39-Mavzu: Maxsulotlar sifatini yaxshilashda maxsulotlar sifatini boshqarish tizimining axamiyati



Yüklə 15,23 Kb.
tarix08.07.2023
ölçüsü15,23 Kb.
#119402

39-Mavzu: Maxsulotlar sifatini yaxshilashda maxsulotlar sifatini boshqarish tizimining axamiyati.
Mahsulot sifatini tekshirish ishlarini tashkil etish Ishlab chiqarishda mahsulot sifatini nazorat qiluvchi tizim mavjud.Unda ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan xodimlardan tashqari davlat va jamoatchilik tashkilotlari qatnashadilar. Mahsulotlar sifatini baholashda GOST, OST, TU, TSH texnologik ko'rsatmalari kabi normativ-texnik huliatlar, texnologik reglamentlar va retsepturalar to'plami qo'llaniladi. Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning sifatini baholash va nazorat qilish natijalarini hisobga olish ishlab chiqarishning barcha texnologik bosqichlarida uzluksiz amalga oshiriladi. Belgilangan normativdan chetga chiqish aybdor familiyasi, ismi bilan birga ko'rilgan choralar maxsus jurnallarda qayd etiladi. Jurnal MJQK deb nomlanadi (mehnat jarayoniga qatnashish koeffitsiyenti). Rejani bajarish yoki oshirib bajarish ko'rsatkichlarini aniqlashda chiqariladigan mahsulot sifatiga qarab maosh va mukofot tayinlanacti. Texnologik ishlab chiqarishda qoidani muntazam buzuvchilar, tayyor mahsulot sifatini buzib ishlab chiqaruvchilar laboratoriyalarda mahsulot tahlillari talabga javob bermasa, mahsulotga tushgan noroziliklar soni 2-3 ta bo'lsa, shu ishchiga berilgan malaka razryadi 3 oylik muddat bilan kamaytiriladi va keltirilgan zarar to'la undirib olinadi. Korxonalarda qo'lIaniladiga~. nazorat turlari Ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida mahsulotlar sifatini nazorat qilishni tashkil et ish maqsadida xomashyoni qabul qilish uchun ish faoliyati va mas'uliyati aniq belgilangan xizmat turlari tashkil etiladi. Ularning tarkibi va a'zolari soni korxonaning turi hamda shtatlar jadvaliga bog'liq bo'ladi. Korxonaga keltirilayotgan xomashyo sifatini nazorat qilish uchun ta'minot bo'yicha direktor o'rinbosari, texnologlar, laboratoriya xodimlari va tovarshunoslar tarkibidan iborat birlamchi komissiya tashkil qilinadi. Xomashyoni birlamchi nazorat etish xizmati tomonidan mahsulot sifatini sertifikatlar hamda normativ-texnik hujjatlar asosida laborant yoki xomashyoni topshiruvchining ishonchli kishisi ishtirokida tekshiruvdan o'tkaziladi. bu paytda agar laboratoriya tahlillarining natijalari bo'yicha juz'iy kamchiliklar bo'lsa yoki sifatsiz xomashyo olib kelingan bo'lsa, mas'ul shaxs sinovlarni qayd etish jurnaliga imzo chekadi. Bunday qaydnomaga asosan xomashyo olib keluvchi tomon sifatsiz mahsulot olib kelganligi uchun mas'ul shaxsga jarima soladi va undirib oladi. Agar bu hot ko'p marta takrorlansa, mahsulot keltirilishi bo'yicha tuzilgan shartnoma (I oy muddat ichida) bekor qilinadi. Shu vaqt ichida ta'minotchi korxonaga keltirilgan zararni qoplashi va sifatsiz mahsulot tayyorlashni to'xtatishi zarur. Xomashyoni birlamchi nazoraf qilish xizmafi qabul qilinadigan mahsulot sifatiga to'la javobgardir. O'z vaqtida qaytarilmagan sifatsiz mahsulot, noto'g'ri to'ldirilgan yoki tuzilgan dalolatnoma, mahsulot bilan ta'minlovchi o'z vaqtida taqdim etmagan talabnoma (isk) sanitar ,!oidalari va mahsulotni sotish muddati buzilganligi - bularning barchasi zavod ma'muriyatining birlamchi nazorat xizmatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Omborxonadagi mahsulotlar harakatlantirilganda, ombor mudiri yoki uning o'rinbosari va sex boshlig'i tomonidan mahsulotlar sifati bo'yicha va normativ-texnik hujjatlarga asoslangan holda qabul qilinishi kerak. Agar qabul qilinadigan mahsulot sifatini baholashda ish lab chiqarish mudiri, sex boshlig'i va ombor mudiri o'rtasida kelishmovchilik kelib chiqsa, qabul vaqtida korxona rahbarlari (direktor yoki bosh muhandis) taklif etiladi. Aybdor shaxsga nisbatan chora ko'rilib, xatoni qayt etish jurnaliga yozib qo'yiladi. _ Texnologikjarayonlarning tezkor nazorati sex boshlig'i, ish lab chiqarish mudiri va uning yordamchisiga yuklatiladi. Tezkor nazorat xatoga yo'l qo'yilishning o'z vaqtida oldini oladi. Tezkor nazoraf texnologik jarayonning alohida bosqichlarini organoleptik yoki boshqa yo'llar bilan baholashga, xomashyoni texnologik kartalar asosida tuzilganligiga, texnologik rejimni tekshirgan holda va mahsulot massasining chiqishiga qarab ish olib boradi hamda yo'l qo'yilgan kamchiliklar maxsus jurnalda qayd etib boriladi. Qabul qilish nazorafi korxona turiga qarab tashkil etiladi. Tayyorlangan har qaysi partiyadagi mahsulotdan organoleptik va fizik-kimyoviy xususiyatlari bo'yicha, normativ-texnik hujjatlar asosida hamda mahsulotning chiqish massasiga, o'rash va tamg'alashga qo'yiladigan talablar bo'yicha nazorat olib boriladi. Mahsulotning fizik-kimyoviy ko'rsatkichlari texnologik laboratoriyalarda tahlil qilinadi. Bir smenada ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ulaming sifatini belgilovchi hujjat - guvohnoma beriladi. Guvohnoma raqamlangan alohida blankada rasmiylashtiriladi. Bu blanka buxgalteriya tomonidan beriladi va mas'uliyat ishlab chiqarish tarmog'i rahbariga yuklatiladi. Tayyor mahsulotni sotishga faqat sex boshlig'i yoki ish lab chiqarish mudiri tomonidan to'ldirilgan sifat ko'rsatkichli guvohnoma bo'lgandagina ruxsat etiladi. Ekspeditor esa o'zi qabul qilib olgan mahsulotlarining tovar ko'rinishiga, saqlanish rejimiga va muddatiga to'Jiq javobgar shaxs hisoblanadi. Tayyor mahsulotning sifatini baholash mas'uliyati brokeraj komissiyasi a'zolariga yuklatiladi. Brokeraj komissiyasi a'zolari tarkibiga ishlab chiqarish mudiri yoki uning o'rinbosari, muhandis-texnolog, mahsulot ishlab chiqarish sexi boshlig'i kiritiladi. Korxona bo'yicha bir oyda bir marta mahsulotlaming sifatini baholash bo'yicha tezkor majlis o'tkaziladi. Sexlarda esa har haftada har bir ishchining ishi nazorat qilinadi. Sifatsiz mahsulot chiqishi yoki xatarga yo'l qo'yilsa, ulaming ishi qoniqarsiz deb baholanib, maxsus jumalga yozib boriladi. Ikki yillik muddatga uch kishidan iborat komissiya tuziladi. Bu komissiya a'zolari brokeraj o'tkazish huquqiga ega bo'ladilar. Tekshirishlarda xatoga yo'l qo'yilganligi aniqlansa, u holda ikki nusxada tekshirish akti tuziladi. Brokeraj komissiyasining ishi davlat inspeksiyasi xodimlari tomonidan nazorat qilinadi. Inspeksiya xodimlari mahsulotlar sotuvini va omborxonalarni nazorat qilish hamda o'z vaqtida sotuvga chiqariladigan tayyor mahsulotlar sifatini tekshirish huquqiga egadirlar.
O’zbekiston Respublikasida davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati qonuniy asoslarini amal qilish muddatlar, uni ro’yxatga olish, muvofiqlik guvoxnomasini berish, sement maxsulotini sifat ko’rsatkichlari, sementning talablariga oid me’yoriy xujjatlar, standart talablari, fizik-mexanik xossalari, sement maxsulotini sertifikatlash sxemasi va sertifikatlash jarayoni va amaldagi sertifikatlar, ularni to’xtatish, tugatish tartib qoidalari bilan tanishib chiqdim. O‘lchash texnikasi fundamental ilmiy izlanishlarga bevosita bog‘langan bo‘lib, tabiiy fanlarning eng yaxshi yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Bu esa unga ulkan imkoniyatlar va rivojlanish istiqbollarini yaratish bilan bir qator muammolarni keltirib chiqardi. Birinchi navbatda quyidagilarni aytib o‘tish lozim: o‘lchashlar birliligini ta’minlash muammosi; umumiy o‘lchashlar nazariyasining rivojlanishi; yangi fizikaviy usullar va har xil hisoblash qurilmalariga asoslangan o‘lchash amallarini soddalashtirib, bir vaqtning o‘zida ularning samaradorligini oshirish; yangi analiz va sintez usullariga asoslangan, tavsiflari oldindan aytiladigan o‘lchash vositalarini ishlab chiqarishni tezlashtirish.
Yüklə 15,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə