Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ



Yüklə 455,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix24.03.2023
ölçüsü455,29 Kb.
#103113
1   2   3   4   5   6   7   8   9
narimbetova z askarova n 1 1 san 2021

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
64
e’tibor qaratish orqali ona tili fani bilan bog‘lash. Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
Dars jarayonida didaktik o‘yinlarni tanlash. Dars jarayonida didaktik o‘yinlarni tanlash 
uning maqsadi va mohiyati tarbiyaviy va ta’limiy xususiyatiga e’tibor bеrish asosiy 
hisoblanadi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, didaktik o‘yinlar hamjihatlik va intizomlilikni 
tarbiyalashga yordam beradi, chunki har bir o‘yin g‘alaba qozonishga intilish bilan bog‘liq 
bo‘lib, o‘yin shartlari va qoidalariga qat’iy va izchil rioya qilishni talab etadi. “Kim aniqroq 
va tezroq”, “Bush kelma”, “Eng yaxshi hisobchi”, “Ko‘rganni eslab qolish diktanti” singari 
o‘yinlarni o‘tkazish paytida o‘quvchilar sinf xonasida jimjitlik bo‘lishiga o‘qyvchilarning 
o‘zlarini tuta bilishlariga, raqamlarga zehn bilan qarashlariga erishadilar. Shuningdek
didaktik o‘yinlar bolalarda do‘stlik, birodarlik, mehnatkashlik hissini tarbiyalash va 
taraqqiy ettirishga yordam beradi. “Kim turgan saf yaxshiroq”, ”Zanjircha”, “Norvoncha”, 
“Bilgan kishi sanashni davom ettiraversin” singari o‘yinlar o‘tkazilayotganda bolalar o‘z 
o‘rtoqlari, o‘zi turgan saf va o‘z sinflarining sharafi uchun kurashadilar. Didaktik o‘yinlarda 
tirishqoqlik, matonatlilik, boshlagan ishni oxirigacha etkaza bilish singari eng kerakli 
irodaviy sifatlar tarbiyalanadi. Masalan, “Estafeta”, “Doiraviy misollar” o‘yinida berilgan 
misollarning hammasini echish kerak, aks holda, oxirgi sonning birinchisiga to‘g‘ri kelish-
kelmasligini bilib bo‘lmaydi. Ana shuning o‘zi bolalarni faollashtirib yuboradi va ular 
misolni echmay qo‘ymaydilar. “Do‘koncha” tipidagi o‘yinda o‘yinchoqlar “sotib olish”ning 
o‘zi bilan ish bitmaydi, balki bir necha o‘yinchoqlar narxini hisoblab (q’o‘shib) chiqishga, 
necha pul “qaytarib” berish kerakligi haqida o‘ylab ko‘rishga ham to‘g‘ri keladi. Quyida 
kеltirilib o‘tayotgan didaktik o‘yinlarimiz bolalar bilan ishlash jarayonida boshlang‘ich 
sinf o‘qituvchilari uchun kеrakli vosita bo‘la oladi va didaktik o‘yinlar asosida dars o‘tish 
bugungi kunda ancha yaxshi natija bеrmoqda [3].

Yüklə 455,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə