Rivojlanish psixologiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari


Yetuklik davrida psixofiziologik va bilish jarayonlarining rivojlanishi



Yüklə 279,09 Kb.
səhifə30/36
tarix17.03.2023
ölçüsü279,09 Kb.
#102763
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
Rivojlanish ORALIQ 2

Yetuklik davrida psixofiziologik va bilish jarayonlarining rivojlanishi
— Psixofiziologik funksiyalar rivojlanishi ikki fazali xarakterga ega. Birinchi bosqich - funksiyalar taraqqiyotida frontal rivojlanish bolib — tugllgandan ilk yoki o‘rta yetuklikkacha kuzatiladi. Ikkinchi bosqich — psixofiziologik funksiyalarning ixtisoslashu- vi — 26 yoshdan keyin faolroq namoyon bola boshlaydi. 30 yosh- da ixtisoslashuv hayotiy tajribaning egallanishi va kasbiy mahorat evaziga ustunlik qiladi. — Yetuk insonning psixologik va psixofiziologik rivojlanishi qarama-qarshi va murakkab strukturaga ega bolib, bilish qobiliyati va alohida funksiyalar funksional darajasining susayishi, barqarorlashishi va kuchayishi jarayonlarining almashishini (bir- galikda kelishini) kuzatish mumkin. Aniqlangan qonuniyat ney- rodinamik, psixomotor xarakteristikalarga verbal va noverbal intellekt, xotira kabi oliy psixik funksiyalarga xosdir. — Rivojlanishning geteroxronligi (bir xilda kechmasligi) — insonning individ, shaxs va faoliyat subyekti sifatida yutuqlari va rivojlanish darajasi mos kelmaydi. Bilish funksiyalarining dinamikasi. 17 yoshdan 50 yoshgacha bolgan davrda verbal va noverbal intellekt rivojlanishi bir xilda kechmaydi. Ilk yetuklik davrida (18—25 yosh) psixik funksiyalarning kuchli rivojlanishi xos. Xotira, diqqat tafakkur konstruktiv, ijobiy siljishlar, cho‘qqilar kuzatiladi. Barqarorlashuv 33—35 yoshda kuzatiladi. 35 yoshgacha inson intellektual faoliyati funksional asoslarining bir butunligi davom etadi. 30—33 yoshda diqqat, xotira, tafakkur kuchli rivojlanadi, 40 yoshlarda ular birmuncha susayadi. 41—50 yoshda 36—40 yoshga nisbatan tafakkur ham birmuncha susayadi. Ko‘pchilik soha vakillari uchun 35—39 yosh ijodiy faollik uchun o‘rtacha maksimum yosh hisoblanadi. Aniqroq to‘xtala- digan bolsak, matematik, fizik, ximik kabi aniq fanlarda ijodiy cho£qqiga erishish 30—34 yosh, geolog, vrachlarda 35—39 yosh, psixolog, faylasuf va siyosatchilarda birmuncha kechroq 40—55 yoshlarda kuzatiladi.
Kattalarda bilish funksiyalarining saqlanishiga qadriyatlar yo‘nalganligi katta ta’sir ko'rsatadi1. Hayotning turli sohalarida yangilikka faol intilish, ma’lumotlarni izlash, erishilgan natija bilan cheklanmaslik, obrazli tafakkur rivojlanish darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 0 ‘z kasbiy mahoratini takomillashtirish, maxsus adabiyotlarga doimiy murojaat qilish verbal-mantiqiy, amaliy va obrazli tafakkurning rivojlanishiga olib keladi. 51—55 yoshda ham tafakkurning har xil turlarining, diqqat va xotiraning rivojlanishiga kasbiy faoliyatdagi bilishga faol intilish, bo‘sh vaqtda ham nimalarnidir o‘rganishga intilish ijobiy ta’sir qiladi. Kattalarning intellektual potensialini optimallashtirishning muhim omillari quyidagilardir: ma’lumoti darajasi (oliy, texnik, gumanitar, o‘rta maxsus va h.k.); ta’lim — individual va tashkiliy bilish jarayoni sifatida; kasbiy faoliyat turi; mehnat faoliyati xa- rakteri (aqliy zo‘riqishga ehtiyoj, ijodiylikning mavjudligi) va b. Yetuk insonlar intellekti saqlanishi bilan bir qatorda uning strukturasida sifat jihatidan qayta o‘zgarishlar sodir boladi. So‘zli matnlarni umumlashtirish ustunlik qiladi. Intellekt rivojlanishida yangi bolishi mumkin bolgan bosqich — muammoni o‘zi qo‘ya olishidadir. Uzoq muddatli xotirada verbal esga tushirish keksalik davri- gacha o'zgarmaydi, reaksiya tezligi, qisqa muddatli xotira, qayta esga tushirish birmuncha susayadi. Shunga qarmay kasbiy xotiraning takomillashishi mnemik funksiyalarning umumiy susayi- shi bilan mos kelmasligi mumkin. So‘nggi zamonaviy longityud tadqiqotlarda aniqlanishicha, yetuklik davridagi insonlarning kognitiv rivojlanishi tugallan- maydi, lekin kattalarning aynan qanday qobiliyatlari qanday qilib o‘zgarishi haqida umumiy fikrga kelinmagan. Bunda ayrim olim- lar «dialektik tafakkur va mustaqil tanlangan pozitsiya va mas’u
liyat» tushunchalaridan foydalanadilar, bunda intellekt sifat ji- hatidan qayta qurilishi nazarda tutiladi. Tafakkur rivojlanishida dialektik bosqich bu qarama-qarshi fikrlarni o‘ylab topish, ularni sintezlash yoki ideal va real holatlarni integratsiya qilishdir. Boshqa tadqiqotchilar esa turli yosh davrlaridagi murakkab va- zifalarni hal qilish uchun intellektdan egiluvchan foydalanish va uni doimiy takomillashtirish haqida fikr yuritadilar1.



Yüklə 279,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə