Reja: Yanchish haqida tushuncha. Rudalarning yanchiluvchanligi



Yüklə 79,74 Kb.
səhifə2/6
tarix27.12.2023
ölçüsü79,74 Kb.
#163428
1   2   3   4   5   6
Amaliy mexanika

Yanchish usullari.
a - mahsulotnin yumalatish orqali; b - aralashtirish orqali; d - titratish orqali.
Yanchish jarayoni barabanli tegirmonlarda amalga oshiriladi. Bunday tegirmonlarni ishlatish yuqori kapital va ekspluatatsion xarajatlar bilan bog‘liq. Shuning uchun keyingi paytlarda o‘ziyanchar barabanli va boshqa tegirmonlarga katta qiziqish uyg‘onmoqda. Ko‘p turdagi rudalar uchun o‘zini-o‘zi yanchishda minerallarning yuzasi yaxshiroq ochiladi, boyitishning sifat-miqdor ko‘rsatkichlari ortadi, 1 tonna boyitma olish uchun ketadigan po‘latning sarfi kamayadi.
Barabanli tegirmon yonbosh tarafdan yopiladigan qopqoqli va ichi g‘ovak sapfali (bo‘yinli) silindrik barabandan iborat.
Yanchish darajasi dastlabki mahsulot zarralari eng katta o‘lchamining Dmax yanchilgan zarralarning eng katta o‘lchamiga dmax nisbati bilan belgilanadi:

Yanchish darajasi 250 gachani tashkil etishi mumkin. Yanchishning bunday darajasiga bir marta qabul qilish bilan erishish qiyin, shuning uchun yanchish ham maydalash kabi, ko‘pincha, bir nechta qabul qilishlarda (bosqichlarda) amalga oshiriladi.
Yemirish usullarini amalga oshirish turiga ko‘ra yanchuvchi jismli mexanik yanchish, yanchuvchi jismsiz pnevmatik va aerodinamik yanchish mavjud.
Barcha yanchish mashinalarini ishlash qoidasiga ko‘ra ikkita asosiy guruhga bo‘lish mumkin: mexanik tegirmonlar (yanchuvchi jismli) va aerodinamik tegirmonlar (yanchuvchi jismsiz oqimli yanchish apparatlari).
Foydali qazilmalarning yanchiluvchanligi
Dastlabki yiriklikdagi materialning yanchiluvchanligi deganda, yanchishda uning ko‘p yoki kam darajada berilgan yiriklikdagi mahsulotga oson aylanish qobiliyati tushuniladi.
Rudaning yanchiluvchanligi -0,074 mm yiriklikning yangidan hosil bo‘lgan hisoblash sinfi bo‘yicha (yoki hisoblash sinfining boshqa o‘lchami bo‘yicha) tegirmonning solishtirma unumdorligi bilan tavsiflanadi.
Yanchish jarayoni quruq “Aerofol” va ho‘l “Kaskad” usulda olib borilishi mumkin. Boyitishdan oldin ho‘l yanchish qo‘llangani afzal, chunki boyitishning aksariyat usullari suv yordamida amalga oshiriladi. Yanchishning asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib yanchish darajasi hisoblanadi. Bu kattalik xuddi maydalash darajasi kabi qattiq zarrachaning yanchishgacha bo‘lgan kattaligining yanchishdan keyingi kattaligiga nisbatidan topiladi.

Boyitish fabrikalari ishi amaliyotida barabanli tegirmonlar ochiq, yopiq va tasniflanadigan apparatli qisman yopiq davrda ishlaydi.
Yanchishning ochiq davri(sikli) - bu keyinchalik tasniflashni qo‘llamasdan yoki tasniflashning yirik mahsulotini yanchish jihozlariga qaytarmasdan materialni yanchish ( a-rasm). Bu davrda yanchiladigan material tegirmon orqali bir marta o`tadi va tayyor mahsulot bevosita tegirmondan olinadi.
Hozirgi qisqa tegirmonlarda yanchishning ochiq davrida tayyor mahsulot 2-3 mm ga yetadigan (eng katta o‘lchov bo‘yicha) nisbatan yirik olinmoqda. Bunday yiriklikdagi mahsulot zarralarning ko‘p darajada yupqaligi talab qilinmaydigan gravitatsiyali, elektromagnitli va boshqa usullar bilan boyitishga yuborilishi mumkin.

Yüklə 79,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə