Ruzani tanlab olish



Yüklə 100 Kb.
səhifə2/5
tarix24.05.2023
ölçüsü100 Kb.
#112548
1   2   3   4   5
11-Ma`ruza

Muammoli ma’ruzada talabalarning tafakkurini boshqarish uchun o’qituvchi tomonidan avvardan tayyorlab qo’yilgan muammo va ma’lumotli savollar qo’llaniladi.
Muammoli savollar - bu javoblari avvalgi o’rganilgan mavzularda ham, bayon etilayotgan materialda ham (doskadagi yozuvlarda, devordagi jadvallarda va x.k.) bo'lmagan va talabalarda mtelektual qiyinchiliklarni yuzaga keltiruvchi savollardir. Muammoli savollar o‘z ichiga noma’lumlarni, yangi bilimlarni qamrab olib, ularni egallash uchun qandaydir intelektual harakat, ma’lum bir maqsadga yo'naltirilgan tafakkur jarayoni talab etiladi.
Ma’lumotli savollar muammoni tushunish uchun talabalarda mayjud bo'lgan bilimlarni aktuallashtirish va uni hal etish bo’yicha aqliy faoliyatni boshlash maqsadida beriladi.Shunday qilib, o‘quv materiali o‘quv muammosi sifatida ilgari suriladi. U ma’lum sharoitda ayrim qarama-qarshiliklarga ega va ushbu qarama-qarshiliklar oydinlashuvchi yakuniy savollar bilan tugaydigan idrok vazifalarining mantiqiy shakliga ega. Muammoli bayon etish uchun o‘quv fanining asosiy konseptual mazmunini tashkil etuvchi, bo’lajak kasbiy faoliyat uchun nisbatan muhim bo’lgan va talabalar tomonidan o’zlashtirilishi qiyinroq bo’lgan kursning muhim bo’limlari tanlab olinadi.
O’qituvchi tomonidan ushbu turdagi ma’ruzaga tayyorlanish deganda ma’ruza mashg’uloti mavzusi bo’yicha o’quv materiallarni ta’limning texnik vositalari yoki qo’lda (chizma, rasm, jadvallar va x.k.) talabalarga taqdim etish uchun vizual shaklga keltirish nazarda tutiladi. Bu turdagi ma’ruzani o’qish ma’ruza mavzusini to’liq ochib beruvchi o’qituvchi tomonidan tayyorlab kelingan ko’rgazmali materiallarni keng va bog’liq ravishda sharhlash darajasiga yetkaziladi. Bunday turda taqdim etilgan ma’lumotlar talabalarning kasbiy va idrok etish faoliyatida muhim hisoblangan ular tomonidan o’rganilgan bilimlarni tizimlashishini ta’minlashi, muammoli vaziyatlarni vujudga keltirishi va ularning yechimini topishga imkon yaratishi, turli turdagi ko'rgazmalarni namoyish etishi kerak.
Ma’ruzaning bu turini talabalar bilan yangi bo'lim, mavzu, fanni o'rganishni boshlashda qo'llash yaxshi natija beradi. Bunda yuzaga keluvchi muammoli vaziyat materialni o'rganishga, o'qishning boshqa turlarida ko'rgazmali ma’lumotlarni rivojlantirish ko'nikmasiga psixologik ko‘rsatmani yaratadi.
Hamkorlikdagi ma’ruza muammoli mazmundagi o‘quv materialini lkki o‘qituvchining o'zaro jonli diologik muloqotida taqdim etilishidir. Bunda ikki mutaxassisning nazariy muammolari ikki nuqtai-nazardan muhokamasi kabi aniq kasbiy va malakali vaziyat gavdalanadi, masalan, 76 nazariyotchi va amaliyotchi muhokamasi, biron-bir fikr tarafdan va bu fikrga qarshi mutaxassisning kabi. Ma’ruzaning bu turi talabalarning tanqidiy tafakkurini faol ravishda rivojlanishiga hizmat qiladi.
Bu jarayonda o'qituvchilarning o'zaro diologi yechimi izlanayotgan muammoning yechimini hamkorlikda izlash mkadaniyatini namayon etishi va bu jarayonga talabalarning savollar, o‘z nuqtai-nazarlarini bayon etish, muhokama etilayotgan ma’ruza mavzusiga o‘z munosabatlarini shakllantirish, yuz berayotgan xodisalarga hissiy javob qaytarishlarini jalb etishi lozim.
Ma’ruza vaqtida har ikki o qituvchining yuqori darajadagi faolligi talabalarda fikran va ahloqan faol bo‘lishni keltirib chiqaradi, bu esa faol ta’lim olishga xos bo'lgan xislat hisoblanadi: talabalarning bilish jarayoniga jalb etilganligi o'qituvchilarning faolligi bilan mos keladi.
Yuqorida sanab o'tilganlardan tashqari talabalar munozara qilish madaniyati, dialogga kirishish usullari, hamkorhkdan izlanish va yakuniy to'xtamga kelish haqida ko'rgazmali ravishdagi tasavvurga ega bo'ladilar.
Oldindan rejalashtirilgan xatoliklar bilan olib boriladigan ma’ruza talabalarda kasbiy vaziyatlarni operativ ravishda tahlil etish, ekspert, opponent, resenzent sifatida qatnashish, noto'g'n yoki noaniq ma’lumotlarni ajratib ko'rsata olish ko'nikmsini rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan.
O'qituvchining ma’ruzaga tayyorgarligi shundan iborat bo'ladiki, ma’ruza mazmuniga ma’lum miqdorda semantik, metodik yoki ahloqiy doiradagi xatoliklar kiritilishi talab etiladi. Bunday xatoliklarning ro'yhatini o'qituvchi ma’ruzaga olib keladi, biroq ularni talabalarning e’tiboriga ma’ruzaning oxirida taqdim etadi. Talabalar tomonidan yol qo'yiladigan va ma’ruza o'qish jarayonida o'qituvchilar tomonidan ko'p holatlarda uchraydigan xatoliklar tanlab olinishi maqsadga muvofiqdir.
O'qituvchi ma’ruzani shunday mahorat bilan olib borishi va yol qo'yilgan xatolarni yashirishi kerakki, unda yo'l qo'yilgan xatoliiklarni yaqqol va tez aniqlaydi.
Talabalarning vazifasi shundan iborat bo'ladiki, dafitarlariga yo'l qo'yilayotgan xatolarni qayd etib borishlari va ma’ruzaning so'ngida ularni bayon etishlari talab etiladi. Xatolarni muhokamasi uchun 10-15 daqiqa ajratiladi. Маnа shu muhokama jarayonida o'qituvchi, talabalar yoki hamkorlikda savollar emas, balki to'g'ri javoblar berib boriladi.
Oldindan rejalashtirilgan xatoliklarning miqdori o'quv materialining, ma’ruzaning didaktik va tarbiyaviy maqsadidan, talabalarning tayyorgarligi darajasidan kelib chiqib belgilanadi.
Yangi ma’ruzachi uchun har xil guruh talabalariga ma’ruza o‘qish uchun juda muhim tajriba bo'lib hisoblanadi. Materialni shunchaki bilish yetarli emas. Ma’ruzachi ma’ruzani qiziqarli va e’tiborni tortadigan qilib, yaxshi tayyorgarlik ko’rishi va mos mavzuli misollardan foydalanib mavzuni tushuntira olishi zarur. Ma’ruzani to‘g‘ri o'tish mahorat va vaqt talab qiladi. Talaba va hamkasblardan ma’ruza to‘g‘risida fikrlarini so‘rash ma’ruza o'qish sifatini ko‘rsatish uchun muhim omil hisohlanadi va Siz o‘z amaliyotingizni kuchaytirishni xohlashingiz mumkin.6
Ma’ruza o‘qituvchi shaxsining barcha boyligi: ongi, hissiyoti, irodasi, tuyg‘usi, e’tiqodi orqali talabalar ichki dunyosi bilan muloqotda bo'lishining eng samarali, jonli shaklidir. Bunda o'qitishning yo'naltiruv, axborot berish, metodologik va tarbiyalash funksiyalarini ro'yobga chiqarishga yordam beradi.
Ma’ruzaning yo‘naltiruvchi funksiyasida talabalarning diqqati o‘quv materialining asosiy qoidalari, uni o'rgaishdagi hamda bo‘lg‘usi kasbiy faoliyatidagi roli va ahamiyati, uni o'zlashtirish metodlariga jalb qilinadi.
Ma’ruzaning axborot berish funksiyasi asosiy ilmiy faktlar, qoidalar, xulosalarning mohiyatini ochishda o'qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Ma’ruzaning metodologik funksiyasiri qo’llash tadqiqot metodlarini qiyoslash, solishtirishga, ilmiy izlanishning tamoyillari va yondashuvlarini aniqlashga yordam beradi.
Ma’ruzaning tarbiyaviy funksiyasi ma’ruza jarayonida o‘quv materialiga hissiy baho berish munosabatlarini uyg'otish, qiziqishlarini o'stirish, mantiqiy fikrlash va isbotlashni oydinlashtirish yo'li bilan amalga oshiriladi
Oliy ta’limda o'qitishning bir shakli sifatida ma’ruzaga qo'yiladigan talablar:

  • ma’ruzaning ahloqiylik jihati (ilmiyli к va axborotlilik);

  • isbotlash va argumentlash (aniq misollarning etarli bo'lishi);

-bayon qilishning emotsionalligi (talabalarni faollashtirish);

  • bayon qilinadigan masalalarning aniq strukturasi va mantiqi;

  • metodik jihatdan ishlab chiqqanlik (asosiy fikrlarni aniqlash);

  • aniq, ilmiy va adabiy tilda bayon qilish;

  • audivizual didaktik materiallarni foydalanish.


Yüklə 100 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə