Reja: Yanchish haqida tushuncha. Rudalarning yanchiluvchanligi



Yüklə 79,74 Kb.
səhifə5/6
tarix27.12.2023
ölçüsü79,74 Kb.
#163428
1   2   3   4   5   6
Amaliy mexanika

Sterjenli tegirmonlar (МСЦ) Tuzilishi bo‘yicha markazdan bo‘shatishli sharli tegirmonlarga o‘xshash. Bo‘tana harakati yo‘nalishi bo‘yicha uning sathini yanada keskin kamaytirish uchun va material o‘tishi tezligini oshirish uchun sterjenli tegirmonlarning bo‘shatish sapfalari diametri, xuddi shunday namuna turidagi sharli tegirmonlarnikiga qaraganda juda katta. Bunday tegirmonlarning bo‘shatish o‘g‘izlari 1200 mm diametrga ega va yana, tekshirish va ta’mirlash uchun baraban ichiga kirishda ulardan foydalaniladi. 40 mm.dan 100 mm.gacha diametrli yuqori uglerodli po‘latdan tayyorlangan sterjenlar tegirmonlar uchun maydalash jismlari hisoblanadi.
Sterjenli tegirmonlar sharli tegirmonlardan oldin mahsulotni dag‘al tuyish uchun, shuningdek rudani gravitatsiya va magnit usullarida boyitish uchun tayyorlashda ishlatiladi.
O‘z-o‘zida yanchish tegirmonlari (MS). Rudali o‘z-o‘zidan yanchish jarayonining mohiyati shundaki, bunda rudada mavjud bo‘lgan yirik bo‘laklar rudaning juda kichik zarralarini yanchadi va bir vaqtning o‘zida o‘zi ham yanchiladi. O‘z-o‘zidan yanchishda tegirmonga 500 mm.gacha yiriklikdagi ruda yuklanadi, bunda mayda, o‘rtacha, ba’zan esa yirik maydalashga zaruriyat istisno qilinadi.
Bunday tegirmonlar tuzilishi bo‘yicha odatdagi barabanlilarga o‘xshash: ularning asosiy farqi faqat uzunligi kam (0,3-0,5 diametr) bo‘lganda, diametri kattaligidan (11-13 m.gacha) iboratdir. Maydalaydigan muhitni yuqori balandlikka ko‘tarish uchun barabannning ichki yuzasiga maxsus plastinalar –lifterlar payvandlangan. Katta diametr bo‘laklar urilishining zarur bo‘lgan kuchini ta’minlaydi va tegirmonning solishtirma unumdorligini oshiradi. O‘z-o‘zidan yanchish quruq holda (MSS) “Aerofol” va nam holda (MMS) “Kaskad” tegirmonlarida amalga oshiriladi.
O‘z-o‘zidan yanchish tegirmonlari misli-molibdenli, temirli, oltin tarkibli va boshqa turdagi rudalarni qayta ishlashda yirik bo‘lakli materialni yupqa yanchish (0,3-0,07 mm gacha) uchun mo‘lajallangan. Rudali yarim o‘z-o‘zidan yanchish rudali o‘z-o‘zidan yanchishdan shunday farq qiladiki, bunda tegirmonga qo‘shimcha tarzda tegirmon hajmining 6-10% miqdorida katta diametrli (100-125 mm) po‘lat sharlar yuklanadi. Sharlar maydalangan rudada yirik bo‘laklar yetishmasligida, shuningdek, tegirmon unumdorligini oshirish uchun qo‘shiladi.
Aerofol turdagi tegirmon tuzilishi bo‘yicha ko‘p jihatdan ММЦ tegirmoniga o‘xshaydi. Dastlabki ruda tegirmonga yuklovchi sapfa orqali tushadi. Baraban - qisqa silindr 1 aylanganda markazdan qochuvchi kuch va lifter 2 lar yordamida ruda bo‘laklari ma’lum balandlikka ko‘tariladi va pastki zonaga tushadi (yig‘iladi), buning natijasida mahsulotning yanchilishi sodir bo‘ladi.



Yüklə 79,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə