Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ



Yüklə 455,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/9
tarix24.03.2023
ölçüsü455,29 Kb.
#103113
1   2   3   4   5   6   7   8   9
narimbetova z askarova n 1 1 san 2021

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
67
РЕЗЮМЕ
В статье приводятся конкретные примеры важности дидактических игр на уроках матема-
тики в начальной школе в современный век науки и технологий.
SUMMARY
The article provides specific examples of the importance of didactic games in mathematics 
lessons in elementary school in the modern age of science and technology.
G‘ulomova X.
Toshkent viloyati ChDPI “Boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Таянч сўзлар: 
maqol, hikmatli gap, taqqoslash, umumlashtirish, xulosalash ko‘nikmalari, badiiy 
til vositalari, tarbiya vositasi, estetik zavq.
Ключевые слова: 
пословицы, поговорки, сравнения, обобщения, навыки обобщения, сред-
ства художественного языка, образовательные средства, эстетическое удовольствие.
Key words: 
proverbs, sayings, comparisons, generalizations, summarizing skills, artistic language 
tools, educational tools, aesthetic pleasure.
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH DARSLARIDA MAQOLLAR ESTETIKASI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning “Biz yashayotgan Yangi 
O‘zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g‘oyasi bo‘ladi. Biz mafkura 
deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. 
Ular xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan” 
[1], degan fikrlari xalqning asrlar davomida orttirgan hayotiy tajribasi asosida yaratilan 
maqollarga ham tegishlidir. Maqollar xalqning turmush tajribalari zaminida tug‘ilgan va 
donoligi ifodalangan qisqa, ko‘pincha she’riy shakldagi hikmatli so‘zlar, chuqur ma’noli 
iboralardan tashkil topgan og‘zaki ijod namunasi bo‘lib, g‘oyat muhim badiiy-estetik 
tarbiyaviy vazifani bajarishga qaratilgandir. “Maqol – arabcha, maqola, kichik asar; so‘z, 
nutq. Hayotiy tajriba asosida xalq tomonidan yaratilgan, odatda pand-nasihat mazmuniga 
ega bo‘lgan ixcham, obrazli, tugal ma’noli va hikmatli ibora, gap” [2, 569]. Maqollarning 
mavzu doirasi nihoyatda keng, unda hayotning turli masalalari o‘z aksini topgan. Ko‘pincha 
o‘git, pand-nasihat xarakterida bo‘ladi. Masalan, “Er haydasang - kuz hayda, Kuz 
haydamasang yuz hayda”, “Hunari yo‘q kishining, mazasi yo‘q ishining” va hokazo.
Maqollar xalq og‘zaki ijodining qadimiy shakllaridan biri sifatida xilma-xil badiiy ifoda 
vositalari - ohangdor tovushlar takroridan tashkil topishiga ko‘ra eshituvchining diqqatini 
tortadi. Katta hayotiy va ijodiy tajribaga ega bo‘lgan so‘z ustalarining chuqur ma’noli 
hikmatli so‘zlari ham ko‘pincha xalq maqollariga o‘xshab ketadi. Masalan, A. Navoiyning 
“Mahbub ul-qulub”da aytgan bir qancha hikmatli so‘zlari shular jumlasidandir: “Oz-oz 
o‘rganib dono bo‘lur, qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur”, “Tilga ixtiyorsiz - elga e’tiborsiz” 
va boshq.
Maqollar badiiy asar personajlari nutqida, ba’zan asar sarlavhalarida, badiiy asar 
voqealari yakunida qo‘llanadi. Bir maqol butun asar g‘oyasini ochib berishi mumkin.
Ma’lumki, bola maktabga kelgunga qadar ota-onasi nutqida maqollarni eshitadi va unda 
nima deyilganini ma’lum darajada anglaydi. Hatti-harakatini maqolda aytilgan tanbeh yoki 
rag‘bat asosida boshqaradi. 
Shunga ko‘ra, ta’lim jarayonida ham tez-tez maqollarga murojaat qilish ehtiyoji 
tug‘iladi. O‘quvchilar boshlang‘ich sinflardan boshlab turli uslubdagi matn va sujetli 
rasmlar mazmuni bilan bog‘liq maqollarni o‘qiydilar, ularning ma’nosini izohlaydilar.

Yüklə 455,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə