Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ



Yüklə 455,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix24.03.2023
ölçüsü455,29 Kb.
#103113
1   2   3   4   5   6   7   8   9
narimbetova z askarova n 1 1 san 2021

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
66
– o‘quv materiallarini obrazlar ko‘rinishida taqdim etish
– differensial va individual o‘qitish jarayonini tashkil qilish
– o‘qish jarayonini baholash, teskari aloqa bog‘lash; 
– o‘z-o‘zini nazorat qilish va tuzatib borish
– o‘rganilayotgan fanlarni namoyish etish va ularning dinamik jarayonini ko‘rsatish; 
– o‘quvchi-talabalarda fanni o‘zlashtirish uchun srategik ko‘nikmalar hosil qilish
– o‘quvchilarning mutsaqil ishlashlari uchun yangi sharoit yaratish
– masofadan o‘qitish tizimini o‘quv adabiyotlari sifatida qo‘llash; 
– ta’lim tizimida o‘quv-laboratoriya ishlarini bajarishda tejamkorlikka erishish kabi 
imkoniyatlarni yaratadi. 
Bu boradaga izlanishlar ta’lim tizimidagi zamonaviy didaktik o‘yinlarni joriy qilish 
bilan bog‘liq ekanligini, ulardan maqsadli foydalanish o‘quv jarayonining samaradorligini 
oshirishga olib kelishini ko‘rsatmoqda.
O‘yin – bolalarning ongi, qalbiga singib ketgan faoliyatdir, ularning bu faoliyati, o‘yin 
turlariga qarab, ob’yektiv voqelikni, hayotni muayyan darajada o‘zida aks ettiradi. O‘yin 
sinfda o‘tilgan o‘quv faoliyatining ma’lum darajada davomi va mustahkamlanishidir. 
Tajribada shu narsa isbotlanganki, o‘yin kichik maktab yoshidagi o‘quvchi bolalarning 
zarur hayotiy ehtiyojidir.
O‘yin - musobaqa darsi o‘quvchilarni yanada faollashtirishga yordam beradi. Albatta, 
o‘yin musobaqa darslarini yil fasllariga moslab tashkil etish katta tarbiyaviy ahamiyatga 
ega. Qanchalik ko‘p va har xil o‘yinlardan foydalanilsa, o‘quvchilarning darsga bo‘lgan 
qiziqishlari va faolliklari shunchalik ortib boradi. O‘yin o‘quvchilarning bilimini oshirish 
va fikrini charxlashning eng qulay usullaridan biri hisoblanadi. O‘qituvchilar yuqoridagi 
o‘yinlardan o‘rinli foydalanib borsa, o‘ylaymizki, farzandlarimiz davrimizning eng yetuk, 
komil insonlari bo‘lib yetishib chiqadilar.
Boshlang‘ich sinflarda didaktik o‘yinlar mavzusining dolzarbligi o‘quvchilarga 
mavzular tushunchasi orqali o‘rganish bolalarga shu mavzuni o‘tish orqali qisman bo‘lsada, 
mavzu mazmunini qiziqarli va tushinarli tarzda yetkazib berishni nazarda tutgan edim.
Bundan ko‘rinib turibdiki, hozirgi rivojlanish davrida o‘sib kelayotgan yoshlarimizni 
har tomonlama yetuk inson, vatanimizning kelajagi qilib tarbiyalash asosan boshlang‘ich 
sinflarda asosiy poydevor quriladi desam adashmagan bo‘laman. Matematika darsiga 
bolalarning qiziqishini o‘stirish boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari zimmasidadir.
Adabiyotlar:
1. J.G‘.Yoldoshev, S.A.Usmonov. “Pedagogik texnologiya asoslari”. Toshkent-2004.
2. “Uzluksiz ta’lim” jurnali 2016. 24 bet.
3. Boshlang‘ich sinflarda didaktik o‘yinlar qo‘lyozmadan. 2004. 7-56 bet.
4. Jumayev M.E., Tadjiyeva Z. “Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi”. 
Toshkent.: Fan va texnologiya, 2005. 284-bet.
4. Наримбетова З.А. Matematika fanida ta’lim texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilar 
tafakkurining rivojlantiruvchi omili. Academic research in educational sciences, Scientific Journal 
Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 Issue 3, pp 1253-1261.
5. Наримбетова З.А. Математикани ўқитишда илғор педагогик технологиялар ва 
ўқитишнинг замонавий усулларидан фойдаланишнинг ўзига хос хусусиятлари. СамДУ Ta’lim 
sifatini oshirish va zamonaviy interfa’ol metodlardan foydalanishning innovatsion texnologiyalari va 
uslublari. 3-Q. 143-146 Б.
РЕЗЮМЕ
Maqolada fan va texnika rivojlangan hozirgi paytda ta’lim sohasida boshlang‘ich sinf matematika 
darslarida didaktik o‘yinlarning ahamiyati haqida aniq misollar yordamida ko‘rsatib berilgan.



Yüklə 455,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə