Reja: Kirish. Asosiy qism


Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari



Yüklə 41,06 Kb.
səhifə4/9
tarix28.11.2023
ölçüsü41,06 Kb.
#134059
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kirish. Asosiy qism Menejmentni turkumlash asoslari-hozir.org

1.3. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari.
Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari - bu ishlab chiqaruvchi va ayrim shaxslarga ularning ijtimoiy extiyojlari va psixologik xususiyatlariga ta’sir etish bilan boshqarish vositasidir. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullarini qo’llash korxonada yo’z berayotgan ijtimoiy xodisalarni chukur urganish xodimlar nerv sistemasi kayfiyatiga ta’sir etuvchi psixologik (ruxiy) omillarni bilishni talab etadi. Ishlab chiqarish sharoitida sosiologiya kishilar ijtimoiy aloqasi shakllanishining asosi bo’lgan mexnat omillarini urganadi, ijtimoiy tizimlar, shu jumladan, ishlab chiqarish tizimi rivojlanishi va amal qilish qonuniyatlari, kishilarning jamiyatning turli katlamidagi xulk-atvori qonuniyatlarini tadkik kiladi. ijtimoiy psixologiya gurux va omma psixologiyasining xususiyatlari, ularning shaxsning ongi va xulqiga ta’siri, kishilar faoliyatini ragbatlantiruvchi omillar, kayfiyat, ijtimoiy fikrni shakllantiruvchi omillarni urganadi. Shaxs psixologiyasi oliy nerv faoliyati turlari va inson temperamenti, xaraqteri, shaxsning irodasi, kobiliyati, xissiyoti, xotirasi, anglash va xis etish kobiliyatini urganadi, mexnat psixologiyasi mexnat faoliyatlari, shu jumladan, raxbar va mutaxassislar (kasbiy xususiyat va kobiliyatlari, qadrlarni uqitish usullari, ish va dam olish tartibi, qadrlarni tanlash va baxolash usullari, mexnat jarayonining psixologik jixatlari) faoliyatini urganadi. Kishilar fikrlash usulida o’zgarish yo’z berishi va ular madaniy xamda bilim darajasi ortib borishi bilan ijtimoiy-psixologik usullar ahamiyatiiyati xam ortib boradi. Bunday sharoitda shaxsning extiyoj va manfaatlari ma’naviy soxa tomon o’zgarib boradi. O’z mexnatidan konikishning muxim omili bo’lib ishlab chiqaruvchilarning raxbar bilan o’zaro yaxshi munosabati ishlab chiqarishdagi kulay ijtimoiy-psixologik vaziyat xizmat kiladi.
Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari ishlab chiqarishda mavjud ijtimoiy mexanizmni (o’zaro munosabat tizimi, ijtimoiy extiyojlar) qo’llashga asoslanadi. Boshqaruvning ijtimoiy usullari ijtimoiy tartibga solish vositasida amalga oshiriladi.
Ijtimoiy tartibga solish usullari turli guruxlar va shaxslar maksadi va manfaatlarini aniqlash va rostlash yo’li bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va uygunlashtirish maksadida qo’llaniladi. Ular jumlasiga ijtimoiy tashkilotlar nizomlari, shartnomalar, o’zaro majburiyatlar, ishchilarni tanlash, taksimlash va ijtimoiy extiyojlarni kondirish tizimi kiradi. Ijtimoiy tartibga solish usullari inson omili faolligini oshirish, boshqaruvni demoqratlashtirish maksadida xam qo’llaniladi.
Boshqaruvning psixologik usullari jamoada maqbul psixologik xolat tashkil etish yo’li bilan kishilar urtasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgandir. Psixologik usullarga kichik gurux va jamoalarni tashkil etish, mexnatni insoniylashtirish, malakali qadrlar tanlash va ularni uqitish va x.k.lar kiradi. Kichik gurux va jamoalarni tashkil etish usulini qo’llash kichik guruxdagi ishchilar urtasidagi maqbul miqdoriy-sifat nisbatini aniqlash imkonini beradi. Mexnat faoliyatini insoniylashtirish deganda ranglar, musikaning ruxiy ta’siridan foydalanish, bir xil, o’zgarmas mexnatni bartaraf etish, ijodiy yondashuvni kengaytirish tushuniladi. Kasbiy tanlashning moxiyati - kishilarning ruxiy xususiyatlari ular bajaruvchiishlariga eng mos bo’ladigan qilib tanlashdan iborat. Shaxsning ruxiy xususiyatlari juslasiga uning kizikish va mayllari, kobiliyati, temperament va xaraqteri kiradi. Shu sababli, raxbar shaxsga raxbarlik kilganda o’z oldiga inson ruxiy xususiyatlari shakllanishi va rivojlanishini urganishi, uning kiikish va kobiliyati, temperament va fe’lini bilish vazifasini quyishi kerak.
Shaxsning ruxiy xususiyatlarini inson faoliyatida ajratib tushunib bulmaydi, chunki kishi kobiliyati va fe’li xususiyatlari uning faoliyati va xulqida namoyon bo’ladi. Inson xayoti va ommaviy faoliyati uning ruxiy xolatini shakllantiradi. Insonning qanday xayot kechirishi, nima bilan shug’ulanishini bilmay vujudga kelganligi, u yoki bu narsaga kobiliyat rivojlanganligi, fe’li shakllanganligini anglab bulmaydi.
Inson avvalo o’zini ijodiy shaxs sifatida baxolaydi. Ishchi mexnatga bunday nuqtai nazardan karashga darrov kelmaydi: moddiy extiyojlar birlamchi bo’lib, ular konikkandan sung nisbatan yuqsak insoniy extiyojlar ilgari suriladi.
Inson faoliyati ma’lum ragbatlantiruvchi omillarga asoslangan bo’lib, ma’lum maksadga erishishga qaratilgandir. Ragbatlantiruvchi omil - maksad munosabati inson faoliyati o’zagidir. Umumiy ma’noda ragbatlantiruvchi omil - bu insonni faoliyat yuritish uchun undovchi omil bo’lib, maksad esa inson uni amalga oshirish natijasida erishishni xoxlagan narsadir. Ragbatlantiruvchi omil kishi xulqining ichki kuchidir.
Psixologiyada o’zok va kiska ragbatlantiruvchi omil ajratiladi. Agar inson faoliyatini ragbatlantiruvchi omil va o’z oldiga kuygan maksad yakin kelajakka muljallangan bo’lsa, u kiska muddatli, agar ular o’zok istikbolni kamrab olsa o’zok muddatli deyiladi.
Ragbatlantiruvchi omil darajasi bilan insonning mexnatga, yutuk va muvaffakiyatsizlikka nisbatan bo’lgan munosabati uzviy bog’liqdir. Fakat o’zok muddatli ragbatlantiruvchi omil mexnatga ijodiy munosabatda bo’lish manbaidir. Raxbarga xos bo’lgan muxim xususiyat kishilar faoliyatini ragbatlantiruvchi omillarni yaxshi bilish, xar bir kishini u yoki bu vazifani bajarishga kiziqtira olishdir. Bu ayniqsa, u yoki bu korxonaga ishga kirib, ularni kelajakda nima kutishini bilish lozim bo’lgan yoshlar bilan ishlashda muximdir.
Raxbar ishini kim va kachon kaysi skripkani chalishi, kaysi asbobda musika chalishini urgangan, kim noto’g’ri chalishi mumkinligi, kimni kaysi yerga quyish kerakligini bilishi lozim bo’lgan dirijer mexnati bilash solishtirish mumkin.
Kishi ruxiy xususiyatlarning u bajaruvchi ish talablariga mos kelmasligi o’z kasbidan konikmaslik uni o’zgartirishga xarakat qilishga, xato qilish extimoli ortishiga va natijada mexnat unumdorligi pasayishiga olib keladi.. aksincha, agar inson o’z kobiliyatini tulik namoyon kila oluvchi ish bilan bund bo’lsa, u o’z mexnatidan mamnun bo’ladi, kasbni tez egallaydi va mexnat unumdorligi yuqori bo’ladi. Inson uchun fakat moddiy ragbat muxim deb xisoblash noto’g’ri. Unga juda ko’p narsa katta umumiy ishda o’z xissasi borligini xis etish, o’zini mexnat orqali namoyon etish, o’z malakasi bilan gururlanishi, urtoklari xurmatiga sazovor bo’lish va x.k.lar xam muximdir. Ko’pchilik kishilar shaxsiy farovonlikka boshqalar xisobiga erishilgan shaxsiy muvaffakiyat orqali emas, mamlakat iqtisodiyotiga kushgan mexnati xisobiga erishish lozimligini ta’kidlaydilar. Izlanishlar mexnat mexnatga nisbatan munosabatga ta’sir etuvchi ragbatlantiruvchi omillar quyidagi tartibda taksimlanishini ko’rsatdi: mexnat moxiyati, ish xaki, yuqori lavozimga ega bo’lish imkoniyati, ishning kizikarliligi, mexnatni tashkil etish, ma’muriyatning ishchiga nisbatan munosabati.

Yüklə 41,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə