8-mavzu. Yanchish haqida tushuncha. Rudalarning yanchiluvchanligi



Yüklə 9,53 Kb.
səhifə1/4
tarix30.12.2023
ölçüsü9,53 Kb.
#166856
  1   2   3   4
8-ma\'ruza

8-MAVZU. YANCHISH HAQIDA TUSHUNCHA. RUDALARNING YANCHILUVCHANLIGI.

    • Yanchish jarayonlarining ahamiyati va sanoatdagi roli.

1
    • Yanchish sxemalari haqida ma’lumot.

2
REJA:
Yanchish jarayonlarining maydalash jarayonlardan farqi shundaki, bunda yanchilgan maxsulot 5mm dan katta bo‘lmagan o‘lchamlarda chiqadi. Foydali qazilmalarni yanchish jarayonlari boyitish fabrikalarida bir yoki bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi. Shuningdek ochiq va yopiq sikllarda amalga oshiriladi. Yopiq siklda ishlagan tegirmonlarning samaradorligi yuqori bo‘ladi va yanchilgan maxsulotning bir xil o‘lchamda chiqishiga yordam beradi. Yanchish jarayonlari maxsulot turiga karab turli xil tegirmonlar yordamida amalga oshirilgan xolda asosan boyitish fabrikalarida, gidrometallurgiya zavodlarida, sement ishlab chiqarish zavodlarida, fosforit zavodlarida, gips va gips maxsulotlarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Tegirmonlarning samaradorligi aylanma yuklama (sirkuliruyushaya nagruzka) ga bog‘liq.
Yanchish – talab qilingan yiriklikka (5 mm.dan kam) va minerallarning ochish darajasiga erishish maqsadida yopiq hajmda tashqi kuchlar ta’siri ostida foydali qazilma bo‘laklarini yemirish jarayoni. Odatda, maydalangandan so‘ng kamida 10-25 mm yiriklikdagi material yanchishga kiritiladi.
Yanchish natijasida keyingi boyitish uchun yirikligi bo‘yicha yaroqli bo‘lgan va bo‘sh jinslardan mumkin qadar xalos bo‘lgan zarralar ko‘rinishidagi foydali minerallar mavjud mahsulot olinadi.
Yanchilgan mahsulot zarralari yirikligi, odatda, 1 mm.dan oshmaydi, ko‘pincha esa zarralarni to‘liq ochish maqsadida ruda zarralarning 0,1 mm kam yirikligigacha yanchiladi.
Yanchish jarayonida, u maydalagichga qaraganda kengroq, erkinroq maydonda olib borilganligi tufayli mahsulotning tegirmon ichida bo‘lish vaqti katta va ish vaqtida yanchishni oson boshqarish mumkin.
Yanchish usullari.
a - mahsulotnin yumalatish orqali; b - aralashtirish orqali; d - titratish orqali.
Yanchish jarayoni barabanli tegirmonlarda amalga oshiriladi. Bunday tegirmonlarni ishlatish yuqori kapital va ekspluatatsion xarajatlar bilan bog‘liq. Shuning uchun keyingi paytlarda o‘ziyanchar barabanli va boshqa tegirmonlarga katta qiziqish uyg‘onmoqda. Ko‘p turdagi rudalar uchun o‘zini-o‘zi yanchishda minerallarning yuzasi yaxshiroq ochiladi, boyitishning sifat-miqdor ko‘rsatkichlari ortadi, 1 tonna boyitma olish uchun ketadigan po‘latning sarfi kamayadi.
Barabanli tegirmon yonbosh tarafdan yopiladigan qopqoqli va ichi g‘ovak sapfali (bo‘yinli) silindrik barabandan iborat.
Barabanli tegirmonning ishlash prinsipi.
1 – silindrik baraban; 2,3 – yonbosh qopqoqlar; 4,5 – ichi bo‘sh sapfa

Yüklə 9,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə