Reja: Kirish. Asosiy qism



Yüklə 41,06 Kb.
səhifə1/9
tarix28.11.2023
ölçüsü41,06 Kb.
#134059
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kirish. Asosiy qism Menejmentni turkumlash asoslari-hozir.org


Kirish. Asosiy qism: Menejmentni turkumlash asoslari

MUSTAQIL ISH

Bajardi: Xadjayev Jonibek



Reja:



  1. Kirish.


  2. Asosiy qism:


    1. Menejmentni turkumlash asoslari


    2. Menejment tiplarining turkumlanishi


      1. Menejmentni iqtisodiy uslublari


      2. Boshqaruvning tashkiliy farmoyish uslubi


      3. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari


    3. Menejer va rahbarlik uslublari


      1. Menejer vazifalari


      2. Menejer va uning toifalari


      3. Rahbarga qo’yiladigan talablar


  3. Xulosa.


  4. Foydalanilgan adabiyotlar.



Kirish.
Menejment (ingl. management) — boshqarish, tashkil etish) — maxsus boshqarish faoliyati; boshqarish toʻgʻrisidagi fan. Menejmentning holati ishlab chiqarish samaradorligiga, texnika va texnologiya darajasi hamda ishchi kuchining sifatiga taʼsir koʻrsatadi. Menejment fanining mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obʼyekti orasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, uning asosiy vazifasi boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik sanʼati sirlarini oʻrganishdan iborat. Boshqaruv — tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat etish jarayonidir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha boʻgʻinlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Menejment ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiyhuquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir. Menejment dastavval iqtisodiy nazariya fani bilan yaqindan bogʻliq. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy usullarni qoʻllashga, har bir xodimga va jamoaga taʼsir koʻrsatishga asoslanadi. Bir qancha iqtisodiy fanlar: makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, mehnat iqtisodiyoti kabilar ham menejment fani bilan chambarchas bogʻliqsir. Oʻzbekistonda menejment ning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari 14—15-asrlarda Amir Temur davrida shakllana boshlagan. Buyuk sarkarda "Temur tuzuklari" asarida davlat, qoʻshin va boshqalarni boshqarish sanʼati toʻgʻrisida oʻz qarashlarini bayon etib, izohlab bergan.
Menejment nazariy asosini bir necha yuz yillar davomida toʻplangan amaliy tajriba natijalari tashkil etadi, ularni nazariy jihatdan asoslab turli xil konsepsiyalar, nazariy gʻoyalar, ish prinsiplari va uslublari ishlab chiqilgan. Boshqarish tamoyillarini Teylorning zamondoshi fransuz olimi Anri Fay-ol ishlab chiqdi. Korxonada amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalarni u olti guruhga boʻlib, boshqarishni 6-guruhga kiritadi. Menejment yoki boshqarishning obʼyekti korxona faoliyati, uning subʼyekti esa boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning xodimlaridir. Ular aholining alohida ijtimoiy qatlamini tashkil qiladi.

Asosiy qism


Yüklə 41,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə