8-Mavzu: Mikroevolyutsiy haqida tushuncha. Режа



Yüklə 26,3 Kb.
səhifə1/3
tarix30.12.2023
ölçüsü26,3 Kb.
#165800
  1   2   3
8. Mikroevolyutsiy haqida tushuncha (1)


8-Mavzu: Mikroevolyutsiy haqida tushuncha.
Режа:

  1. Mutatsiyaning evolyutsiyaga ta’siri

  2. Migratsiyaning evolyutsiyadagi ahamiyati



Tayanch so‘zlar: Mutatsiyaning evolyutsiyaga ta’siri, Kombinativ o‘zgaruvchanlik, Meyoz va krossingover, Mutatsiyaning namoyon bo‘lishida genotip va tashqi muhitning roli, Modifikatsion o‘zgaruvchanlik, Populyatsiyadagi o‘zgaruvchanlikda safarbarlik rezervi, Populyatsiyaning genetik muvozanati, Evolyutsiya jarayonida mutatsiya va modifikatsiyalarning ahamiyati, Populyatsiya to‘lqinining (dinimikasining) evolyutsiya jarayonidagi roli Migratsiyaning evolyutsiyadagi ahamiyati, Alohidalanish (izolyatsiya) evolyutsiya jarayonning dastlabki faktori sifatida.


Mikroevolyutsiya hodisalari va qonuniyatlarini tahlil qilish makroevolyutsiyani tushunishda muhim ahamiyatga ega. Turdan tashqari ro`y beradigan o`zgarishlar birinchi navbatda populyatsiyalar va tur ichidagi o`zgarishlar bilan uzviy bog`liq. Odatda, tur paydo bo`lgandan so`ng boshlang`ich evolyutsiya jarayonlari to`xtamaydi, aksincha, o`sha tezlikda davom etib, turlar orasidagi farqni ko`paytira boradi. Binobarin, mikroevolyutsion kuchlar faqat turlar ichida emas, balki turlardan tashqarida ham o`zgarish hosil etib, yangi avlodlar, oilalar, turkumlar va boshqa yuqori taksonlarning kelib chiqishi uchun asos bo`ladi. Binobarin, makroevolyutsiya jarayonini mikroevolyutsiya nuqtaiy nazaridan tahlil qilish uni to`liq tushunishiga imkon beradi.
1. Mutatsiyaning evolyutsiyaga ta’siri
Mutatsiya lotincha-muttation-o‘zgarish (izmeneniye) degan ma’noni bildiradi. Bu terminni birinchi marta Geydelberglik aptekasi Shprenger 1590 yilda enotera o‘simligi bargini har xil bo‘lishini nomlash, Fransuz bog‘boni A.Dyushen 1761 yilda qulupnay o‘simligidagi 3 yaproqli emas, balki bir yaprog‘liligini nomlashda, botanik M.Adamson arpa o‘simligidagi o‘zgarishlarni nomlashda qo‘llaganlar. 1900 yilda gollandlik olim Gugo De Friz mutatsiyani qayta nashr etdi va mutatsiya nazariyasini yaratdi. U Darvinni tur hosil bo‘lishi to‘g‘risidagi fikrlarini tajribada isbotlamoqchi bo‘ladi. De Friz kasallangan, yaxshi o‘smagan enotera o‘simligini urug‘larini ekadi va yaxshi natija olmaydi. 1886 yilda De Friz kartoshka maydoni yonidan enotera o‘simligini ko‘rib, unda o‘zi ekkan o‘simliklardan farq qiluvchi belgilarni kuzatadi va ularning urug‘ini olib 17 yil davomida ekadi va 10 mingdan ortiq o‘simlikni kuzatadi. Ana shu vaqt davomida u uch xil bir-biridan farq qiluvchi o‘simliklarni kuzatadi. Bu belgilar butun o‘simlikni o‘zgartirganini aytadi va ularni yangi tur deydi. De Friz Darvin fikrlarini noto‘g‘ri deb topadi va tur to‘lqinsimon sakrash yo‘li bilan hosil bo‘ladi, deydi. Bunda gen o‘zgarmaydi, balki tur o‘zgaradi deydi.
De Friz o‘zigacha rus botanigi va antidarvinist S.I.Korshinskiy tabiiy o‘zgaruvchanlik asosida geterozis ta’limotini yaratganligini bilmaydi. Geterozis har xil tug‘ilish degan ma’noni bildiradi. Albatta har ikkala olim ham nohaq edi. Chunki mutatsiya birdan turni o‘zgartira olmaydi. Bu olimlar tanlashni inkor etadi.
Irsiy yoki mutatsion o‘zgaruvchanlik deyilganda xromosomalarning kimyoviy o‘zgarishidan iborat bo‘lgan irsiy o‘zgarishlar tushuniladi. Mutatsiya quyidagilar bilan harakterlanadi:
1. Mutatsiya to‘satdan, hech qanday oraliq formalarsiz paydo bo‘ladi.
2. Yangi formalar deyarli turg‘un bo‘ladi.
3. Mutatsiya sifat o‘zgarishi hisoblanadi.
4. Mutatsiya har xil yo‘nalishda paydo bo‘ladi, ular foydali yoki zararli bo‘ladi.
5. Bir marta paydo bo‘lgan mutatsiya va qaytadan paydo bo‘lishi mumkin.
Mutatsiya butun tirik organizmga xos bo‘lib, u to‘rt xil bo‘ladi:
1. Gen mutatsiyasi.
2. Xromosoma mutatsiya.
3. Genom mutatsiya.
4. Sitoplazmatik mutatsiya.

Yüklə 26,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə