3-ma’ruza minerallarning mo’rtligi, qayishqoqligi, mineral hosil qiluvchi jarayonlar. Reja



Yüklə 47,36 Kb.
səhifə1/9
tarix28.11.2023
ölçüsü47,36 Kb.
#138404
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-ma’ruza minerallarning mo’rtligi, qayishqoqligi, mineral hosil-fayllar.org (1)


3-ma’ruza minerallarning mo’rtligi, qayishqoqligi, mineral hosil qiluvchi jarayonlar. Reja

3-MA’RUZA
Minerallarning mo’rtligi, qayishqoqligi, mineral hosil qiluvchi jarayonlar.
Reja:


  1. Minerallarning qattiqligi. Mo’rtligi. Qayishqoqligi.


  2. Mineral hosil qiluvchi geologik jarayonlar. Endogen jarayonlar. Ekzogen jarayonlar

Minerallarning turi 2,5 mingdan ortiq. Ular tabiatda har xil miqdorda tarqalgan. Aksariyat qismi kam uchraydi. Tog` jinslarini tashkil qiluvchi minerallar Yerning ustki qismi - litosferaning asosini tashkil etadi. Bulardan dala shpatlari -55; piroksen va amfibollar - 15; kvars - 12; slyudalar - 3; gil minerallari -1,5; kalsit - 1,5; oksidlar va gidroksidlar - 3; fosfatlar - 0,75; xloritlar va ftoritlar - 0,5; sul'fidlari bilan sul'fatlar - 0,3, sof tug`ma elementlar - 0,1 foizni tashkil etadi.

Ushbu ma`lumotlardan ko`rinib turibdiki, faqat silikatlar bilan kremniy oksidi og`irligi bo`yicha Yer qobig`ining 67% ni tashkil qiladi. Qolgan minerallar kam miqdorda bo`lishiga qaramasdan xalq xo`jaligida katta ahamiyatga ega. Minerallarning tashqi ko`rinishiga qarab birini ikkinchisidan ajratish ancha mushkul. Har birining o`ziga xos belgisi bor. Ular qattiqligi, yaltiroqligi, rangi, chizig`ining rangi, og`irligi, sinish yuzasi, ulanish tekisliklari va boshqalardir. Minerallarni aniqlashda ushbu qo`llanmada keltirilgan jadval minerallarning fizik xususiyatlari asosida tuzilgan.
Minerallarning qattiqligi. Mo’rtligi. Qayishqoqligi.
Minerallarning qattiqligi – deb, shu mineralning biron tashqi mexanik ta’sirga, jumladan tirnalishga qarshilik ko’rsatish qobilyati darajasiga aytiladi. Minerallarni aniqlashda oson usullardan biri bo`lib, muhim diagnostik belgi. Qattiqlikni aniqlashda nemis olimi F. Moosning nisbiy qattiqlik shkalasidan (1811 yilda yaratilgan) foydalaniladi. (3.1-jadval). Bu shkala 10 ta mineraldan iborat bo`lib, ularning qattiqligi biridan ikkinchisiga tomon ortib boradi. Shunga ko`ra, har bir oldingi mineralni keyingi mineral chiza oladi (iz qoldiradi):


Yüklə 47,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə