Rivojlanish psixologiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari


Keksayish davrida bilish jarayonlari



Yüklə 279,09 Kb.
səhifə32/36
tarix17.03.2023
ölçüsü279,09 Kb.
#102763
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Rivojlanish ORALIQ 2

Keksayish davrida bilish jarayonlari
Kundalik hayotda ko‘pchilik qariyalarning aqli ham susayadi, deb hisoblaydi. Masalan, yosh yigit qo‘ygan narsasini eslay olma- sa, hech kim bunda hech qanday qo‘rqinchli narsani ko‘rmaydi, lekin bunday e’tiborsizlik qariyalar tomonidan amalga oshirilsa, bunday o‘zgarishlarni qarilik o‘zgarishlarining namoyon bolishi — skleroz deb baholaydi. So‘nggi vaqtlarda ilmiy adabiyotlarda normal qarilikda intellektual faoliyatning susayishi haqidagi qarama-qarshi fikrlar uchray- di. Qarilik davrida kognitiv jarayonlarning o‘zgarishi muammo- sini o'rgangan tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ko‘pgina aqliy ko‘nikmalar nisbatan saqlanib qoladi. Bu yosh davrida xotira- ni keng doirada o‘rganish natijalariga ko‘ra (Perlmutter, Adams, Barry, Kaplan, Person & Verdonik, 1987) xotiraning susayishi faqat qarilik oqibati emas, balki boshqa omillar, depressiya, faol faoliyatning to‘xtatilishi va dorilarning salbiy ta’siri natijasidir. Qarilik davrida kognitiv rivojlanish darajasida ma’lum susa- yish ro‘y beradi. Masalan, bilish jarayonida ma’lumotlarni qayta ishlash, mexanik eslab qolish tezligining pasayishi kuzatiladi. Lekin bunga mos ravishda kompensatsiyalar ham ro‘y beradi. Natijada ma’lum kognitiv xarakteristikalarning yo‘qotilishi kundalik hayotga ta’sir qilmaydi (Perlmutter et al., 1987; Salthouse, 1985). Qarilik davridagi inson bilish qobiliyatidagi muhim o‘zgarish- lardan biri — bu jismoniy va aqliy operatsiyalar bajarish tezligi- ning susayishida namoyon boladi. Bu yoshga yetgan insonlarda reaksiya vaqti ortadi, perseptiv ma’lumotlarni qayta ishlash se- kinlashadi, kognitiv jarayonlar tezligi susayadi. Qariyalarda kognitiv qobiliyatlarning susayishi muammosi xotira funksiyalarining o‘zgarishi doirasida ko‘proq o‘rganilgan. Informatsion nuqtayi nazardan yondashuvchi xorij psixologlari sensor, birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi xotira mavjudligini ta’kidlaydi. Ularning fikricha, sensor xotira — juda qisqa mud- datli ko‘rish yoki eshitish xotirasidir, bunda informatsiya qayta ishlanguncha 250 millisekund vaqt oralig‘ida xotirada saqlab tu- riladi. 0 ‘tkazilgan tadqiqotlardan ma’lum bolishicha, qariyalar yoshlarga qaraganda kamroq ma’lumotni xotirada saqlab qola- di. Birlamchi xotira xorijlik tadqiqotchilar tomonidan cheklangan ma’lumotlar hajmini saqlash sifatida tavsiflanadi. Masalan, sotib olinayotgan tovarning narxini eslab qolishni misol sifatida kelti- rish mumkin. Bu xotira turini ishchi xotira, yoki operativ xotira ham deb atash mumkin. Tadqiqotlarda yoshlar keksalarning birlamchi xotirasida farqlar aniqlanmagan. Ikkilamchi xotira uzoq muddatli xotira turi bolib, unda yosh xususiyatlari yaqqol namoyon boladi. Yodlash va qayta esga tushirishni o‘rganishga baglshlangan tadqiqotlarda qariyalar be- rilgan ro‘yxatdagi kam so‘zlarni, rasm detallarining oz qismini eslab qolishi aniqlandi. Uchlamchi xotira bu ilgari bolib o‘tgan voqeani eslashdir. Xoti- raning bu turi keksalarda toliq eslab qolinadi. Keksalar ilgari bolib ,jo‘tgan tarixiy voqealarni batafsil eslab qoladi, agar bu voqeada o‘zi ishtirok etgan bolsa, yanada yaxshiroq xotirada saqlanadi. Shu bilan birga keksalik davridagi insonlarda xotira saqlani- shida individual farqlar kuzatiladi. Masalan, oliy ma’lumotli keksalar o‘rta ma’lumotli tengdoshlariga nisbatan xotira testlarini
yaxshiroq eslab qoladi. Intellektual faoliyat bilan faol shug‘ulla- nadiganlar bu testlarda yaxshi natija ko‘rsatishadi. Rus psixologlari tomonidan xotiraning yosh funksiyalari o‘zga- rishini kuzatilgan tadqiqotlarda aniqlanishicha, yosh o‘tishi bilan mexanik esda olib qolish yomonlashadi, mantiqiy xotira esa saqlanib qoladi. Obrazli xotira so‘z-mantiq xotiraga nisbatan kamroq esda qoladi. Shunday qilib, keksalik davrida xotira asosida mantiqiy bogla- nish yotadi, mantiqiy xotira tafakkur bilan chambarchas boglangani uchun keksalarda tafakkur yaxshi rivojlangan deyish mumkin. Yoshlar xotira jihatdan keksalardan ustun bolsalar-da donolik jihatidan ustun emas. Donolik — bu inson bilimlarining ekspert tizimi bolib, hayotning amaliy jihatlariga yo‘naltirilgan, hayotiy muhim muammolar bo‘yicha foydali maslahatlar berishdir. Pol B.Bal hamkasblari bilan birga donolikni o‘rganib, uning bir necha kognitiv xususiyatlarini aniqlagan. Birinchidan donolik, insonlarning hayot mazmuniga aloqador muhim va murak- kab muammolarni yechish bilan bogliqdir. Ikkinchidan, donolik bilimlar, fikrlar va maslahatlarning yuksak darajasi bilan ajralib turadi. Uchinchidan' donolik bilan bogliq bilimlar shunchalik keng va chuqurki, ularni maxsus vaziyatlarda qollash mumkin. To‘rtinchidan, donolik shunday aqlni o‘z ichiga oladiki, undan shaxsiy foydaga hamda insoniyat foydasiga foydalanish mumkin. Beshinchidan, donolikka erishish qiyin, lekin ko‘pchilik insonlar uni osongina anglaydi. Intellektual funksiyalar pasayishining sabablari. Keksalarda intellektual funksiyalarning pasayishiga turli sabablar: bevosita va bavosita sabablar bolishi mumkin. Intellektual funksiyalar pasayishining bevosita sabablariga miya kasalligi, masalan, Alsgeymer kasalligi va miya qon-tomirlarining kasallanishini keltirish mumkin. Bavosita sabablariga esa bosh miya funksiyalari bilan bogliq emas, lekin intellektual funksiyalarni amalga oshirish uchun ta’sir ko‘rsatadigan sabablar kiradi. Ularga: inson sog‘lig‘ining umumiy yomonlashuvi, ma’lumot darajasining quyinligi, bilish faoliyati motivatsiyasining mavjud emasligi va boshqalar kiradi.
Demensiya — keksalik boshlanishi bilan bog‘liq shaxs o‘zga- rishlari, amneziya, bilish nuqsonlarini o‘z ichiga olgan buzilish- larning bir butun kompleksidir. Senil demensiya — inson tafak- kurining adekvatligida namoyon boladigan miyaning organik kasalligidir. Amerikalik olimlar tadqiqotlarida aniqlanishicha, qariyalar uyida yashovchi 75—84 yoshli keksalarning 20% demensiya kasalligining bir turi hisoblangan Alsgeymer kasalligiga cha- linishgan. 85 yoshdan keyin qariyalar uyida yashovchi keksalarning 47% ida senil demensiya kuzatilgan (Evans et al., 1989). 0 ‘z oilalarida va faol hayot tarzini olib borayotgan keksalarda demensiya kamroq kuzatilgan. Alsgeymer kasalligi. Ushbu kasallikda keksalarda bosh miya po‘stlog‘i hujayralarining buzilishi kuzatiladi. Kasallikning dastlabki belgilari mayda-chuydalarni esdan chiqarib qo‘yishda namoyon boladi. Keyinchalik qayerda bolganligini, kundalik ishlarni ham esdan chiqarib qo‘yadi, o‘ziga ovqat ham tayyorlay olmaydi, yaqin kishilarini ham tanimaydi. Demensiyaning boshqa bevosita sababi mikroinsultdir. Mikroinsult — miya qon bilan ta’minlanishining o‘tkir buzilishidir. Keksalarda intellektual funksiyalarning buzilishi barchada bir xil emas. Ayrim olimlar 70 yoshdan keyin ham ishchanlik qobili- yatlarini saqlab qolgan: P.La-mark, M.Eyler, K.Laplas, Im.Kant, I.P.Pavlov «Yigirma yillik tajriba» asarini 73 yoshda yaratgan. E.G‘oziyevning shogirdi A.B.Sabirova ontogenezning kech- ki bosqichlarida insondagi subyektlilik va emotsional sohaning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etgan bolib, bu davrda o‘z-o‘zi- ning emotsional holatini quyi baholash shaxsiy xavotirlanishning oshishiga sabab bolishini, shuningdek, o‘z-o‘zining emotsiyalari quyi baholanganda esa vaziyat bilan bogliq xavotirlanish dara- jasi ortishini ta’kidlab 0‘tadi1. Bu qonuniyat emotsional nazorat hissiy o‘z-o‘zini boshqarishning obyektiv indikatori ekanidan dalolat beradi. A.B.Sabirova o‘z tadqiqoti natijasida qarilik va keksalik davrida shaxsiy xavotirlanish o‘rtasida ahamiyatli dara- jadagi farq namoyon bolganini ko'rsatib, bu holatni quyidagicha izohlaydi: qarilik davrida insonlar kuchli emotsional zo‘riqishni boshdan kechiradilar va bu holat ulardagi normal hayotiy tuzil- malarning buzilishiga olib keladi. Keksalik davrida esa shaxs bilan bog‘liq xavotirlanishning susayishi qarilik davriga nisbatan xulq-atvor strategiyasining ishlab chiqilganligiga asoslanadi va bu holat ulardagi emotsional hayajon reaksiyasini susaytiradi.



Yüklə 279,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə