Mavzu: folklorizm tushunchasi reja



Yüklə 42,65 Kb.
səhifə1/5
tarix19.12.2023
ölçüsü42,65 Kb.
#152053
  1   2   3   4   5
FOLKLORIZM TUSHUNCHASI

MAVZU: FOLKLORIZM TUSHUNCHASI


REJA:


1. O’zbek folklorshunosligining tadrijiy taraqqiyoti

2. Oʻzbek folklori namunalarini toʻplash

3. Sanʼatshunos olimlar




≪Ramush og‘am≫, ≪Bobo x vora≫ kabi o‘ndan ortiq mavsum marosim bayramlari xususida ma’lumot beriladi. Yomg‘ir chaqirish marosimi odatda bahor faslida o‘tkazilgan. Olimlarning ta’kidlashicha bu marosimlar ayniqsa Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hududla - rida ommaviy tus olgan. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, hatto yomg‘ir chaqirish odatimiz qadimgi ≪Avesto≫da madh etilgan, sharaflangan, osmon suvlari tangrisi Tishtriyaning xalq o‘rtasidagi boshqacha nomlanishidan iborat ekan. Dehqonchilik rivojlangan mahalliy joylarda yom g‘irning o‘z vaqtida bo‘lishi juda muhim ahamiyatga egadir. Qurg‘oqchilik dehqonchilik bilan shu g‘ul lanadigan aholiga katta kulfat keltirgan. Shuning uchun odamlar sust xotin mavsumiy odatni topishgan. Qizig‘i shundaki, bu joyda istiqomat qiladigan yurtdoshlarimiz sust xotin marosim o‘tkazilgandan so‘ng haftalab yomg‘ir yoqqani haqida o‘nlab misollar keltirishadi. Shuning uchun ham xalq bunday ma rosimlarning o‘tkazilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rgan, har bir amallarga rioya qilishni odat tusiga kiritgan.

Sust xotin qo‘shig‘i shunday boshlanadi:

Sust xotin, suzma xotin,

Ko‘lankasi maydon xotin!

Yomg‘ir yog‘dir ho‘l bo‘lsin,

Yeru jahon ko‘l bo‘lsin.

Yuqoridagi misoldan ma’lum bo‘ladiki, qo‘shiqning bosh maqsadi yomg‘ir yog‘dirish homiysi bo‘lgan Sust xotinga murojaat qilish orqali dehqonchilik uchun qulay sharoit yaratishdan iboratdir. Qo‘shiq davomida yomg‘ir yog‘ishidan qurg‘oqchilikning yo‘q bo‘lishi, kuzda yerga sepilgan bug‘doylarning bosh tortishi, ya’ni boshoq chiqa rishi kuylanadi. Bu qo‘shiqda tabiat manzarasi bilan aloqador misralarni ko‘plab uchratamiz. Ko‘klamda odamlar ning o‘ynab-kulishi, shaftolilarning barg yozishi, atrof maysalar bilan bezanishi, ajoyib gullarning ochilishi tasviri orqali ajdodlarimiz ona yurtga bo‘lgan muhabbatini ifodalagan bo‘lishlari ham ehtimoldan holi emas:


Yüklə 42,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə