Rahmatjonova Husnida Dilshodjon qizi O‘zbek mumtoz adabiyotida satira: an’ana va tadrij



Yüklə 152,37 Kb.
səhifə1/12
tarix23.12.2023
ölçüsü152,37 Kb.
#154941
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Rahmatjonova Husnida Dilshodjon qizi O‘zbek mumtoz adabiyotida s-www.hozir.org


Rahmatjonova Husnida Dilshodjon qizi O‘zbek mumtoz adabiyotida satira: an’ana va tadrij

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
Qo‘lyozma huquqida
УДК: 8-1/-9+8-7

Rahmatjonova Husnida Dilshodjon qizi

O‘ZBEK MUMTOZ ADABIYOTIDA SATIRA: AN’ANA VA TADRIJ
5A120101-Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti)
Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan

DISSERTATSIYA
Ilmiy rahbar:F.f.d., prof. H. Jo‘rayev
F ARG‘ONA - 2021

Mundarija


KIRISH 3
I.BOB.VOQELIK VA BADIIY ADABIYOT 6
1.1. O‘zbek mumtoz adabiyotida satirik yo‘nalishning shakllanishi 6
1.2.Satirada ijtimoiy ruh 12
Bo‘lma halovatga kasal, 22
Olamda yo‘q benish asal, 22
Beshak mukofoti amal, 22
Dunyo qurulg‘on dor ekan. 22
Bob bo‘yicha xulosa 23
II. BOB. XORAZM ADABIY MUHITIDA SATIRA 25
2.1.Xorazm adabiy muhitida an’anaviy xususiyatlar 25
2.2.Xorazm shoirlari ijodida satirik yo‘nalishning shakllanishi 33
Bob bo‘yicha xulosa 40
III. BOB. AN’ANA VA MAHORAT 41
3.1. Muqumiy va Zavqiy satirasining mushtarak jihatlari 41
3.2.Davr va muhit tasviri 50
Bob bo‘yicha xulosa 58
Xulosa 59
Foydalanilgan adabiyotlar 61


KIRISH



Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi.Ajdodlarimiz qoldirgan madaniy merosimizningyillar o‘tgan sari qadr-qimmati ortib boradi. Yurtboshimiz Sh. M. Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor, havas qilsa arziydigan ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va men ishonaman, nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va san’atimiz ham albatta bo‘ladi”.1
O‘zbek adabiyoti uzoq tarixga ega. Unda mavzular va yo‘nalishlar ko‘p. Shulardan biri satiradir.Xalq og’zaki ijodida yuzaga kelib, yozma yodgorliklarga o‘ziga xos sayqal bo‘lgan satira mumtoz adabiyotda ham alohida nufuzga ega bo‘ldi.O‘zbek mumtoz adabiyoti namoyandalarining aksariyatiijodida satirik yo‘nalishning alohida o‘rni va ahamiyati bor. Zamona hodisalarini, davr xususiyatlarini, zamondoshlarning qiyofalarini aks ettirishda, voqelikni ta’sirchan ifodalashda shoirlar satira qurolidan ham unumli foydalanganlar.2

Hajviyot geroizm, tragizm, dramatizm kabi ehtiros (pafos)lardan keyinroq kelib chiqdi, ammo har bir jamiyatni qayta qurish va taraqqiy ettirishda katta xizmat qila boshladi. Chunki u noqobil odamda og‘riq qoldiradi, oshkora, kerak bo‘lsa haqoratli savalaydigan, qattiq tegadigan bo‘ladi. Goho g‘arazliday ko‘rinadi, estetik ideal esa muallif obrazida ko‘rinadi, bu hol kulgi shaklida namoyon bo‘ladi. Demokratik satirada simvol, majoz o‘rnini hayotiy tiplar, mehnatkash xalqqa hamdardlik oldi, ko‘pgina hajviy xarakterlar prototipli edi, lekin satira, umuman, to‘qima obraz hayotdagi yaramaslikni fosh etadi, kishilar satira o‘zi to‘g‘risida yozilganday his qiladi, jiddiy o‘ylaydi va hayajonlanadi. Bu esa satirada o‘ziga xos tipiklashtirish mavjudligini ko‘rsatadi. Unga ko‘ra, satirik asarda salbiy hodisalar va holatlar shakllanadi, ular bo‘rttiriladi, badiiy to‘qima mavqei ortadi. Xonliklar davrida satira adabiyotning eng rivojlangan cho‘qqisiga aylandi. Hajviy she’rlar xalq orasida tez ommalashdi. Lirika saroy adabiyotidan xalq mulkiga aylana boshladi.




Yüklə 152,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə