5-rasm.
Bu hol istalgancha ko’p nuqtaga, ya’ni biror shaklga ham taalluqlidir.
Masalan, noma’lum biror narsaning qog’ozdagi tasviri aylana yoki doira bo’lsin.
Narsaning
bu bitta proeksiyasiga qarab, uning shaklini va o’lchamlarini bila
olmaymiz.
Bu yerda qanday narsa (shar, silindr, konus yoki boshqa narsa) tasvirlanganini
ham aytib bo’lmaydi.
Shunday qilib, bitta tasvir b - shakl (proeksiya), geometriya nuqtai nazaridan
olganda, aslining o’rnini bosa olmaydi. Bunday tasvir asosida aslini o’rganish
mumkin bo’lmaydi.
Kishilarning amaliy faoliyatida narsaning haqiqiy shaklini aniqlashga imkon
beradigan tasvirgina ahamiyatga ega. Bunday tasvirdan foydalanib,
aslini har
taraflama o’rganish, ya’ni uning shaklini, o’lchamlarini aniqlash va unga oid turli
geometrik masalalarni yechish mumkin.
Shunday qilib, tasvir asosida unda ifodalangan narsaga oid nuqtalarning
fazodagi o’rinlarini aniqlash uchun qo’shimcha shartlar kerak. Bunday shartlar turli
usullar bilan berilishi mumkin. Shunga ko’ra, fazoviy
narsalarni tekislikda
proeksiyalar orqali tasvirlash usullari ham ko’p. Hozirgi zamon chizma
geometriyasining
mukammal kursi, yuqorida aytib o’tilganidek, asosan to’rtta
usulni:
perspektiv, aksonometrik, ortogonal va sonlar bilan belgilangan
proeksiyalar
usullarini o’z ichiga oladi.
ORTOGONAL PROEKSIYALAR USULI
MONJ USULI
Narsalarni bir-biriga perpendikulyar ikkita tekislikdagi to‘g‘ri
burchakli
proeksiyalari bilan tasvirlash usuli
Dostları ilə paylaş: