Rivojlanish psixologiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari


Yetuklik davrining inqirozlari



Yüklə 279,09 Kb.
səhifə29/36
tarix17.03.2023
ölçüsü279,09 Kb.
#102763
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
Rivojlanish ORALIQ 2

Yetuklik davrining inqirozlari
G‘arb psixologiyasida yetuklik davridagi inqirozlarni o‘rganish bu yosh davridagi rivojlanishni tahlil qilishning asosiy yondashu- vlaridan biridir1. Ko‘proq shaxsiy o‘sishlar ro‘y beradigan yosh davrlarini ajratish mumkin: 20 yoshlar atrofida, 30 yoshlar atro- fida (28—34), 40—45, 55—60 yoshlarda va nihoyat keksalik davrida. Yetuklik davrida inqirozlarning kechishi, davomiyligi shaxsiy hayotdagi sharoitlarga bog‘liqdir. Bu yosh davrida rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchi o‘sishga va o‘z-o‘zini takomillashtirish- ga ichki intilish hisoblanadi. Inqirozni keskinlashtiradigan sha- roitlar sirasiga sog‘liqning to‘satdan o'zgarishi (kutilmagan kasal- lik, uzoq kasallanish, garmonal o‘zgarishlar), ijtimoiy va siyosiy hodisalar, talablarning, sharoitning va ijtimoiy kutilmalarning o‘zgarishi va b.) kirishi mumkin. Kritik davrning kechishi turli shakllarda namoyon bolishi mumkin. Bu davrning «inqirozliligi» haqidagi tasavvurga barcha tadqiqotchilar ham qo‘shilmaydilar. Inson hayotining «ikkinchi yarmiga» K.Yung ham juda qiziqqan. Hayotning o‘rtasini u «ruhning chuqur va qiziqarli o‘zgarishlari» ro‘y beradigan kritik davr sifatida qaragan2. Yetuklik davrida inson ichki o‘z-o‘zini anglashi, K.Yungning ta’bi- ri bilan aytganda «individualizatsiyani» amalga oshirishi zarur. Hayotining ikkinchi yarmida inson shaxs turli elementlarining muvozanati va integratsiyasi yordamida o‘z shaxsining yuksak rivojlanishiga erishishi mumkin. K.Yungning fikricha, shaxsining yuksak darajasiga hamma ham erishmaydi.
D.Levinsonning kattalar hayotini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlari qiziqish uyg‘otadi. U 35—45 yoshdagi 40 nafar ameri- kalik erkaklarni o'rgangan, ularning har biri bilan 15 soatlik bio- grafik intervyu o‘tkazgan hamda mashhur shaxslarning biografi- yalarini o‘rgangan. Natijada erkaklarning hayot siklida har bir 20 yil davom etadigan uch asosiy eralarni aniqlagan. Har bir era davomida individuum hayot strukturasini qayta quradi. Levinson quyidagi o‘tish davrlarini ajratgan: — ilk yetuklik — 17—22 yosh; — 30 yoshlarga o‘tish — 28—33 yosh; — o‘rta yetuklik — 40—45 yosh; — 50 yoshlarga o‘tish - 50-55 yosh; — kechki yetuklikka o‘tish — 60—65 yosh; — yetuklik davriga kirishning boshlanishi — 17—33 yoshlarga to‘g‘ri keladi. To‘liq yetuk bo‘lish uchun yosh erkak rivojlanish jarayonida vujudga keladigan 4 vazifani uddalashi kerak: 1) orzuga erishish va reallik haqida o‘ylab ko‘rish: asossiz fantaziyalar va umuman erishib bo‘lmaydigan maqsadlar, shuningdek, orzuning umuman yo‘qligi o‘sishga imkon bermaydi; 2) ota-ona bola munosabatlaridan yetuk tengdoshlar dunyosi munosabatiga o‘tishni amalga oshirish uchun ustoz topish; 3) o‘zining karyerasini qurish; 4) «o‘ziga xos ayol» bilan intim aloqalarni o‘rnatish, bu ayol unga kattalar dunyosiga kirishga yordamlashadi, uning umidlarini oqlaydi, uning bogliq xulq-atvori va boshqa kamchiliklariga chi- daydi, orzulari amalga oshishida uni qahramon deb qabul qiladi. Levinsonning fikricha, o‘tish davrlarida inson stresslarni bosh- dan kechiradi, chunki bu davrda maqsadlar, qadriyatlar, hayot tarzi qayta quriladi va qayta baholanadi. Amerikalik olima G.Shixi, Levinsonning tadqiotlaridan il- homlanib, shunday izlanishlarni ayollarda 0‘tkazadi1. Uning tadqiqotlari ham Levinson natijalarini tasdiqladi.
Dastlabki inqiroz ilk yetuklikka o‘tishda, 20-22 yoshda namoyon bo‘lib, «ota-ona ildizlaridan bolinish» inqirozi deb ataladi. Yoshlikning asosiy vazifalari va muammolari: hayotiy rejalarni aniqlashtirish va ularni amalga oshirishga kirishish; o‘zligini topish individuallikni ishlab chiqish; o‘zining huquq va majburiyatlarini bilgan yetuk inson deb anglash; turmush o‘rtoq tanlash va o‘z oila- sini qurish; kasbiy faoliyatda ixtisoslashish va mahoratni egallash. 30 yoshlar - o‘rta yetuklik, «oltin yoshga» olish yuqori dara- jada ishchanlik davri. 30 yosh inqirozi — to‘plangan tajriba asosida hayotiy rejalarni korreksiya qilish vazifalari bilan bogliq, kasbiy faoliyat va oilada tartibli va oqilona hayot strukturasini yaratish bilan bog‘liqdir. Yoqimsiz hislarni bartaraf etishga intilgan inson ilgarigi tanlovlari — turmush o‘rtoq, karyera, hayotiy maqsadlari- ni qayta baholaydi. Ko‘pincha hayot tarzini tubdan o‘zgartirish kuzatiladi; erta qurilgan oilaning buzilishi; kasbiy qayta yo‘1 lash. 30 yoshdan keyin — «ildizlar va kengayish» — moddiy va ya- shash muammolarini hal qilish bilan bog‘liq, xizmat pog‘onasida ko‘tarilish, ijtimoiy aloqalarning kengayishi, o‘z kelib chiqishini tahlil qilish, ilgari rad etilgan o‘z Menini asta-sekin qabul qilish. 40 yosh inqirozi — hayot o‘rtasining inqirozi bolib, keng tarqal- gandir. Bu yosh davridagi inqirozning dastlabki belgilari ichki dunyoning o‘zgarishi — ilgari muhim, qiziqarli deb hisoblangan narsalarga befarq munosabat namoyon boladi. Identiklik inqirozi — o‘ziga o'xshamaslik, boshqacha bolib qolganini his qilish- da ko‘rinadi. Inqiroz jismoniy kuchlari va yoqimtoyligining ka- mayayotganini his qilish bilan bogliqdir. Hayotiy kuchlarining kamayayotganligini anglash — o‘z-o‘zini baholashga va Men kon- sepsiyasiga qattiq ta’sir qiladi. Ayniqsa bu yoshdagi inqiroz ijod bilan shug‘ullanuvchi kasb egalarida qiyin kechadi. 40 yosh inqirozi xavfli va katta imkoniyatlar davri sifatida ang- lanadi. Yoshligi tugaganini anglash, jismoniy quvvatining kamay- ganligi, rollar va kutilmalarning o'zgarishi, xavotirlanish, chuqur o‘z-o‘zini tahlil qilish, kayfiyatning keskin tushishi bilan kechadi. Hayotini to‘g‘ri yashaganiga shubhalanish bu yosh davridagi
yetakchi muammodir. Bundan tashqari G.Spixi ayollardagi yosh inqirozlarining erkaklardan farqlarini ko‘rsatib bergan. Ayollar- ning hayot yo‘li bosqichlari ko‘proq oilaviy sikl hodisalari bilan bog‘liq: turmush qurish, farzandlar tug‘ilishi, bolalarning ulg‘ayi- shi, «bo‘sh uya» (ulg‘aygan bolalar ota-ona uyini tark etishi). Eriksonning ta’kidlashicha, o‘rta yetuklik davrida avlodi- ni saqlash hissi kuchayadi, kelgusi avlod va uning tarbiyasiga qiziqish ortadi. Hayotning bu davri turli sohalarda yaratuvchan- lik va mahsuldorlik bilan ajralib turadi. R.Pek Eriksonning g‘oyalarini davom ettirib, bu yosh davrida 4 inqirozning kuzatilishini va ularning hal qilinishi navbatda- gi shaxsiy rivojlanish uchun zarur sharoit hisoblanadi: — insonda donolikni hurmat qilish rivojlanadi (jismoniy kuch- ga nisbatan); — jinsiy munosabatlarning ijtimoiy munosabatlarga almashi- nuvi (jinsiy rollarning susayishi); — emotsional egiluvchanlikni saqlash; — ruhiy egiluvchanlikka intilish (psixik rigidlikni bartaraf etish), xulq-atvorning yangi shakllarini izlash1. Inson inqirozli kechinmalami muvaffaqiyatli bartaraf etish uchun o‘zida emotsional egiluvchanlikni, o‘sayotgan bolalar va keksayayot- gan ota-onalarga nisbatan hissiy barqarorlikni rivojlantirishi zarur. 0 ‘rta yosh inqirozini hal qilish - hayotiy maqsadlami qayta ko‘rib chiqish, insonga berilgan umming qisqaligini anglash, hayot sharoit- larini tuzatish, yangi Men obrazini ishlab chiqish, turmush o‘rtog‘iga, do‘stlariga, farzandlariga ko‘proq e’tibor qaratish, yangi holatini to‘g‘ri idrok etish yangi barqaror davrga olib keladi. Inqirozlarni muaffaqi- yatli bartaraf etgan insonlarda 50—60 dan keyin kundalik muam- molar chetga chiqadi, yanada mahsuldor ishlash uchun sharoit yara- tiladi. Hayotiy tajribani umumlashtirish asosida ikkilamchi ijodiy cho‘qqilarga erishish mumkinligi, o‘z tajribasini tizimlashtirish, ish- xonadagi yoshlarga o‘rgatish shaxsga quvonch bag‘ishlaydi.
Inqirozli kechinmalarning hal qilinmasligi 50 yoshlarda uning yanada kuchayishiga olib keladi. Inson o‘zidagi o‘zgarishlarni rad etib, lavozim kreslosiga yanada yopishib oladi: «Men hali shu yer- da ekanman, men bilan hisoblashish kerak, menga yana ishingiz tushadi». So'nggi vaqtlarda jamiyatning tez rivojlanishi, axborot- lashuv asrida yetuklik davri inqirozlarining yanada yasharganligi- ni kuzatish mumkin. 60 yoshga yaqinlashganda nafaqaga chiqish- ga tayyorlanish munosabati bilan barcha motivatsiyada o‘zgarish kuzatiladi. Yetuklik davridagi inqirozlarning bolalik davridagi inqiroz- lardan farqlari quyidagilarda kuzatiladi: — yetuklik davrida asosiy faoliyat turi doimiy bo‘lad i (mehnat, ishlab chiqarish, oila, muloqot va b.), bolalik davrida esa yetakchi faoliyat doimiy ravishda o‘zgarib turadi; — yetuk shaxs asosiy faoliyat turining ichida chuqur o‘zgarish- lar ro‘y beradi; — yetuklik davri inqirozlari uzoqroq vaqtda (7—10 yosh) paydo bo‘ladi, ma’lum bir xronologik yoshga bog‘lanmagan, ko‘proq ijtimoiy vaziyatga, hayotning shaxsiy sharoitlariga bogliq; — inqirozlar orasidagi intervallarda rivojlanish tekis kechadi, xronologik chegaralar shartlidir; — yetuklik davridagi inqiroz anglangan holda, yopiq kechadi, atrofdagilarga keskin namoyon qilinmaydi; — inqirozdan chiqish, uni bartaraf etish shaxsning ichki faol- ligiga, uning o‘zigagina bogliq. Normal inqirozlardan farqli ravishda anomal rivojlanishda ichki qarama-qarshiliklarni hal qilish uchun nuqsonli shakl- lardan foydalaniladi. Masalan, spirtli ichimliklarga berilish mo- tivatsion va mazmunli intilishlarning o‘zgarishiga olib keladi.



Yüklə 279,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə