Rahmatjonova Husnida Dilshodjon qizi O‘zbek mumtoz adabiyotida satira: an’ana va tadrij



Yüklə 152,37 Kb.
səhifə9/12
tarix23.12.2023
ölçüsü152,37 Kb.
#154941
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Rahmatjonova Husnida Dilshodjon qizi O‘zbek mumtoz adabiyotida s-www.hozir.org

3.2.Davr va muhit tasviri

Muqimiy ijodida ijtimoiy satira va yumor va badiiy mahorat masalalari. Mehnatkash omma, dehqonlarning og’ir iqtisodiy ahvoli, qishloqlarning “hapalak”lar darajasiga tushib qolganligi, ikkiyoqlama zulm ostidagi huquqsiz hayot, adolatsizlik ijtimoiy hayotning har sohasida hukmron ekanligi va boshqa shu kabilar Muqimiy satirik merosida yetakchi mavzulardan biriga aylangan. Shoirning ilg’or dunyoqarashi nuqtai nazaridan, tuzum va adolat haqidagi ijobiy ideali pozitsiyasidan yoritilgan bu yetakchi mavzu doirasidagi masalalar uning deyarli barcha satirik asarlarida qo‘yiladi, rang- barang hayotiy materiallarda aniq tanqdiy maqsad bilan ishlanadi. Bu esa shoir satirasiga chuqur ijtimoiylik ruhini singdiradi. Chindan ham, Muqimiyning bir qator satiralarini o‘zbek ijtimoiy- siyosiy satirasining birinchi namunalari qatoriga kiritsa bo‘ladi. “Tanobchilar”, “Voqeai ko‘r Ashurboy hoji” kabi satirik asarlarda ijtimoiy-siyosiy masala — jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlik, tabaqalanish, hukmron adolatsizlik, inson tengligi, insoniy huquq kabi masalalar berilgan. O‘zbek adabiyoti tarixida Muqimiy siyosiy masala - saylov mavzusini birinchi bo‘lib badiiy adabiyotga olib kirdi. “Saylov” asari bilan adabiyotimizda bu mavzuning keyinchalik (Zavqiy va Hamza) yanada chuqur ishlanishiga yo‘l ochdi.


Muqimiy jamiyatning ikki qutbga ajralganligini, unda ijtimoiy tengsizlik hukm surishini ko‘ra oldi, o‘zi yashab ijod etayotgan hayotda boylar va kambag’allar, to‘qlar va ochlar, katta yer egalari va bechora dehdonlar, zavod- fabrika egalari va ular qo‘lida ishlovchilar mavjudligini angladi hamda ularni o‘z asarlarida aks ettirdi. Bu o‘rinda zavod egasi “Maskovchi” boy Hodixo‘ja va uning korxonasidagi ishchilar haqidagi Muqimiy misralarini eslash kifoya. Shoirning satirik merosi zaminida mehnatkash xalqqa, kambag’al dehqonlarga samimiy xayrixohlik, tekinxo‘r tabaqa vakillariga kuchli nafrat singib ketgan. Muqimiy satiralarida jiddiy ijtimoiy masalalarning qo‘yilishi hamda g’oyaviy-siyosiy yetuklik da- rajasida hal etilishi uning so‘nggi asarlaridan biri “Voqeai ko‘r Ashurboy qoji” asarida yaqqol ko‘rinadi. Shoir bu asarida axloqiy-maishiy buzuq Ashurboy hojining og’ir jinoyati haqida so‘zlaydi, “Farg’onada nomdor, moldor” bo‘lgan bu boyning iflos qilmishlarini yopib ketish uchun hukmron sinflarning unga qilgan qomiyliklarini fosh etadi... Ashurboy hoji tun qorong’uligida kambag’al bir kishining uyiga yashirincha kirib, jinoyat qilayotgan vaqtida qo‘lga tushadi. Lekin jinoyatchining boy bo‘lganligi uchun ham butka boshi va mingboshilar uni qutqazib qolmoqschi bo‘ladilar, bu shoirning katta yutug’idir:
Qorovul, istarshi-yu, mingboshilar
Chopib keldilar deb: “Nachuk, kor-zor?”
Bosib kirdilar: “Bu nachuk dod?” deb
Qorov'ulning uyiga beixtiyor.
Ko‘rib dedilar: “Boy ekan, qochiring!”
Misralardagi “Chopib kelishlari”, “bostirib uyga kirishlar” detallarida amaldorlarning shunday kutilmagan holatida o‘zlarini tutishlari yorqin ifodalangan: bu detallarda ulardagi hovliqish va tahlika sezilib turadi, uy egasiga nisbatan zo‘ravonlik va boyga nisbatan laganbardorlik ko‘rinadi. ...Haloyiq Ashurboy hojini qochmoqchi bo‘lganida tutib oladi, uni toshbo‘ron qilmoqchi bo‘ladi. Bu o‘rinda hukmron adolatsizlik o‘z kuchini ko‘rsatadi. Hatto pristav va qozilar, hokimlar ham jinoyatchi boy tarafiga o‘tadilar. Muqimiy satirada hukmron sinflarning bu zo‘ravonliklariga norozilik bildiradi, adolatsizlikni qattiq qoralaydi. Adolatsizlik esa har sohada, turli shakllarda ko‘rinardi.
Pul, boylik, kapital asosiga qurilgan jamiyatning ijtimoiy illatlarini shoir shunday ayovsiz fosh etadi, bosh mohiyatini aniq xarakterlaydi. Ushbu satirada divdatga sazovor bir bayt bor. Unda shoir “boy so‘zi”ning “zo‘r e’tibor” topishining asl sabab laridan biriga — pul, oltinning u tuzumda hal qiluvchi kuchiga ishora etadi. Ashurboy hoji “g’ubor”ni yuvish uchun barcha amaldorlarga “nihoniy” oltin-kumushlar (“siymu zar”)ni “suv kabi”
ishlatadi, pora beradi.
Nihoniy sochib siymu zar suv kabi,
Bosildi mashaqqat bilan bu g’ubor.
Poraxo‘rlik esa u davrdagi hukmron umum adolatsizlikning aniq bir ko‘rinishi bo‘lib, deyarlik rasmiy tus olgan, odatiy normal bir holga aylangan edi. Xoh katta, xoh kichik—barcha amaldorlar pora bilan ishni bitiradilar, sullohlik bilan pul talab qiladilar. Shuning uchun bo‘lsa kerak, Muqimiy satiralarining bir qator namunalarida jamiyatdagi bu joriy illatni fosh etuvchi bayt-epizodlar bor. Poraxo‘rlik, mansab-amallarni sotib olish, shu maqsadda turli hiyla- nayranglarni ishlatish, ayniqsa, “saylovlar” vaqtida avjiga chidadi. Bular Mudimiy satirik merosida alohida o‘rin egallovchi «Saylov» satirasida juda ixcham misralardi ifodasini topgan. Aytib o‘tganimizdek, bu asarni o‘zbek adabiyoti tarixida siyosiy satiraning ilk namunalaridan hisoblash mumkin. Avvalo, satirik tahlil uchun shunday mavzuning—o‘lkada endigina joriy dilingan burjua saylov sistemasining dalbakiligini aniq niyat — qoralash madsadida “xo‘ja ko‘rsin”ga qilinayotgan bir tadbir ekanligini fosh etish maqsadida mavzu qilib tanlanishining o‘zi, hech shubdasiz, Muqimiy dunyoqarashining yetukligidan darak beradi, ijodining realistik va xalqchil mohiyatini ko‘rsatadi.
G’azal shaklida yozilgan, yetti baytdan iborat bo‘lgan bu asar burjuacha “erkin” saylovning asl basharasini ochib tashlaydi, amaldorlarning “saylov” jarayonidagi turli hiyla-nayranglarini fosh etadi. Bunday “saylovlar”da oddiy xalq vakillari qatnashish (saylanish u yodda tursin) huquqiga ega emaslar. Shuning uchun ham u ikki guruh boylar, amaldorlar o‘rtasida bo‘ladigan mojarodan boshqa narsa emas. Satirada yakka bir amaldor emas, balki har qanday jirkanch yo‘llar bilan bo‘lsa-da mansab egallashga intiluvchi amaldor-boylar guruhi fosh etiladi. Shoir ularning “saylov” davridagi ichki kechinmalarini, mansab uchun “terak bargidek titrab” - qaqshashlarini, ruhiy holat-kayfiyatlarini, hovliqishlarini mohirlik bilan tasvirlaydi.
Qachonkim, bo‘ldi hokim amri birlan ibtido saylov,
Amaldor ahli boshiga bo‘lib keldi balo saylov.
Teraklar bargidek titrab jamii qozi, mingboshi,
Degaylarkim: “Yuzini teskari qil, ey xudo saylov!”
Sochib qarzi-quvola, pul ko‘tarib, istayub mansab,
Bo‘lolmay ko‘p kishini sindirib qildi gado saylov.
Agar ming hatmi qur’on etsalar qo‘ylar suyub arzir,
O‘lumdin qoldi qolganlar — bo‘lib erdi vabo saylov.
Shoirning ta’kidlashicha, bu “balo, vabo saylov” mahalliy amaldorlarning ochiqdan-ochiq poraxo‘rlik qilib, mansab sotish bilan shug’ullanishlariga qonuniy - rasmiy yo‘l ochib berdi. Muqimiy mehnatkash xalq uchun hech qanday yengillik, huquq bermaydigan bunday “saylov”ni ortiqcha g’alva deb hisoblaydi: Uning tezroq tugashini va shahar ahlining mojarolardan tinchishini istaydi.
Olurg’a pora ellikboshilar mingboshi, qozidin,
Ijobat bo‘ldi-bo‘ldi, aylar erdilar duo saylov.
Taloshi joh aylabg’ot chopib olmay dame orom,
Musulmonlarni rangin ayladi chun qahrabo saylov.
Muqimiy og’ridi boshlar xaloyiq guftu go‘yidin,
Shahar tinchib qolurdi bulsachi emdi ado saylov!
Muqimiyning bu asari mavjud tuzumning tartib-qoidalarini, undagi qalbakilik va poraxo‘rlikni, siyosat olamidagi hiyla-nayranglarni fosh etuvchi g’oyaviy va badiiy jih atdan yetuk satiralar orasida alohida o‘ rinni egallaydi.
Muqimiy ijodida, birinchi navbatda, uning satirik merosida o‘lka iqtisodiy hayotida, ijtimoiy-falsafiy ongida jiddiy siljishlar yuz berayotgan davrning ruhi, sharoit muhri chuqur iz qoldirgan. Shoir o‘zi guvoh bo‘layotgan tuzum va xalq qayotidagi o‘zgarishlarni ziyraklik bilan kuzatib bordi, yangiliklarning, tartib qoidalarning chin mohiyatini xalqchil, ilg’or g’oyalar nuqtai nazaridan tushunishga intildi. Burjuacha saylovdagi qalbakilik va muttahamlikni fosh etuvchi satira xuddi shunday yondashuvning mevasidir.
“Maskovchi boy ta’rifida”, “Veksel”, “Dar mazammati zamona”, “Lyaxtin” hamda «Viktor» siklidagi satiralar “Saylov” satirasi kabi shoir zamonasining muhim masalalarini turli qirralarda qamrab oladi.
“Maskovchi boy ta’rifida” satirasi bu jihatdan xarakterli. Shoir bu asarida ham aniq tarixiy sharoit, real voqelik “pishirib” bergan mavzuni tanqidiy-satirik usulda taqlil etadi. ...Uchar mahalliy boylar rus kapitalistlari va banklaridan katta-katta kreditlar olib, birlamchi shakllarda bo‘lsa-da, “o‘z” zavod-fabrikalarini sura boshladilar. Shakllanayotgan bu milliy burjuaziya, bir tomondan, rus kapitaliga bog ’liq bo‘lib, iqtisodiy jihatdan unga qaram bo‘lsa, ikkinchi tomondan, o‘zi mustaqil, o‘z bozoriga o‘zi xo‘jayin bo‘lishga, daromadni o‘zigina egallashga urinar edi. Natijada, o‘zaro kuchli raqobatda bo‘lgan milliy burjuaziya rus kapitalistlari bilan ham raqobat qila boshlaydi. Ammo, juda ko‘p hollarda mah alliy kapitalistlar krizisga uchrab “sinar” edilar. Muqimiyning bu satirasida kapitalistik munosabatlarning doimiy yo‘ldoshini Hodixo‘ja eshon nomli kichik boyning “sinishi” misolida ishonarli tasvirlaydi.
Hikoyat qilay, turfa davron ekan,
Xaloyiq hama mahvu hayron ekan,
Chiqib yangi maskovchidin boylar,
Sinar o‘tmayin ba’zisi oylar.
Xususanki, eshoni Hodixo‘jam,— misralari bilan boshlanadi bu asar.
Hodixo‘ja satirada maqtanchoq, aqmoq, pul-boylik quli, hiylakor, zolim, sudxo‘r, axloqiy buzuq shaxs si fatida gavdalanadi — unda burjuaga xos barcha salbiy belgilar mujassamlashgan. Satirik shoir bu asarida zavod egalari, fabrikantlar muomalasi asosida avvalo kapital yotishini, foyda masalasi birinchi masala ekanl igini, ularning obro‘ va mavqei kapitalning hajmi bilan belgilanishini hayotiy dalillarda haqqoniy ko‘rsatadi. “Maskovchi” boy Hodixo‘janing “singani”ni eshitgan kapitalist va bank egalari unga mol va kre dit berishni to‘xtatib qo‘ yadilar, bergan qarzlarini tez- roq undirib olish payiga tushadilar. Mol keltirish uchun Moskvaga ketgan ukasi Poshshoxo‘ja quruq qaytib keladi — va’daga mol berishmaydi, hamkasblar o‘rtasida Hodixo‘jaga ishonch yo‘ qoladi.
... Chunonchi xo‘jam Poshshoxojani
Chu Maskov yuborgan bilan mol qani?!
“Fabrikantlar va’daga molini
Berishmay”, — dedi yig’lab ahvolini
Borib mol uchun, mol ololmay kelish
Yomon, ahli tujjorga mushkul ish.
Hodixo‘ja qurayotgan zavodini ham bitkaza olmaydi, savdo ishlarida ketma-
ket zarbaga uchraydi, oqibatda olgan katta qarzlarini to‘lashdan ojiz bo‘lib qoladi.
O‘z mavqeini saqlab qolishga qanchalik urinmasin, natija chiqarolmaydi; hovlilari
sotiladi, molu mulki musodara qilinadi, oilasi buziladi. Voqealarni izchillik bilan
tasvirlar ekan, shoir bu kapitalistning “fojiali” taqdiriga zarracha ham achinmaydi,
aksincha, muallif munosabatida qoralash, zaharxandalik seziladi. “Maskovchi boy ta’rifida” satirasida, bulardan tashqari, katta ahamiyatga ega bo‘lgan yana bir epizod ham borki, unga chuqurroq to‘xtashni lozim ko‘ramiz. Mu- qimiy o‘zbek adabiyoti tarixida birinchi bo‘lib zavod- fabrika va korxonalarda paydo bo‘la boshlagan ishchilarning og’ir hayoti va faoliyatini bu asarida qisqa shtrixlarda bo‘lsa-da, hayotiy tasvirlashga muvaffaq bo‘lgan. Hodixo‘ja eshonning “sinishi” jarayonini ifodalar ekan, satirik shoir zavod-korxona ishchilari (“mardikorlari”)ning unga bo‘lgan munosabatini ham ko‘rsatadi. Ishchilar, tabiiy,
hali uyushmagan, siyosiy ongi past darajada bo‘lsa-da, qo‘llaridan kelganicha bu
zolimga qarshilik ko‘rsatadilar, passiv bo‘lsa-da, kurashadilar. Bu ularning ishga
chiqmasliklarida, zavodni tashlab ketib qolishlari tasvirida o‘z ifodasini yor -
qin topadi. Qochib ketgan ishchi-mardikorlar o‘rtasida ma’lum birdamlik ham bor, xuddi shuning uchun ham o ’z qardoshlariga ular bu “maskovchi boy”ga zinhor yollanmaslikni uq tiradilar:
Qochib ketti machchoyilar aksari,
Borib shulki yurtiga ta’kidlari:
“Saroeki, u boshadash, zinhor,
Dar onjo marav memuri, ey tabor!”
Ishchilarni qaytarish, zavodni yo‘lga qo‘yish uchun bo‘lgan har qanday harakat kuzatilgan natijani bermadi. Mardikorlar Hodixo‘janing rus “kupesi”ga ijaraga bergan zavodidan ham tarqalib ketadilar, uning zavodida ishlashdan bosh
tortadilar, ishlashga da’vat qilib borgan xo‘jayinga rad javobini beradilar.
...Topib mardikorini — “siychas yuring,
Pajolista, — der erdi, emdi turing”
Dedi: “Har kuni bersang o‘n so‘m ham Borilmaydi qo‘y zavutini, xo‘jam!”
Dubora yana bordi bir ishga shul, So‘kib: “Net, — dedi, — kelma durrak! Pasho‘l!” Satira mavzuining organik qismi bo‘lgan bu epizod shu jihatdan ham alohida diqqatga sazovorki, garchi Muqimiy paydo bo‘layotgan, sinf sifatida uyushayotgan ishchilarning jamiyatdagi rolini to‘g’ri va to‘la tushuna olmagan bo‘lsa-da, ishchilar vakilining yetuk ijobiy obrazini yaratmagan, ish tashlash voqeasini bosh mavzu qilib olib, uni keng ko‘lamda yoritmagan bo‘lsa-da, har holda davrning ilg’or namoyandasi sifatida jamiyatdagi ijtimoiy bo‘linishni ko‘ra olgan, jumladan, ishchilar bilan zavod egalari o‘rtasidagi ziddiyat va qarama-qarshilikni idrok etgan, degan tezisimizni tasdiqlaydi. Shu ham muhimki, satirik shoirning xayrixohligi ishchilar tarafida ekanligi epizoddan sezilib turadi. Shoirning ishchi-mardikorlarni bir-birlariga gamxo‘r qilib tasvirlashi, ularning faoliyatlarini oqlashi, xo‘jayinlarga dag’al munosabatlarini ta’kidlashi, ular ustidan kulishi tasodifiy emas, albatta.
Muqimiyning chin novator shoirligi, realistligi, ijodining xalqchil, hayotiyligi shundaki, u endigina paydo bo‘layotgan katta ijtimoiy kuchni ko‘ra oldi, prinsipda mohiyatini tushundi va uni badiiy asarda aks ettirdi. Obrazli qilib aytganda, u ana shu kichik, ammo juda muhim bir epizodi bilan o‘zbek adabiyoti tarixi- da ishchilar sinfi va uning revolyutsion faoliyati kabi ulkan bir binoning birinc hi pishiq g’ishtini qo‘ydi.
Muqimiy “Maskovchi boy ta’rifida” asarida shakllanayotgan milliy burjuaziyaning tipik vakili bo‘lgan Hodixo‘ja eshonning salbiy obrazini yaratdi. Boshqa asarlaridagi kabi, bu satirasida ham, shoir hayotiylik va badiiylikka, jumladan, personajlar tilini individuallashtirishga katta ahamiyat berdi. Oqibatda shunday natijaga erishildiki, satiradagi har bir personaj jamiyatda tutgan o‘rni, milliy xususiyatlarga ko‘ra o‘z “tili”ga, o‘z manerasiga ega.

Yüklə 152,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə