E - Dastlabki va tekshiruvchi sinflash yanchish hamda nazoratlovchi sinflash, operatsiyalaridan tashkil topgan sxema.
Tegirmonlarning
turlari va iashlash prinspi
Barcha tegirmonlar ikkita asosiy turga bo‘linadi:
Aerodinamik: Yanchish vositalaridan foydalanmasdan
Mexanik: Yanchish muhitidan foydalanib, baraban, rolikli, diskli
Yanchish vositalari bo‘yicha: Sharli, Sterjenli, Gaykali, O‘z-o‘zini yanchar
Baraban formasi bo‘yicha:
Konussimon, Slindrsimon
Mexanik tegirmonlar ishchi korpusning geometrik shakliga bog‘liq holda barabanli, halqali, kosali va diskli turlarga bo‘linadi.
Halqali tegirmonlar ba’zan oson yanchiladigan materiallar – ko‘mir, fosforitlar va boshqalarni quruq yanchish uchun qo‘llaniladi. Bu yerda halqaning ichki qoplamasi ishchi yuza bo‘lib, halqaning ichki yuzasini yumalatuvchi silindrli yoki boshqa shakldagi roliklar yanchuvchi
jismlar hisoblanadi
Kon-ruda sanoatida aerodinamik (oqimli) tegirmonlar nisbatan kam qo‘llaniladi va faqat yupqa va o‘ta yupqa material uchun qo‘llaniladi. Ular ishlashining qoidasi shundan iboratki, bunda material zarralari siqiq havoning qarshi oqimi, qizitilgan bug‘ yoki gaz bilan haydaladi va bir-biri bilan urilishi natijasida yanchiladi.
Boyitish fabrikalarida va metallurgik korxonalarning ruda tayyorlash bo‘linmalarida, asosan, aylanma barabanli tegirmonlar qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: