Mikroiqtisodiyot



Yüklə 23,87 Kb.
səhifə1/5
tarix29.11.2023
ölçüsü23,87 Kb.
#139961
  1   2   3   4   5
1 ma\'ruza mikro


1-MAVZU. 

“MIKROIQTISODIYOT” FANINING PREDMETI

VAZIFALARI VA METODI 

Darsning o’quv maqsadi:

Talabalarda jamiyatdagi iqtisodiy muammolar va ularni hal etishda 

“Mikroiqtisodiyot” fanining roli, Mikroiqtisodiyot fanining predmeti, vazifalari va 

metodi, tanlash muammosi, alternativ harajatlar, iqtisodiy tahlil metodologiyasi 

haqida tushuncha hosil qilish, bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.

Tushunchalar va tayanch iboralar

Iqtisodiy 

nazariya, 

mikroiqtisodiyot, 

makroiqtisodiyot, 

pozitiv 

mikroiqtisodiyot, normativ miroiqtisodiyot, iqtisodiy model, resurslar, ehtiyojlar, 

kamyoblik, iqtisodiy talab, alternativ xarajatlar, iqtisodiy tahlil metodologiyasi 

Asosiy savollar 

1. Jamiyatdagi iqtisodiy muammolarni idrok etishda “Mikroiqtisodiyot” 

fanining roli

2. Mikroiqtisodiyot fanining predmeti, vazifalari va metodi 

3. Tanlash muammosi. Alternativ harajatlar 

4. Iqtisodiy tahlil metodologiyasi 

1. 

Jamiyatdagi 

iqtisodiy 

muammolarni 

idrok 

etishda

“Mikroiqtisodiyot” fanining roli 
Har bir inson jamiyatda yashayotgan ekan, u doimiy ravishda iqtisodiy 
jarayonlarga duch keladi, iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanadi.
Jamiyat va undagi har bir shaxsning asosiy maqsadi cheklangan resurslardan 
maqsadga muvofiq foydalanishni ta’minlaydigan yo‘nalishlarni tanlash va yuqori
natijalarga erishishdan iborat. Odatda kishilar o‘z manfaati yo‘lida, korxonalar – 
foyda miqdorini ko‘paytirish yo‘lida harakat qiladi, davlat bo‘lsa ana shular
faoliyatini yagona maqsad yo‘lida – jamiyatning farovonligini, kishilar turmush 
sharoitini yuksaltirishga qaratishi lozim. Turli davlatlarda bu maqsadga har xil
darajada erishiladi.
“Mikroiqtisodiyot” fani korxonalar, firmalar va shu kabi mamlakat xalq
xo’jaligining quyi bo‘g‘inidagi ob’ektlar faoliyatiga taalluqli fan bo‘lganligi uchun 
u shu korxona (firma) larda cheklangan resurslardan maqsadga muvofiq tarzda
foydalanilgan holda kishilar ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan moddiy ne’matlarni 
ko‘paytirishni tashkil etishda muhim rol o‘ynaydi.
Iqtisodiy muammolarning tub mohiyati resurslarning cheklanganligi hamda 
inson ehtiyojlarining cheklanmaganligi bilan izohlanadi. Bu jarayon iqtisodiyot 


Yüklə 23,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə