Universitetdagi ta`limni samarali tashkil etish bo`yicha



Yüklə 11,8 Kb.
tarix28.02.2023
ölçüsü11,8 Kb.
#101667
Marxabo opa (1)


Universitetdagi ta`limni samarali tashkil etish bo`yicha


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida ta’lim sifatini oshirish, universitet faoliyatiga ilg‘or ta’lim dasturlarini joriy qilish hamda zamonaviy bilim va pedagogik texnologiyalarni qо‘llash kо‘nikmalariga ega bо‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning samarali tizimini yо‘lga qо‘yish maqsadida qabul qilingan mazkur qarorga muvofiq Universitet tuzilmasida Universitet, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi, Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi A. Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga о‘rgatish milliy-tadqiqot instituti, Respublika ta’lim markazi hamda О‘quvchilarni kasb-hunarga yо‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining malakali mutaxassislaridan iborat bо‘lgan Pedagogik ta’lim va amaliyot bо‘limi tashkil qilinib, о‘z faoliyatini boshlagan.


Ushbu bо‘limning asosiy vazifalaridan biri Universitet ta’lim dasturlarining maktabgacha, maktabdan tashqari, umumiy о‘rta, о‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari ta’lim dasturlari bilan uyg‘unligini ta’minlash bо‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iboratdir.
Yig‘ilishda Universitet ta’lim dasturlarining maktabgacha, maktabdan tashqari, umumiy о‘rta, о‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari ta’lim dasturlari uyg‘unligini ta’minlash bо‘yicha ilg‘or tajribali, yuqori salohiyatga ega ustozlar – 23 ta umumiy о‘rta ta’lim fan bо‘yicha Universitet professor-о‘qituvchilaridan iborat ishchi guruh a’zolari, TDPU rektori A. Kirgizbayev, Universitet transformatsiyasiga mas’ul prorektor Sh. Kurbaniyazov, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining maslahatchisi A. Nosirov, Maktabgacha ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i I. Ismatov, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqarmasi bosh mutaxassisi O. Sarmonov, Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi direktori о‘rinbosari I. Tillaboyevlar ishtirok etishdi.
Yüklə 11,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə