Rivojlanish psixologiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari


Yetuklik davrining yetakchi faoliyati va rivojlanishning ijtimoiy shart-sharoitlari



Yüklə 279,09 Kb.
səhifə28/36
tarix17.03.2023
ölçüsü279,09 Kb.
#102763
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
Rivojlanish ORALIQ 2

Yetuklik davrining yetakchi faoliyati va rivojlanishning ijtimoiy shart-sharoitlari
Bu yosh davrida rivojlanishning ijtimoiy vaziyati insondan ishlab chiqarish sohasiga, mehnat faoliyati sohasiga, o‘z oilasi- ni qurish va farzandlar tarbiyalashga faol kirishishni talab etadi. Yetuklik davrida rivojlanishning ijtimoiy vaziyati ichki tomondan mustaqillikka intilish, mas’uliyat hissining kuchayishida ifodalanadi. 0 ‘z hayoti va yaqinlarining hayoti uchun shaxsiy mas’uliyatni anglash, bu mas’uliyatni qabul qilishga tayyorlik — yetuklik davridagi rivojlanish ijtimoiy vaziyatning asosiy ke- chinmasidir. A.N.Leontev, D.B.Elkonin tomonidan bolalik davri uchun ishlab chiqilgan yetakchi faoliyat haqidagi tasavvurlar yetuklik davrida uning ma’nosini chuqurroq tushunishni talab qiladi. Yetuklik davrida faoliyatning yetakchi tipi mehnat hisoblanadi. Akmeologiya nuqtayi nazaridan aniqlanishicha, nafaqat jamiyatning ishlab chiqarish faoliyatiga kirishish, bunday faoliyatda insonning kuchlarini maksimal darajada foydalanish nazarda tu- tiladi1. Shunday qilib, insonning turli faoliyat sohalarida - jismoniy, axloqiy, intellektual, kasbiy sohalarida yuksak yutuqlarga erishishga intilishi nazarda tutiladi.


Yetuklik davrida shaxs rivojlanishi
Yetuklik davrida shaxsning rivojlanishi psixologiyadagi kam o'rganilgan muammolardan biridir. Masalan, psixoanalitik na- zariyalar shaxs anomaliyalariga, patologik variantlariga e’tibor qaratadi. Norma kasallik belgilarining yo'qligi sifatida qarala- di. Boshqa yo‘nalish, gumanistik psixologiya vakillari o‘zligini namoyon qilgan mashhur shaxslarni absolutlashtiradi.
N.A.Ribnikov 1920-yillarda katta odamlarning rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadigan yosh psixologiyasi sohasini akme- ologiya deb atagan. Bu g‘oya so‘nggi 10 yillikda akmeologiyaning insonni yetuklik davridagi rivojlanish mexanizmlari, qonuniyat- lari va mexanizmlarini o‘rganadigan mustaqil ilmiy fanga aylani- shiga sabab boldi. Akmeologiya insonning individ sifatida, shaxs sifatida faoliyatning talantli subyekti sifatida, individuallik sifatida ota-ona, fuqaro, turmush o'rtoq, do‘st sifatida shakllanish sharoitlari, yollari va usullarini o‘rganadi. A.A.Bodalevning ta’kidlashicha, yetuk inson «rivojlanishida- gi cho'qqi», yetuklik cho‘qqisi sifatida акте fenomeni — ko‘p 0‘lchamli holat bolib, variativ va o'zgaruvchandir turli yosh davrlarida cho‘qqiga turlicha erishiladi1. Inson hayot yolini kuzatish cho‘qqiga erishishda har bir yosh davrining (go‘daklik, ilk bolalik, maktab yoshidagi davri va h.k.) inson bolg‘usi mak- roakmesining namoyon bolish shakllari va mazmuniga tayyor- lanishda katta ahamiyatga ega. Fan va madaniyatda buyuk iz qoldirgan mashhur insonlarning hayotini o‘rganish hayotining har bir bosqichida mikroakmelar namoyon bolganligini kuzatish mumkin. Turli insonlardagi akmelarni solishtirishdan shu narsa aniqlandiki, uning namoyon bolishi lokal (bir faoliyat doirasida) va keng (ko‘p sohalarda) bolishi mumkin (misol sifatida Leonardo da Vinchi va M.V.Lomonosovni olim-ensiklopedist va san’at arbobi sifatida keltirish mumkin). Inson tomonidan akmega eri- shishga yordamlashuvchi yoki unga xalaqit beruvchi bir necha omillarni ko‘rsatish mumkin: — Ijtimoiy makroomillar (jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy omil- lar, shaxs yashagan tarixiy davr, ijtimoiy kelib chiqishi, aniq ijtimoiy vaziyat, insonning yoshi, jinsi);
— Ijtimoiy mikroomillar (maktab, oila, ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish jamoasi, oilaning boshqa a’zolarining, o‘qituv- chilar, muloqot doirasining ta’siri); - 0 ‘z-o‘zidan rivojlanish omili, shaxsning o‘z ustida ishlashi, ichki dunyosining uzluksiz faolligi.

Yüklə 279,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə