiyada ko’rsatilgandan kichik o’lchamli, 
yalang’ochlangan va shikastlanganlarining umumiy mikroi 5% gacha bo’lishiga 
ruxsat etiladi. 


15 
O’simtali piyozning 1 aprelgacha o’simtaning uzunligi 1 sm va 1 apreldan 1 
avgustgacha esa 2 sm gacha bo’lganlari 10% gacha bo’lishi, bo’g’zi sentyabrgacha 
etarlicha qurilmaganlari (barcha navlar uchun) ko’pi bilan 15%, 1 sentyabrdan 
keyin esa 5% bo’lishiga yo’l qo’yiladi. 
Iste’mol va qayta ishlash uchun foydalaniladigan xo’raki lavlagi standart talabiga 
javob berishi lozim. Yangi kovlangan, yaxlit, quruq, kasallik belgilari, loyi, 
yoriqlari yo’q, zararkunanda tushmagan, bitta botanik navga mapsub, bandspz yoki 
bandining uzunligi ko’pi bilan 2 sm, sershira, to’q qizil etli lavlagi standart talabiga 
mos keladi. 
Ko’ndalang kesimining diametri 5,0 sm dan 14 sm gacha bo’lishi mumkin. 
Mexanik shikastlangan, bitib ketgan yoriqli, boshlari kesikli, sal so’ligan 
ildizmevalar 5% dan oshmasligi kerak. So’ligan, burishgan, shuningdek chirigan, 
sovuq urgan va zararkunandalar shikastlagan ildizmevalar bo’lishiga ruxsat 
etilmaydi. Ildizmevalarga yopishgan tuproq umumiy massaga nisbatan 1% gacha 
bo’lishi mumkin. 
Yangi uzilgan chuchuk qalampir standart talabiga ko’ra iste’mol qilish uchun va 
qayta ishlash uchun topshiriladi. Ular toza, sog’lom
bo’lishi, shakli va rangi 
jixatdan navga mos kelishi, ta’mi shirinroq yoki sal achchiqroq bo’lishi, meva 
bandi cho’zinchoq shaklli navlarda 6 sm gacha va yumaloqlarida esa 4 sm gacha 
bo’lishi mumkin. 
Bir partiyada sal so’ligan, lekin burishmagan yoki sal tirnalganlar ko’pi bilan 
10%, shuningdek, belgilangan o’lchamlardan farq qiladiganlarining 5% gacha 
aralashishiga ruxsat etiladi. 
Tarvuzlar etilgan, yaxlit, sershira, miqti etli, po’stining rangi va yarqiroqligi 
shu navga mos kelishi lozim. Eng katta tarvuzning diametri kamida 15, ertagi 
navlar uchun kamida 12 sm belgilangan. 
Yuklab jo’natiladigan joylarda bir partiyada pishib o’tib ketgan va pishmagan 
tarvuzlarning mikroi 3% gacha bo’lishiga ruxsat etiladi. Engil zararlangan 
tarvuzlar ortilmaydi. Tashish vaqtida engil shikastlangan tarvuzlar 8% gacha 
bo’lishiga yo’l qo’yiladi. 
Bir partiyaga bir muddatda pishadigan boshqa navlardan 10% gacha 
aralashgan bo’lishi mumkin. Bosilgan, ezilgan, yorilgan, kasallik va 
zararkunandalardan zararlangan xamda chirigan tarvuzlar standart xisoblanmaydi.
Xo’raki qovunlar yaxshi pishgan, kasallik belgilari yo’q bo’lishi lozim. Ertagi, 
mayda xosilli, duksimon navlarning diametri kamida 10 va o’rtagi, kechki, 
shuningdek, yumaloq oval shakldagilarniki 15 sm bo’lishi kerak. 
Tirnalgan va qirqilgan joylari bitib qolgan qovunlar yaroqli xisoblanadi. Bir 
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə