Rahmatjonova Husnida Dilshodjon qizi O‘zbek mumtoz adabiyotida satira: an’ana va tadrij



Yüklə 152,37 Kb.
səhifə2/12
tarix23.12.2023
ölçüsü152,37 Kb.
#154941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Rahmatjonova Husnida Dilshodjon qizi O‘zbek mumtoz adabiyotida s-www.hozir.org

Tadqiqot obyekti va predmeti. Magistrlik ishining obyekti mumtoz adabiyotda qo‘llanilgan hajviy baytlarni aniqlash va ulardagi davr ruhiyatini ochib berishni tashkil etadi.

Tadqiqotmaqsadi va vazifalari.Mumtoz satirik asarlarda, xususan, Qo‘qon adabiy muhiti, Xorazm adabiy muhiti namoyandalarining tilida ham yangiliklar va yangilanishlar yuz bera boshladi. Satira X1X asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi adabiyot namunalarida xalq orasida ko‘p qo‘llanadigan, adabiy tildan mustahkam o‘rin olmagan so‘zlar izchil qo‘llanila boshladi. Bu hol satirik asarlar tilini xalqqa yanada yaqinlashtirdi, ommalashishini tezlashtirdi. O‘sha davrda yuzaga kelgan g’azallar tahlili va shoir ko‘zlagan tag ma’no so‘zlarini aniqlash va tahlil qilish dissertatsiyaning maqsadi hisoblanadi.

Ilmiy yangiligi. Satiraning adabiyotdagi kuchliligi satirik ijodkorning jamiyatdagi mavqei, u foydalangan satira vositalariga hamda uslubining dadilligiga bog'liq. Zavqiy, Muqumiy, Avaz O‘tar, Ogahiy ijodida avval tahlilga tortilmagan g’azallar aniqlanib, davr ruhiyati va ijtimoiy munosabatlar nuqatiy nazaridan o‘rganildi.

Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari.Mavzu yuzasidan ilmiy manbalar o‘rganildi, tahlil qilindi. Satiraga oid ma’lumotlar g’azallar asosida yoritildi.Tadqiqot mavzusi bo‘yicha xulosalar chiqarildi.

Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi.Mavzu yuzasidan Bayoniyning “Shajarai Хоrazmshоhiy”, Abulg’оziy Bahоdirхоnning “Shajarayi Turk”, A. Abdug’ofurovning “O‘zbek demokratik adabiyotida satira”, Abdulla Bоltaеvning “Хivaхоnlari shajarasi”, N. Qоbulоv “Хоrazm adabiy muhiti” va Jumabоеv Х, Хasanоv S. “Хоrazm ko‘hna madaniyat o‘chоg’i” kabi adabiyotlar o‘rganildi.

Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi.Tadqiqotda tavsifiy, qiyosiy-tipologik, nazariy-mantiqiy va sotsiologik tahlil metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati.Tadqiqot natijasida lirikada satirani aniqlash bilan birga ijtimoiy muhit ham yuzaga chiqa boshladi. Ijodkorlar g’zallari to‘plandi va nazariy jihatdan o‘rganib chiqildi. Satiraga oid baytlar ajratilib ijtimoiy muhit bilan taqqoslandi.


Yüklə 152,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə