6-rasm.
7-rasm.
Proeksiya tekisliklari cheksiz katta sirtlardir. Shuning uchun epyurda ularning
faqat kesishuv chizig‘i (OX) ko‘rsatiladi (8-rasm). 8-rasmdagi nuqtaning epyurini
o‘qish uchun, xuddi 7-rasmda tasvirlangan epyurni o‘qiganimizdek, 6-rasmdagi
fazoviy chizmani ko‘z oldimizga keltirishimiz kerak.
Proeksiyalar tekisliklariga nisbatan turli vaziyatda joylashgan nuqtalarning
epyurlari
Nuqtaning fazodagi o‘rniga qarab, uning gorizontal va frontal proeksiyalari
epyurda proeksiyalar o‘qiga nisbatan turlicha joylashadi.
EPURE (epyur) fransuzcha bo‘lib, o‘zbekcha ma’nosi tekis chizma
demakdir.
Bunday hollar to‘qqizta:
1. A nuqta fazoning birinchi choragida V ning oldida, H ning ustida (6, 7, 8-
rasmlar). Epyurda bunday nuqtaning gorizontal proeksiyasi OX o‘qining ostida,
frontal proeksiyasi esa OX o‘qining ustida
va gorizontal proeksiyasi ham, frontal
proeksiyasi ham o‘qqa nisbatan bitta perpendikulyarda joylashadi.
8-rasm.
9-rasm.
2. 9-rasmda fazoning ikkinchi choragida turgan B (b, b') nuqta tasvirlangan,
tekisliklarning boshqa chorakdagi qismlari uzib qo‘yilgan.
Bu nuqta frontal
tekislikning orqa tomonida, H
1
ning ust tomonida turibdi. Shuning uchun nuqtaning
gorizontal proeksiyasi H
1
ga, frontal proeksiyasi esa V ga tushadi va epyurda ikkala
proeksiya OX o‘qining yuqori tomonida joylashadi. Agar ikkinchi chorakda turgan
nuqta H
1
va V tekisliklardan teng masofada bo‘lsa, uning ikkala proeksiyasi epyurda
bir nuqtada bo‘ladi (10 -rasm).
3. 11-rasmda ko‘rsatilgan C nuqta fazoning uchinchi choragida olingan.
Epyurda bunday nuqtaning gorizontal proeksiyasi OX o‘qining yuqori tomonida,
frontal proeksiyasi esa OX o‘qining ost tomonida joylashadi.
10-rasm.
11-rasm.
12-rasm.
13-rasm.
4. 12-rasmdagi D nuqta fazoning to‘rtinchi choragida olingan.
Epyurda
bunday nuqtaning ikkala proeksiyasi OX o‘qining ost tomonida kelib chiqadi. Agar
bu D nuqta H va V
1
tekisliklardan teng masofada turgan bo‘lsa,
uning ikkala
proeksiyasi epyurda bir nuqtada bo‘ladi (13-rasm).
5. E nuqta birinchi va ikkinchi choraklar chegarasida — V tekislikda yotibdi
(14-rasm). Bunday nuqtaning frontal proeksiyasi o‘zi turgan joyda,
gorizontal
proeksiyasi OX o‘qida bo‘ladi; epyurda esa
e'
o‘qning yuqori tomonida bo‘ladi.
6. F nuqta ikkinchi va uchinchi choraklar chegarasida — H
1
da yotibdi.
Nuqtaning gorizontal proeksiyasi o‘zi turgan joyda bo‘ladi, frontal proeksiyasi OX
o‘qiga tushadi (14-rasm); epyurda esa nuqtaning gorizontal proeksiyasi f o‘qning
yuqori tomonida bo‘ladi.
7. G nuqta uchinchi va to‘rtinchi choraklar chegarasida — frontal proeksiyalar
tekisligining V
1
yarmida yotibdi (14- rasm). Epyurda bunday nuqtaning frontal
proeksiyasi OX o‘qining ost tomonida bo‘ladi, gorizontal proeksiyasi esa o‘qqa
tushadi.
8. I nuqta birinchi va to‘rtinchi choraklar chegarasida — H da yotibdi (14-
rasm). Epyurda nuqtaning gorizontal proeksiyasi OX o‘qining ost tomonida, frontal
proeksiyasi esa OX o‘qida bo‘ladi.
14-rasm.
9. K nuqta proeksiyalar o‘qida yotibdi, uning ikkala proeksiyasi ham o‘zi
turgan joyda bo‘ladi (14-rasm).
Shunday qilib, nuqtalarning gorizontal va frontal proeksiyalarining epyurda
OX proeksiyalar o‘qiga nisbatan joylashuviga qarab, shu nuqtalar turgan joylarni
aniq ko‘rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: