Rivojlanish psixologiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari



Yüklə 279,09 Kb.
səhifə34/36
tarix17.03.2023
ölçüsü279,09 Kb.
#102763
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Rivojlanish ORALIQ 2

84.UZOQ UMR KORUVCHILAR Uzoq umr ko‘rishning, umr uzayishining muhim omillaridan yana bittasi kasb-korlik faoliyatiga bog‘liq psixik holatning barqarorlashuvidir. Ana shu holatga insonning ko‘rish idrokida fazoni farqlash (fazoviy tasavvur) qobiliyati kiradi. Fransuz geron­tologi va oftalmologi G.Offre “Gerontologiya asoslari” (1960) kitobidan joy olgan “Ko‘zning keksalarga xos o‘zgarishi” asarida ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar keltiradi. Uning fikricha, keksalikda presbioniya (grekcha, qarilikda ko‘rishning zaiflashuvi) hodisasi ro‘y berib, yaqinni ko‘rish yomonlashadi. G.Offrening fikricha, 10 yoshdan ko‘rish akkomodatsiyasining kuchi pasayishi, agarda 10 yoshda akko­modatsiya kuchi 16 dioptriyaga (grekcha optik o‘lchov) teng bo‘lsa, 40−45 yoshda−4, keyinchalik esa 1 bir dioptriyaga tushib ketishi mumkin. 50−60 yoshlarda akkomodatsiya o‘zining eng quyi darajasiga tushadi, biroq shundan keyingi yosh davrlarida barqarorlashib boradi. Jahon psixologiyasi fani ma’lumotlariga qaraganda, akkomodatsiyaning kuchi shunchalik kamayib boradiki, yaqinni faqat kuzoynak bilan ko‘riladigan bo‘ladi.PSIXOLOGIYASI.blob:https://web.telegram.org/Insoniyat hamisha yorug‘ kelajakka intilib yashagan. U ilmiy-texnika inqilobi natijasida tabiatning ko‘plab sir-asrorlarini bilib oldi. Biroq, inson uning salbiy oqibatlari namoyon bo‘lishiga ham guvohdir. Masalan, transport shovqinlari, jismoniy toliqish, kam harakatchanlik, turli ziddiyatli vaziyatlar, ruhiy-ma’naviy nomukammallik, surunkali asabiylik, ruhiy zo‘riqishlarga sabab bo‘lmoqda. Xastaliklarning kelib chiqish sabablari xilma-xil. Ulardan eng asosiysi insonning ruhiy muammolaridir.

Inson tashqi olam bilan turfa munosabatlarda bo‘ladi, har xil odamlar bilan muomala qiladi. Ayniqsa, ruhiy holat bilan jismoniy holat o‘rtasidagi muvozanat, barqarorlik, uyg‘unlik, sihat-salomatlik uzviy bog‘liq bo‘ladi. Bunda tashqi ta’sirlar tufayli yuzaga kelgan ichki holatni boshqara bilish – katta iroda mahsulidir.

Emotsiya – bu biologik ehtiyojlarni tezda baholash va qondirishga bo‘lgan zaruriyat hisoblanadi. Emotsiyasiz hayot bo‘lmaydi. Emotsiyalar (ehtiroslar) – sub’ektiv sezgi sifatida turlarning saqlanib qolishida yashash uchun kurashda muhim ahamiyat kasb etadi va ular bosh miyaning maxsus limbik qismi tomonidan boshqariladi hamda dastlab bosh miyaning po‘stlog‘iga yo‘naltiriladi, so‘ngra vegetativ asab tizimi va endokrin bezlar orqali ichki a’zolarga yo‘naltiriladi, shuningdek, tezda butun tanani to‘liq qamrab oladi. Oiladagi, ishdagi va jamiyatdagi ziddiyatlar salbiy emotsional qo‘zg‘alishga sabab bo‘ladi, noxush qo‘zg‘alishlar bosh miyaga tarqalsa nevrozlarni, a’zolarga tarqalsa turli ichki kasalliklarni keltirib chiqaradi. Salbiy emotsiyalar inson salomatligiga o‘zining ta’sirini o‘tkazib, turli kasalliklar rivojlanishiga va surunkali xastaliklarning qaytalanishiga olib keladi.94817bcd-1ecc-45f6-97b5-c7f110787da0

83QARILIK DAVRIDAGI SHAXSLAR ARO MUNOSABATLAR. Qarilik, keksalik (qarish) — organizm hayotining yoshga bogʻliq muayyan bir davri, muqarrar ravishda yuz beradigan jarayon. Aʼzo va sistemalarda oʻziga xos oʻzgarishlar roʻy berib boradi, bu esa asta-sekin organizmning hayotga moslashuv imkoniyatlari susayishiga olib keladi. Odamlarning Qarilik davri 75 yoshdan keyin boshlanadi (90 yoshdan oshgan kishilar uzoq umr koʻruvchilardir), bu fiziologik Qarilikdir bunda aqliy va jismoniy quvvat, maʼlum ish qobiliyati, xushchaqchaqlik va atrofga qiziqish saqlanadi. Turli noxush tashqi va ichki taʼsirotlar barvaqt yoki patologik Q.ga olib keladi. Odatda, Q.ning dastlabki belgilari odamda yetuklik davridan (shartli ravishda 60 yoshdan) soʻng boshlanadi. Lekin aslini olganda, Q. organizmning oʻsishi va rivojlanishi toʻxtagandan keyin sezila boshlaydi. Mas, 30—35 yoshlarda biologik jarayonlarning faollik darajasi pasaya boshlaydi. Qarish turli toʻqima va aʼzolarda bir vaqtda boshlanmaydi va turli darajada kechadi, u organizm hujayralari yashash xususiyatlarining asta-sekin susaya borishidan iborat. Dastlab Q. tufayli boshlangan oʻzgarishlar amalda organizmning hayot sharoitlarining keskin oʻzgarishlariga moslashuvchanlik jarayonini buzmasada, ammo borabora yosh ulgʻayib, oʻzgarishlar kuchayganda organizm bunga endi ancha qiynalib moslashadi. Xususan, bu kasallik davrida, jismoniy va ruhiy zoʻriqishlarda bilinadi. Qarish jarayoni, birinchi navbatda, yuraktomir va nerv sistemasiga taʼsir qiladi; bunda bir faoliyatdan ikkinchisiga oʻtish qobiliyati qiyinlashadi. Tormozlanish jarayonining yetarli boʻlmasligi nerv sistemasi qoʻzgʻaluvchanligining oshishiga olib keladi, shu tufayli atrofdagi narsalarga moslanish va javob reaksiyalari sust ishlanib, sekin yoʻqoladi; emotsional beqarorlik kuchayadi. Q. qoʻpincha turli xil surunkali kasalliklar bilan kechadi, bu barvaqt qarib qolishga olib kelishi mumkin. Umuman yoshga xos oʻzgarishlar bilan kasallanish oʻrtasida maʼlum darajada bogʻliklik bor. Q.da organizmning moslanuvchanlik va tiklanish imkoniyatlari susayadi, bu — kasalliklarning avj olishiga va ularning ancha ogʻir oʻtishiga sabab boʻladi. Shuning uchun kasallikning oldini olish barvaqt qarishga yoʻl qoʻymaslikka yordam beradi. Hozirgacha Q. sabablari toʻgʻrisida aniq fikr yoʻq, lekin u bir qadar irsiyatga ham bogʻliq. Baʼzi oilalarda uzoq umr koʻruvchilarning nasldannaslga oʻtganligi maʼlum. Ayollarda Q.ning erkaklarga nisbatan kechroq kuzatilishi genetik apparatning xususiyatlariga va boshqalar omillarga (mas, ayollarda chekish, spirtli ichimliklar ichish kam) ham bogʻliq boʻlishi mumkin. Maʼlumki, Q. surʼati turlicha boʻladi: baʼzilarda 75—80 yoshda, hatto ancha keyin ham turli ishlar bilan shugʻullanish uchun kuchquvvat va imkoniyat boʻladi. Biroq yosh oʻtishi bilan barcha odamlarda mehnat qobiliyati pasayadi, salga toliqadi. Shu sababli, yosh oʻtganda kishining ahvoli yaxshi boʻlsa ham ogʻir ish qilmaslik kerak. Q. davrida ovqatlanish, mehnat va dam olish rejimiga qatʼiy rioya etish, uxlashdan oldin ozroq sayr qilish, chiniqish muolajalari va boshqalar katta ahamiyatga ega. Biroq chiniqish muolajalari turini va muddatini, albatta, vrach bilan maslahatlashib olgan maʼqul. Aytib oʻtilganlarga amal qilish barvaqt Q.ning oldini oladi va uning maromida kechishiga, shuningdek, odamning jismoniy va maʼnaviy imkoniyatlarini iloji boricha saqlab qolishga olib keladi. Q. sabablari va sirasrorlarini gerontologiya, ularda kechadigan kasalliklarni esa geriatriya fani oʻrganadi.[1]. .

Yüklə 279,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə