Rahmatjonova Husnida Dilshodjon qizi O‘zbek mumtoz adabiyotida satira: an’ana va tadrij



Yüklə 152,37 Kb.
səhifə8/12
tarix23.12.2023
ölçüsü152,37 Kb.
#154941
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Rahmatjonova Husnida Dilshodjon qizi O‘zbek mumtoz adabiyotida s-www.hozir.org

Bob bo‘yicha xulosa

O‘zbek adabiyotshunosligi tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, satira yo‘nalishi ko‘plab ijodkorlar yetishib chiqqan. Bu borada birgina Xorazm adabiy muhitida misolida ham ko‘rish mumkin.Хоnlik to‘rt yuzliktariхga ega bo‘lib, bu davr adabiy va madaniy hayot o‘z rivоjlanishidadavоm etdi. Хivasarоy adabiy muhiti va uning namоyondalarining asarlari o‘rganilayotgan adabiy hayotini o‘rganishda asоsiy manba sanaladi. Хivaхоnligi adabiy hayotiga dоir ko‘pgina mahalliy muarriхlartоmоnidan yozilgan manbalar va adabiyotlar mavjud, ammо, Хivasarоy adabiy muhiti hali hanuz alоhidatadqiqоtоb’еkti sifatida o‘rganilmagan. Mavzuni o‘rganish davоmida ko‘pgina manbalarga murоjaat qilish оrqaliхоnliktariхida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tariхiyshaхslar, ularning ijоd namunalari va adabiy davra, ijоd namunalarini o‘rganish, tеgishli хulоsalar chiqarish mavzuning dоlzarbligini tashkil etadi.



III. BOB. AN’ANA VA MAHORAT

3.1. Muqumiy va Zavqiy satirasining mushtarak jihatlari

XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi choragida yashab ijod etgan yirik ijodkorlardan biri Ubaydulla Solih o‘g‘li Zavqiydir. hamda Muqumiydir. Ijtimoiy mavzularda, davrning dolzarb muammolariga diqqatini qaratgan, mustamlaka voqeligiga va ijtimoiy hayotdagi salbiy hodisalarga tanqidiy baho bergan, mehnatkash xalq hayotidan, shahar va qishloqning ezilgan tabaqasi turmushidagi lavhalarni badiiy tahlil qilib asarlar yaratgan shoirdir. Ubaydulla usta Solih o‘g‘li Zavqiy hamda Muqumiy ijodi keng qamrovligi va rang-barangligi bilan òziga xos edi.


Muqumiy, Zavqiy, Pisandiy, Muhayyir kabi shoirlarning lirik va hajviy asarlari ilmiy va adabiy jamoatchilikka yaxshi tanish. Shular orasida mashhur lirik va hajvgòy shoirlar Muqumiy va Zavqiy ham alohida òrin tutadi.
Ubaydulloh Zavqiy Qo‘qon adabiy muhitining yirik namoyandasi.Shoirning ijodiy faoliyati Jome’ madrasasida tahsil olib yurgan paytlarida boshlangan.Shu davrda u Muhyi, Muqumiy, Furqat, Nisbat, Muhayyir kabi taniqli shoirlar bilan tanishadi, ular bilan adabiy majlislarda, mushoiralarda ishtirok etdi. Bu haqida Furqat o‘z xotiralarida shunday deb yozgan edi: “Ul vaqtda Xo‘qand viloyatidagi fozil kishilar birla ittihod aylab, alarning suhbatlaridan bahralar topdim va asr shuarolarikim, chunonchi, mavlono Muhyi va mavlono Muqumiy va mavlono Zavqiy va mavlono Nisbatdurlar, hamisha majlis bunyod aylab, zodai tab’larimizdan mushoira qilur erduk va bir g’azalda tatabbu’ kurguzub, bir mazmun har nav’ ifoda topar erdi”.13
Yuqorida Furqat tilga olib o‘tgan adabiy hamkorlik namunalarini mazkur zamondosh shoirlarning ijodiy merosida kòplab uchratish mumkin.Chunonchi, Muqumiy, Nusrat, Furqat, Nusrat, Muhyi, Nisbat, Zavqiy birgalikda G’oziy g’azaliga bog’langan bir mahammaslarining oxiridagi bir band fikrimizga yorqin misol bo‘la oladi:
Umid ila Muqumiy kuyida kòp nola qildurdi,
Topib Nusrat o‘zini tig'i Furqat birla tildurdi,
O‘shal Muhyi qushiga Nisbatiy Zavqiyni uldurdi,
Nihon dardingni ko‘z yosh tukub olamg'a bildurdi,
Giriftor o‘lmasun g'oziy kabi g'ammoz yo‘ldosha.
Adabiyotshunos Po‘latjon Qayumovning "Taskirayi Qayumiy" asarida yozilishicha, Zavqiyning kashf bozorida alohida do‘koni ham bo‘lgan.Xuddi shu davrda Zavqiyning ayrim she'rlari san'atkorlar tomonidan kuyga solinib, xalq o‘rtasida sevib ijro etiladigan qo‘shiqlarga aylanib ketdi. Ijodini:
Yor kelur zamona yo‘q, kelmasa-kelmasun netay,
Sarf etarga xazona yo‘q, kelmasa-kelmasun netay,
Maskani ko‘z ichra desam, mardum aro kalon ekan,
Taklif etarga xona yòq, kelmasa-kelmasun netay 14
Kabi an'anaviy lirik she'rlar yozish bilan boshlangan Zavqiy keyinchalik o‘z asarlarida jamiyat va inson tabiatidagi norasoliklarni ham o‘ziga xos badiiy uslubda ifodalashga intildi. Jumladan uning “Zamona kimniki?”, “Bo‘l”, “Hajvi yigchi eshon”, “Bekturboy” sarlavhali she'rlarida o‘z davri ziddiyatlarini, xalqning ayanchli ahvolini mahorat bilan aks ettirgan.Fikrimizning isboti uchun “Zamona kimniki?” she'rlaridan olingan quyidagi parchani keltirib o‘tamiz:
Sen dema ushbu zamonda obro‘ mulloniki,
Qoldi a'lolar ayoq ostida, sòz adnoniki,
Sardaraxti mevasin ko‘r, zog' g'ila qarg'oniki,
Demangiz ahboblar, gul bulbuli go‘yoniki,
Davlati vasli tikonda, hajri ul shaydoniki.
Shahr-u qishloq demangizki, fisq ila to‘ldi jahon,
Ahli dunyo qoshida yolg'onchilardur nuktadon,
Yo‘q rivoj kasb-u hunarg'a, sovrilubdur xonumon,
Xoh kozib, xoh dehqon qayg'a borsa bag'ri qon,
Holi har yerda suhan sharmanda-yu rasvoniki.
Zavqiy ko‘p yillar qishloq hayoti, dehqonlar ommasining ahvoli, kayfiyati bilan yaqindan tanishishga muyassar bo‘ladi.Bu hol uning “Suv janjali”, “Obid mingboshi haqida hajv” kabi she'rlarida o‘z ifodasini topgan.
Ijtimoiy hayotda faol ishtirok etgan Zavqiyning ayrim she'rlari, maqolalari "Turkiston viloyatining gazeti", "Sadoyi Farģona", "Tirik so‘z", "Najot" gazetalarida hamda "Al-Isloh" jurnalida bosilib turgan. Bundan tashqari Zavqiy Qo‘qon va uning atrofidagi kòpgina binolarning qurilishiga atab ta'rixlar yozgan. Ularning ayrimlari bizgacha yetib kelgan.
Muqumiy dunyoqarashi va intilishlari bilan muhit oʻrtasidagi ziddiyat uning ijodida tanqidiy yoʻnalishni maydonga keltirgan. Bu uning hajviyotida koʻproq aks etgan. Hajviyoti mazmunan satira va yumorga boʻlinadi. Satiralarida chor amaldorlari, ayrim mahalliy boylarning kirdikorlari ochib tashlangan („Tanobchilar“, „Toʻy“, „Moskovchi boy taʼrifida“, „Hajvi Viktor boy“, „Voqeai Viktor“ va boshqalar)- „Saylov“, „Dar mazammati zamona“ va boshqalarda oʻlkaga kirib kelayotgan kapitalistik va gʻayriaxloqiy munosabatlar hamda ularning oqibatlari koʻrsatilgan. Baʼzan, oʻsha davrdagi hukmron qarashlarga ergashib, Dukchi eshon haqida ham hajviy asarlar yozgan („Hajvi halifai Mingtepa“).Ot, arava, loy, pashsha, bezgak kabi mavzularda 30 ga yaqin hajviy asar yaratgan. Ularda shoir turmushning qoloq va chirkin tomonlari, ijtimoiy ongdagi nuqsonlar ustidan kulgan, mustamlakachilik azobi, harobalikni zaharxandalik bilan tasvirlagan („Devonamen“, „Koʻsamen“ „Hayron qildi loy“, „Pashshalar“, „Shikoyati bezak“ va boshqalar). Boshqa bir qator hajviyalarida jamiyat hayotidagi oʻzgarishlarga yangicha munosabat aks etgan („Taʼrifi pech“, „Aroba qursin“, „Loy“ va boshqalar).
Muqumiy ijodini oʻrganish, asarlarini toʻplash va nashr ettirish u hayot davridayoq boshlangan. Dastlab Ostroumov „Devoni Muqumiy“ toʻplamini (T., 1907) nashr qilgan, soʻng 1910–1912-yillarda „Devoni Muqumiy maa hajviyot“ nomi bilan asarlari toʻplami bosilgan. Keyingi davrlarda Gʻofur Gʻulom, Oybek, X. Zarifov, H. Yoqubov, H. Razzoqov, Gʻ. Karimov, A. Xayitmetov va boshqalar Muqumiy ijodini tadqiq etganlar.Sheʼrlaridan namunalar chet tillarga tarjima qilingan. Qoʻqonda uy-muzeyi tashkil etilgan. Fargʻona viloyatidagi shaharcha, Toshkent koʻchalaridan biri, Oʻzbek davlat musiqali drama teatri Muqumiy nomi bilan ataladi. Shoir haqida Sobir Abdulla „Mavlono Muqumiy“ romani va „Muqumiy“ dramasini yaratgan. Muqumiyning aksariyat gʻazallari ashulaga aylangan.
Bugungi kunda mamlakatimizda Muqumiy va Zavqiyning tanlangan asarlari bir necha marta bosilib chiqdi. Tarixdan ma'lumki, Muqumiy, Zavqiy va Furqatlar bir zamon ijodkorlari edi. Bir-biriga zamondosh, qadrdon, do‘st, hamshahar bo‘lgan bu uch shoirlar-Muqumiy, Zavqiy va Furqatlar to umrining oxirigacha mehnatkash omma manfaatini himoya qildilar. Zulm va haqsizlik bilan to‘lgan zamonni o‘z satirlarida ayovsiz fosh qildilar, mehnatkash ommani unga qarshi qahr-u g‘azab ruhida tarbiyalamoqchi bo‘ldilar.
Muqumiy va Zavqiyning she'riyatining jamiyat uchun tarbiyaviy ahamiyati zarur ekanligini anglab, fuqarolik she'riyatini yaratishga harakat qildilar.Ular o‘z asarlarining mavzusini hayotdagi turli hodisalardan saylab oldilar.
Muqumiy va Zavqiy hujralarida to‘planib turli masalalar yuzasidan fikr almashilar, bir-biriga turli savollar berishar, kitob mutolaasi bilan mashg‘ul bo‘lishar edi.
Muqumiy va Zavqiy boshqargan bunday yig‘ilishlardagi adabiy suhbatlar mavzusi kengayib, zamonada yuzlanayotgan turli hodisalar, shahar va qishloqdagi mehnatkash ommaning og‘ir ahvoli, ikkiyoqlama avj olib ketayotgan zulm, amal va mansab egalari, boylar, savdogarlar va ruhoniylarning tutgan turli ishlari, yaramas xulq-atvorlari va boshqa xilma-xil masalalar ustida borar edi.15
Muhokamalar, suhbatlar va fikrlar almashinuvi natijasida shu yig‘ilishning o‘zida yoki kelgusi o‘tirishgacha muhim ijtimoiy hodisalar bilan bog‘langan, turli mavzularda yangi-yangi lirik she'rlar, satiralar va yumorlar maydonga kelar edi. Shu asosda Muqumiyning “Tanobchilar”, “To‘yi iqonbachcha”, “Maskovchi boy ta’rifida”, “Choyfurush”, “Viktor”, “Voqiayi ko‘r Ashurboy hoji”, “Sayohatnoma”, “Gap”, “Aravang”, “Aroba qursin”, “Ot” kabi she'rlariga javoban Zavqiy “Voqiayi Viktor”, “Yangiqo‘rg‘on qishlog‘I”, “Hasratim ko‘p”, “Galosh”, “Abdurahmon shayton”, “Zolim puli”, “Zamona kimniki?”, “Ajab zamona”, “Muncha ko‘p”, “Voqiayi qozi saylov”, “Hasanjon mufti” va boshqa shu kabi satira-yumorlarni, Muqumiy bilan hamkorlikda esa bir qancha lirik she'rlarni yaratdi. Biz quyida Muqumiyva Zavqiyning ijtimoiy hayotga nisbatan qarashlariga oid ba'zi masalalari va ikki shoirning satirlari xususida ham alohida ahamiyat qaratamiz.
Muqumiyva Zavqiy hayot va o‘zlari yashab turgan davr haqida chuqur va atroflicha mushohada yuritadilar. Real hayotning eng mayda ikir-chikirlarigacha ko‘rishga va undan yetarli xulosalar chiqarishga harakat qiladilar. Ular jamiyat hayotiga kirib kelayotgan yangiliklarga qiziqadilar vabuni ommaga targ‘ib qiladilar. Shu bilan birga turmushlarining qoloq tomonlarini ko‘rib uning ustidan kuladilar. Muqumiy “Aroba qursin” she'rida shunday misrlarni keltirib o‘zi yashagan davr va muhitga salbiy fikr bildirib o‘tadi:
Bo‘lsa kiroyi tushsang purjinalik kolyaska,
Garchand kim qilurlar guldor aroba qursin.
degan bo‘lsa, Zavqiy esa 1897-yilda yozgan “Galosh” nomli she'rida galosh bilan kavushni bir-biriga taqqoslab, uning ustunligini va afzalligini chiroyli satira ichiga olib kirib masxaralaydi. Zavqiy quyidagi she'rida xon va beklar davrini esga olib, ularni la'natlaydi va ularni masxaralab tilga oladi:
Yurakda laxta qonlar, quloq soling, yoronlar,
Asrida bek-u xonlar, essiz, o‘tgan zamonlar!
El zahrasini yorib, asov otida borib,
Umrida sopqon otmay, bo‘lur “sohibqironlar”.
Muqumiy “Dar mazammati zamona” she'rida mahnatkash ommaga qarshi turli-tuman jinoiy harakatlar kuchayib borayotgan davr ahvolini shunday ta'riflaydi:
Darig‘o, kim ajoyib, turfa bir oxir zamon bo‘ldi,
Ikki qo‘l to yoqoda yurmasang, ishlar yomon bo‘ldi
Urib bir necha pirni bosmachilar zor qaqshatdi,
Kim aksar beva-yu bechoralar bexonumon bo‘ldi.
Muqumiy qayerga bormasin xalq ahvolini o‘z ko‘zi bilan ko‘radi. Ijtimoiy muhit girdobida qolgan xalqning turmush tarzini tandiq qiladi. Aslini olganda xalqning bu kabi yashash tarziga mansab egalari ham aloqador edi. Buni chuqur his qilgan Muqumiy o‘zining "Tanobchilar" asarida mansabidan foydalanib, xalqning, dehqonning rozgorini xor qilgan mansabdorlar ustidan kuladi.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi choragida yashab ijod etgan yirik ijodkorlardan biri Ubaydulla Solih o‘g‘li Zavqiydir. Ijtimoiy mavzularda,davrning dolzarb muammolariga diqqatini qaratgan,mustamlaka voqeligiga va ijtimoiy hayotdagi salbiy hodisalarga tanqidiy baho bergan, mehnatkash xalq hayotidan, shahar va qishloqning ezilgan tabaqasi turmushidagi lavhalarni badiiy tahlil qilib asarlar yaratgan shoirdir. Ubaydulla usta Solih o‘g‘li Zavqiy hamda Muqumiy ijodi keng qamrovligi va rang-barangligi bilan òziga xos edi.
Muqumiy, Zavqiy, Pisandiy, Muhayyir kabi shoirlarning lirik va hajviy asarlari ilmiy va adabiy jamoatchilikka yaxshi tanish. Shular orasida mashhur lirik va hajvgòy shoirlar Muqumiy va Zavqiy ham alohida òrin tutadi.
Ubaydulloh Zavqiy Qòqon adabiy muhitining yirik namoyondasi. Shoirning ijodiy faoliyati jome' madrasasida tahsil olib yurgan paytlarida boshlangan. Shu davrda u Muhyi, Muqumiy, Furqat, Nisbat, Muhayyir kabi taniqli shoirlar bilan tanishadi, ular bilan adabiy majlislarda, mushoiralarda ishtirok etdi. Bu haqida Furqat òz xotiralarida shunday deb yozgan edi:"Ul vaqtda Xòqand viloyatidagi fozil kishilar birla ittihod aylab, alarning suhbatlaridan bahralar topdim va asr shuarolarikim, chunonchi, mavlono Muhyi va mavlono Muqumiy va mavlono Zavqiy va mavlono Nisbatdurlar, hamisha majlis bunyod aylab,zodai tab'larimizdan mushoira qilur erduk va bir ģazalda tatabbu' kurguzub,bir mazmun har nav' ifoda topar erdi"16
Yuqorida Furqat tilga olib òtgan adabiy hamkorlik namunalarini mazkur zamondosh shoirlarning ijodiy merosida kòplab uchratish mumkin. Chunonchi, Muqumiy, Nusrat, Furqat, Nusrat, Muhyi, Nisbat, Zavqiy birgalikda G'oziy g'azaliga boģlangan bir muxammaslarining oxiridagi bir band fikrimizga yorqin misol bòla oladi:
Umid ila Muqumiy kuyida kòp nola qildurdi,
Topib Nusrat o‘zini tig'i Furqat birla tildurdi,
O‘shal Muhyi qushiga Nisbatiy Zavqiyni uldurdi,
Nihon dardingni ko‘zyosh tukub olamg'a bildurdi,
Giriftor o‘lmasun G'oziy kabi g'ammoz yo‘ldosha.
Adabiyotshunos Po‘latjon Qayumovning "Tazkirayi Qayumiy" asarida yozilishicha, Zavqiyning kavsh bozorida alohida dòkoni ham bo‘lgan. Xuddi shu davrda Zavqiyning ayrim she'rlari san'atkorlar tomonidan kuyga solinib,xalq o‘rtasida sevib ijro etiladigan qo‘shiqlarga aylanib ketdi. Ijodini:
Yor kelur zamona yo‘q, kelmasa-kelmasun netay,
Sarf etarga xazona yo‘q,kelmasa-kelmasun netay,
Maskani ko‘z ichra desam, mardum aro kalon ekan,
Taklif etarga xona yòq, kelmasa-kelmasun netay
Kabi an'anaviy lirik she'rlar yozish bilan boshlagan Zavqiy keyinchalik o‘z asarlarida jamiyat va inson tabiatidagi norasoliklarni ham o‘ziga xos badiiy uslubda ifodalashga intildi. Jumladan uning "Zamona kimniki?", "Bòl", "Hajviychi eshon", "Bekturboy" sarlavhali she'rlarida o‘z davri ziddiyatlarini, xalqning ayanchli ahvolini mahorat bilan aks ettirgan.
Fikrimizning isboti uchun "Zamona kimniki? "she'rlaridan olingan quyidagi parchani keltirib òtamiz:
Sen dema ushbu zamonda obro‘ mulloniki,
Qoldi a'lolar ayoq ostida, sòz adnoniki,
Sar daraxti mevasin kòr, zog' ila qarg'oniki,
Demangiz ahboblar, gul bulbuli gòyoniki,
Davlati vasli tikonda, hajri ul shaydoniki.
Shahr-u qishloq demangizki, fisq ila to‘ldi jahon,
Ahli dunyo qoshida yolg'onchilardur nuktadon,
Yòq rivoj kasb-u hunarg'a, sovrilubdur xonumon,
Xoh kosib, xoh dehqon qayg'a borsa bag'riqon,
Holi har yerda suhan sharmanda-yu rasvoniki.
Zavqiy kòp yillar qishloq hayoti, dehqonlar ommasining ahvoli, kayfiyati bilan yaqindan tanishishga muyassar bo‘ladi. Bu hol uning "Suv janjali", "Obid mingboshi haqida hajv" kabi she'rlarida òz ifodasini topgan.
Ijtimoiy hayotda faol ishtirok etgan Zavqiyning ayrim she'rlari, maqolalari "Turkiston viloyatining gazeti", "Sadoyi Farģona", "Tirikso‘z", "Najot" gazetalarida hamda "Al-Isloh" jurnalida bosilib turgan. Bundan tashqari Zavqiy Qòqon va uning atrofidagi kòpgina binolarning qurilishiga atab tarixlar yozgan. Ularning ayrimlari bizgacha yetib kelgan.
Muqumiy dunyoqarashi va intilishlari bilan muhit oʻrtasidagi ziddiyatning ijodida tanqidiy yoʻnalishni maydonga keltirgan. Bu uning hajviyotida koʻproq aks etgan. Hajviyoti mazmunan satira va yumorga boʻlinadi. Satiralarida Chor amaldorlari, ayrim mahalliy boylarning kirdikorlari ochib tashlangan („Tanobchilar“, „Toʻy“, „Moskovchi boy taʼrifida“, „Hajvi Viktorboy“, „Voqeai Viktor“ va boshqalar) „Saylov“, „Dar mazammati zamona“ va boshqalarda oʻlkaga kirib kelayotgan kapitalistik va gʻayri axloqiy munosabatlar hamda ularning oqibatlari koʻrsatilgan. Baʼzan, oʻsha davrdagi hukmron qarashlarga ergashib, dukchi eshon haqida ham hajviy asarlar yozgan („Hajvi halifai Mingtepa“).
Ot, arava, loy, pashsha, bezgak kabi mavzularda 30ga yaqin hajviy asar yaratgan. Uarda shoir turmushning qoloq va chirkin tomonlari, ijtimoiy ongdagi nuqsonlar ustidan kulgan, mustamlakachilik azobi, harobalikni zaharxandalik bilan tasvirlagan („Devonamen“, „Koʻsamen“, „Hayron qildilar“, „Pashshalar“, „Shikoyati bezak“ va boshqalar). Boshqa bir qator hajviyalarida jamiyat hayotidagi oʻzgarishlarga yangicha munosabat aks etgan („Taʼrifipech“, „Arobaqursin“, „Loy“vaboshqalar).
Muqumiy ijodini oʻrganish, asarlarini toʻplash va nashr ettirish u hayot davridayoq boshlangan. Dastlab Ostroumov „Devoni Muqumiy“ toʻplamini (T.,1907) nashr qilgan, soʻng 1910–1912-yillarda „Devoni Muqumiy maa hajviyot“ nomi bilan asarlari toʻplami bosilgan. Keyingi davrlarda Gʻofur Gʻulom, Oybek, X.Zarifov, H.Yoqubov, H.Razzoqov, Gʻ.Karimov, A. Xayitmetov va boshqalar Muqumiy ijodini tadqiq etganlar. Sheʼrlaridan namunalar chet tillarga tarjima qilingan. Qoʻqonda uy-muzeyi tashkil etilgan. Fargʻona viloyatidagi shaharcha, Toshkent koʻchalaridan biri, Oʻzbek davlat musiqali drama teatri Muqumiy nomi bilan ataladi. Shoir haqida Sobir Abdulla „Mavlono Muqumiy“ romani va „Muqumiy“ dramasini yaratgan. Muqumiyning aksariyat gʻazallari ashulaga aylangan.
Bugungi kunda mamlakatimizda Muqumiy va Zavqiyning tanlangan asarlari bir necha marta bosilib chiqdi. Tarixdan ma'lumki, Muqumiy, Zavqiy va Furqatlar bir zamon ijodkorlari edi. Bir-biriga zamondosh, qadrdon, do‘st, hamshahar bo‘lgan bu uch shoirlar ya’ni Muqumiy, Zavqiy va Furqatlar to umrining oxirigacha mehnatkash omma manfaatini himoya qildilar. Zulm va haqsizlik bilan to‘lgan zamonni o‘z satirlarida ayovsiz fosh qildilar, mehnatkash ommani unga qarshi qahr-u g‘azab ruhida tarbiyalamoqchi bo‘ldilar.
Muqumiy va Zavqiyning she'riyatining jamiyat uchun tarbiyaviy ahamiyati zarur ekanligini anglab, fuqarolik she'riyatini yaratishga harakat qildilar. Ular o‘z asarlarining mavzusini hayotdagi turli hodisalardan saylab oldilar.
Muqumiy va Zavqiy hujralarida to‘planib turli masalalar yuzasidan fikr almashilar, bir-biriga turli savollar berishar, kitob mutolaasi bilan mashg‘ul bo‘lishar edi.
Muqumiy va Zavqiy boshqargan bunday yig‘ilishlardagi adabiy suhbatlar mavzusi kengayib, zamonada yuzlanayotgan turli hodisalar, shahar va qishloqdagi mehnatkash ommaning og‘ir ahvoli, ikkiyoqlama avj olib ketayotgan zulm, amal va mansab egalari, boylar, savdogarlar va ruhoniylarning tutgan turli ishlari, yaramas xulq-atvorlari va boshqa xilma-xil masalalar ustida borar edi. Muhokamalar, suhbatlar va fikrlar almashinuvi natijasida shu yig‘ilishning o‘zidayoq kelgusi o‘tirishgacha muhim ijtimoiy hodisalar bilan bog‘langan, turli mavzularda yangi-yangi lirik she'rlar, satiralar va yumorlar maydonga kelar edi.
Shu asosda Muqumiyning "Tanobchilar", "To‘yi Iqonbachcha", "Maskovchi boy ta'rifida", "Choyfurush", "Viktor" ,"Voqiayi ko‘r Ashurboyhoji", "Sayohatnoma", "Gap", "Aravang", "Aroba qursin", "Ot" kabi she'rlariga javoban Zavqiy "Voqiayi Viktor", "Yangiqo‘rg‘on qishlog‘i", "Hasratim ko‘p", "Galosh", "Abdurahmon shayton", "Zolimpuli", "Zamona kimniki?", "Ajab zamona", "Muncha ko‘p", "Voqiayi qozi saylov", "Hasanjon mufti" va boshqa shu kabi satira-yumorlarni, Muqumiy bilan hamkorlikda esa birqancha lirik she'rlarni yaratdi. Biz quyida Muqumiy va Zavqiyning ijtimoiy hayotga nisbatan qarashlariga oid ba'zi masalalari va ikki shoirning satiralari xususida ham alohida ahamiyat qaratamiz. Muqumiy va Zavqiy hayot va o‘zlari yashab turgan davr haqida chuqur va atroflicha mushohada yuritadilar. Real hayotning eng mayda ikir-chikirlarigacha ko‘rishga va undan yetarli xulosalar chiqarishga harakat qiladilar. Ular jamiyat hayotiga kirib kelayotgan yangiliklarga qiziqadilar va buni ommaga targ‘ib qiladilar. Shu bilan birga turmushlarining qoloq tomonlarini ko‘rib uning ustidan kuladilar. Muqumiy "Aroba qursin" she'rida shunday misrlarni keltirib o‘zi yashagan davr va muhitga salbiy fikr bildirib o‘tadi:
Bo‘lsa kiroyi tushsang purjinalik kolyaska,
Garchand kim qilurlar guldor aroba qursin.
Zavqiy esa 1897-yilda yozgan "Galosh" nomli she'rida galosh bilan kavushni bir-biriga taqqoslab, uning ustunligini va afzalligini chiroyli satira ichiga olib kirib masxaralaydi. Zavqiy quyidagi she'rida xon va beklar davrini esga olib, ularni la'natlaydi va ularni masxara lab tilga oladi:
Yurakda laxta qonlar, quloq soling, yoronlar,
Asrida bek-uxonlar, essiz, o‘tgan zamonlar!
El zahrasini yorib, asov otida borib,
Umrida sopqon otmay, bo‘lur "sohibqironlar".
Muqumiy "Dar mazammati zamona" she'rida mehnatkash ommaga qarshi turli-tuman jinoiy harakatlar kuchayib borayotgan davr ahvolini shunday ta'riflaydi:
Darig‘o, kim ajoyib, turfa bir oxirzamon bo‘ldi,
Ikki qo‘ltoyoqda yurmasang, ishlar yomon bo‘ldi
Urib bir necha pirni bosmachilar zor qaqshatdi,
Kim aksar beva-yu bechoralar bexonumon bo‘ldi. Muqumiy qayerga bormasin xalq ahvolini o‘z ko‘zi bilan ko‘radi. Ijtimoiy muhit girdobida qolgan xalqning turmush tarzini tandiq qiladi. Aslini olganda xalqning bu kabi yashash tarziga mansab egalari ham aloqador edi. Buni chuqur his qilgan Muqumiy ozining ro‘zg‘orini buzayotganligi, bechora dehqonning turmushini kuchli tanqidga olinadi.


Yüklə 152,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə