Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ



Yüklə 455,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix24.03.2023
ölçüsü455,29 Kb.
#103113
1   2   3   4   5   6   7   8   9
narimbetova z askarova n 1 1 san 2021

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
63
kiritiladi. Albatta, qisqa hajmga ega bo‘lgan mazkur qo‘llanma barcha savollarni to‘liq va 
batafsil yoritib bera olmaydi, ammo unda berilgan metodik tavsiyalar va topshriqlardan 
namunalar o‘qituvchining matematika darslarini turli xil usullardan foydalanilgan holda 
tashkil etishiga yordam beradi. Bu didaktik materiallar va o‘yinlardan har bir boshlang‘ich 
sinf o‘qituvchisi ijodiy foydalanishi mumkin.
Maktab islohotining amalga oshirilishi maktabda ta’lim-tarbiya jarayonlarini 
takomillashtirishni, sifat va samaradorligini oshirishni, hayot bilan aloqasini 
mustahkamlashni taqozo etmoqda. O‘yin jarayonida bola faqat tashqi muhit hodisalari 
bilan tanishib uni his etib qolmasdan balki voqеa va hodisalarga o‘z munosabatini 
bildiradi. O‘yin bola faoliyatida ijodkorlikni yanada boyitib aqliy va jismoniy faoliyatini 
tashkil qilishda muhim hisoblanadi. O‘yinning turlari juda ko‘p bo‘lib, aksariyat bolalar 
faoliyatida didaktik o‘yin faoliyati ko‘proq uchraydi. Didaktik o‘yinlar xilma-xil matеriallar 
asosida tashkil qilinib, ular bolalarning aqliy va jismoniy kamol topishida g‘oyat katta 
tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Didaktik o‘yinlarning ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish 
o‘quvchilarning fan asoslarini o‘rganishni yanada yеngillashtirishi shak shubhasizdir.
Barchamizga ma’lumki, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning asosiy faoliyati 
o‘yinlarga qaratilgan. Bola uchun 45 daqiqa o‘rnidan qimirlamay darsni tinglab, 
o‘qituvchi tomonidan berilayotgan barcha ma’lumotlarni o‘zlashtirish judamurakkab. 
Bunday murakkab jarayonni bola ongiga qiyinchiliklarsiz singdirish uchun o‘yin va 
ta’limfaoliyatlarini chambarchas bog‘lash zarur. Ya’ni dars jarayonida ta’limiy va harakatga 
keltiruvchi o‘yinlardan foydalanish, ta’lim samaradorligini biz istagan darajadanda yuqori 
bo‘lishiga erishishimiz mumkin.
Dars jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalanish bolada erkin muloqotga kirishish, o‘z 
fikrini erkin bayon etish hamda yangi bilimlarni, tasavvurni ishga solgan holda to‘laligicha 
esda saqlab qolish imkonini beradi [3].
Ta’limiy o‘yinlarning yana bir jihati shuki, u bolada ikki miya yarim sharlarining bir 
vaqtning o‘zida ishlashini ta’minlaydi. Miyadagi bunday faollik berilgan axbarotni bir 
vaqtning o‘zida qabul qiladi, esda saqlaydi uni qayta tahrirlab berilgan savolga tez va aniq 
javob berishni ta’minlaydi. Shularni inobatga olgan zamonaviy o‘qituvchidan har bir darsni 
didaktik o‘yinlar asosida tashkil etish talab etiladi. Shuning natijasida esa kun davomida 
bolada charchoq, toliqish kuzatilmaydi.
O‘yin faoliyati g‘olib yoki mag‘lub tushunchalardan iborat bo‘lib dars jarayonida 
qo‘llanilganda bola g‘olib bolish uchun kurashadi va ana shu kurash natijasida berilgan 
axbarotni diqqat bilan tinglab bilimlarni osongina egallab oladi. Bir vaqtning o‘zida bu 
bilimlarni hayotda qo‘llab ko‘radi.
Misol tariqasida “33 ta 33” didaktik o‘yinida bola ko‘paytirish jadvalini yaxshi yodlagan 
bo‘lishi va diqqatini ishga solgan holda ishtirok etishi kerak bo‘ladi.
O‘yin sharti sinf o‘quvchilari sonlarni tartib bilan aytganda 3 raqami ishtirok etgan 
sonlar va 3 ga bo‘linadigan sonlar aytilmay o‘rniga qarsak chalinadi. (1,2, qarsak, 4,5, 
qarsak va h.). Sanoq 33 soniga qadar davom etadi sanoqda adashgan o‘quvchi o‘yindan 
chiqib ketadi va sanoq qayta boshlanadi [2].
Didaktik o‘yinlar asosida tashkil qilingan darslarda integratsiya ya’ni fanlar aro 
bog‘lanish yaqol ko‘zga tashlanadi. Matematika darsida “Sayohat dars” didaktik o‘yinini 
misol qilib oladigan bo‘lsak,matematika darsini bir vaqtning o‘zida ona tili va tabiat fanlari 
bilan bog‘lash mumkin.
Didaktik topshiriq: berilgan misollarni to‘g‘ri va aniq yechish xatolar ustida ishlay olish.
O‘yin topshirig‘i: O‘quvchilarning matematikaga bo‘lgan qiziqishini oshirish. Ona 
Vatanimiz O‘zbekistonning qadimiy shaharlari haqida bilim berib atoqli otlarning yozilishiga 



Yüklə 455,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə